Mashg’ulotlar uchun


In’ektsiyadan so‘ng uchraydigan asoratlar


Download 0.61 Mb.
bet8/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

In’ektsiyadan so‘ng uchraydigan asoratlar. In’ektsiyadan so‘ng quyidagi asoratlar bo‘lishi mumkin.
1. Infiltrat (teri qattiqlanishi) mexanik shikastlanish bo‘lgan joy atrofidagi to‘qima hujayralarining reaktiv ko‘payishi bo‘lib, bunga o‘tmas igna bilan in’ektsiya qilish dori moddasidan ayniqsa moyli eritmalar va aralashmalardan kimyoviy ta’sirlanish sabab bo‘ladi.
2. Abtsess paydo bo‘lishi -bunga in’ektsiya qilingan joy ampulaning ustki tomoni, in’ektsiya qiluvchining yaxshi zararsizlantirilmasa bu yerda yiringli jarayon paydo bo‘ladi.
3. Muskul orasiga in’ektsiya qilinganda nerv shikastlanishi -nevrit paydo bo‘lishiga, qo‘l va oyoqlarda sezuvchanlik buzilishiga olib keladi.
4. Dori emboliyasi moydagi aralashmaning qon tomir bo‘shlig‘iga tushib qolishi va tiqilishi (kamfora moyi) yuzaga keladi.
5. Havo emboliyasi dori- bilan birga qon tomir orasiga havo kirib qolishi sabab bo‘ladi.
6. Igna sinib qolishi- bemor bezovta bo‘lganda yuzaga keladi va h.k.
Dorilar hazm yo‘llari orqali emas, balki teri ichiga, teri ostiga, muskullar orasiga, vena va arteriyaga, qorin va plevra bo‘shlig‘iga, yurakka, to‘sh suyagiga, orqa miya kanaliga, yallig‘lanish o‘chog‘iga in’ektsiya qilib yuboriladi. Dorilar in’ektsiya qilinganda (hazm shirasi ta’sirida o‘zgarmay va jigarga o‘tmay) organizmga birmuncha tez so‘riladi. In’ektsiya qilish uchun shprits va ignalardan foydalaniladi.
Muskullar orasiga bo‘yi 10-12 sm, diametri 1-1,2 mm li, teri ostiga bo‘yi 2,5 sm, diametri 0,1-0,2 mm li, venaga bo‘yi 6-7 sm, diametr 0,8-1 mm li ignalar orqali in’ektsiya qilinadi. To‘g‘ri in’ektsiya qilish uchun shpritslarning havo o‘tkazmasligi va ignalarning ravon bo‘lishi katta ahamiyatga ega.
Bu ishlardan oldin qo‘lni sovunlab, iliq suvda yoki 5% li novshadil spirti eritmasida tozalab yuvish, so‘ng spirt bilan artib barmoqlar uchiga yod eritmasidan surtish kerak. Eritmalar shpritsga ampuladan yoki keng og‘izli sterillangan stakanchadan olinadi. Suyuqlikni ampulaning keng tomoniga o‘tkazish maqsadida ampula silkitiladi va spirt bilan artib, ingichka tomonini egovlab sindiriladi. Ampuladagi moyli eritmalarni shpritsga olishdan oldin bir necha minut issiq suvda isitiladi. Umuman dorilar shpritsga keragidan birmuncha ko‘proq olinib, tsilindrdagi havoni chiqarish vaqtida ana shu ortiqcha dori chiqarib tashlanadi. Buning uchun shpritsning ignali tomonini yuqoriga qilib tik ushlanadi. Tsilindrdan gazli pufak chiqquncha, ya’ni dori tomchisi tashqarida quriguncha porshenь bosiladi. Havo kirmasligi uchun shprits gorizontal holda ushlanadi. In’ektsiya qilinadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling