Mashg’ulotlar uchun


Teri ostiga in’ektsiya qilish usuli. In’ektsiya qilish joylari, qoidalari. Dori moddani shpritsga olish qoidasi


Download 0.61 Mb.
bet9/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI


Teri ostiga in’ektsiya qilish usuli. In’ektsiya qilish joylari, qoidalari. Dori moddani shpritsga olish qoidasi

Dori moddani shpritsga olish qoidasi. Ampuladan shpritsga dorini olishdan oldin ampulaning uchi spirt bilan artiladi. Keyin shpritsni chap qo‘l bilan tutib turiladi va ignani bo‘g‘zi sindirilgan ampula ichiga kiritiladi. O‘ng qo‘l bilan porshenni tortib unga ampuladagi dorini so‘rib olinadi. Ampulaga dori kiritilayotganda igna uchi ampulaning tashqi devorlariga tegib ketmasligiga harakat qilish kerak, chunki ampulaning sirtqi tomoni yetarlicha stiril bo‘lmaydi.

Bo‘sh ampulani in’ektsiya vaqtigacha ignada qoldirish juda qulay, bu ignaning stirilligini saqlaydi va kerak bo‘lsa dori nomini takror tekshirib ko‘rishga imkon beradi. Agar stiril dori flakonda bo‘lsa, uning yozuvini o‘qib va taniqligiga ishonch hosil qilingach flakonni qopqog‘ining ustki tomonini spirt bilan artib ignani ichiga kiritiladi va shpritsga dori eritmasi tortib olinadi.

Teri osti yog‘ hujayrasi tomirlarga boy yumshoq to‘qimadan iborat, shunga ko‘ra teri ostiga bir necha ml dan (in’ektsiyalar) 0,5 l gacha dori eritmalari yuborish mumkin. Teri osti in’ektsiyalari uchun aksari yelka va sonlarning tashqi yuzasidan, kamroq hollarda kurak osti va qorin sohasidan foydalaniladi.

Dorilardan teri ostiga markaziy nerv sistemasining qo‘zg‘atuvchi moddalari (kordiamin, kofein, korazol, kamfora- ilitilgan holda), narkotik moddalar,( morfin, promedol, omnopon), vitaminlar (V1, V2, V6 ) va h.k. yuboriladi.

Teri ostiga oz miqdordan boshlab 0,1-1,0 mldan 2,0 litrgacha suyuqlik yuborish mumkin. Teri osti in’ektsiyalarini hamisha yirik tomirlar va nerv stvollarining yaqinida o‘tkazishdan ehtiyot bo‘lish kerak.


Bu sohalarda teri osonlikcha burmalar hosil qilib yig‘iladi. Teri osti yog‘ kletchatkasida shish bo‘lgan joylarga yoki inektsiya qilingan joyga in’ektsiya qilish tavsiya etilmaydi.
Shpritsni ushlash va terini teshishning ikkita usuli bor:
1-usul. In’ektsiyadan oldin terini spirt bilan yaxshilab artiladi. Shprits tsilindra birinchi va ikkinchi -uchinchi barmoqlar orasida siqib turiladi, to‘rtinchi va beshinchi barmoqlar bilan porshen ushlab turiladi. Ignani yelka satxiga 30 gradus burchak ostida teri burmasining asosiga pastdan yuqoriga sanchiladi. Terini teshishda igna teshigi hamisha yuqoriga qaragan bo‘lishi kerak. In’ektsiya qilishda ignani bor bo‘yicha emas, balki tahminan 3G‘2 qismi kiritiladi., chunki igna muftasi bilan birikkan joydagina sinishi mumkin. Teri teshilgach, shprits chap qo‘lga olinadi, o‘ng qo‘lning ikkinchi va uchinchi barmoqlari bilan tsilindr gardishi qisib turiladi, birinchi barmoq bilan esa porshenь dastasini bosib, dori yuboriladi. So‘ngra spirtga ho‘llangan yangi paxta sharchani chap qo‘l bilan qo‘yib igna tortib yuboriladi, chap qo‘ldagi paxta sharcha bilan esa dori yuborilgan joyni yengil uqalanadi.
2-usulda to‘ldirilgan shpritsni ikkinchi va uchinchi, to‘rtinchi barmoqlar bilan vertikal holda ignasini pastga qaratib ushlab turiladi. Ignani tezlik bilan sanchib ikkinchi barmoq bilan porshenь dastasi bosiladi va dori yuboriladi, so‘ngra igna chiqariladi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling