Mashg’ulotlar uchun


Dоri mоddalardan zaharlanish


Download 0.61 Mb.
bet11/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Dоri mоddalardan zaharlanish.


Dori moddalardan zaharlanish sabablari, belgilari, tez yordam
Xolinolitik moddalar - atropin, amizil, atrofen, astamol, aeron, bekarbon, besalol, krasavka nastoykasi, skopolamin, spazmolitik va boshqa preparatlar toksik dozada ishlatilsa, markaziy va perifirik nerv sistemasida xolinolitik sistemasiga g‘ov bo‘ladi.urishi
Zaharlanish shu preparatlarni ichganda, ukol qilinganda, hamda ko‘z shiliq qavatiga o‘tganda sodir bo‘ladi. Dori-darmonlardan zaharlanish ta’sirida og‘iz qurishi, tovush o‘zgarishi, nutq buzilishi yuz beradi. Yorug‘likdan qo‘rqish paydo bo‘ladi, yurak urishi tezlashadi, bosh og‘rig‘i kuchayadi. Teri usti quruq bo‘lib, u qizargan bo‘ladi. Zaharlanishning og‘ir turida ruhiy o‘zgarish bo‘lib, harakat o‘zgaradi, esankirash paydo bo‘ladi, epilepsiyaga o‘xshash tomir tortishi bo‘lib, so‘ng bemor o‘zini bilmay qoladi. Agar zahar ichga ketsa, unda tezlik bilan oshqozon 1%li tanin eritmasida chayiladi. Agar zahar ko‘z shiliq pardasiga tushsa, unda ko‘z suv bilan yuviladi. Uning antidoti 0,05% prozerin eritmasi yoki 0,1% fizostigminning eritmasi hisoblanib, u teri ostiga yuboriladi. Psixomotor qo‘zg‘alishida aminazin mushakka yuboriladi. Agar tomir tortishi ro‘y bersa, unda barbituratlar teri ostiga yuboriladi. Ko‘zga ko‘rinarli zaharlanish sodir bo‘lsa, diurezni kuchaytirish va qonni ishqorlash lozim. Bunda venaga glyukozani askorbin kislota bilan yuborish kerak. Taxikardiya holatida inderal ishlatiladi, Agar gipertermiya holati keskin yuz bersa, muzli xaltacha boshga, chovga qo‘yiladi va nam latta bilan artiladi.
Barbituratlar gruppasiga kiradigan uxlatuvchi dorilardan zaharlanish hammadan tez-tez kuzatiladi. Katta dozada uxlatadigan dorilari ichilganidan 30-60 minut keyin odamni uyqu bosib bo‘shashadi, nutqi buziladi, ko‘z qorachiqlari torayadi. Keyinchalik u qattiq uxlab koma holatiga tushib qoladi.
Shoshilinch yordam: yo‘g‘on zond yordamida me’dani yuviladi, so‘ngra surgi berib, ichni tozalaydigan klizma qilinadi. Koma boshlanib nafas buzilganida sun’iy nafas beriladi. Surilib o‘tgan zaharni organizmdan chiqarib tashlash uchun jadallashtirgan diurez usuli qo‘llaniladi. Barbiraturatlar bilan zaharlanishda yotoq yaralar, pnevmoniyalarni oldini olish uchun barvaqt choralar ko‘rish ayniqsa muhim.
Neyroleptiklar - aminazin, triftazin, levomepromazin va boshqalar. Bu preparatlar toksin dozalarda ichib qo‘yilganidan keyin odam bo‘shashib, uni uyqu bosaveradi, shundan keyin tez boshlanadigan uyqu bir kecha-kunduzdan ortishi mumkin. Qattiq zaharlanish hodisalari komatoz holat boshlanib, nafas izdan chiqishiga olib keladi.
Shoshilinch yordam: aktivlangan ko‘mir qo‘shilgan suv bilan me’dani yuvish, me’dani yuvib bo‘lgandan so‘ng zond orqali surgilar yuboriladi. Kisloroddan nafas oldirib turiladi. Shifokor buyurganiga qarab jadallashtirilgan diurez usuli qo‘llaniladi. Plazmadagi ishqorlarni ko‘paytirish uchun venadan 4%li natriy bikarbonat eritmasi yuboriladi, jumladan, apparat bilan nafas berib turiladi.
Antigistamin preparatlar - dimedrol, diprazin, suprastin va boshqalar. Zaharlanish sipmtomlari odam preparatni ichib qo‘yganidan keyin 10 minut 1,5 soatdan keyin paydo bo‘lishi mumkin: lanjlik uyqu bosishi, nutqning poyma-poy bo‘lishi shular jumlasidandir. Karaxtlik holatidan keyin gallyutsinatsiyalar bilan o‘tadigan harakat va ruhiy qo‘zg‘alish boshlanishi mumkin bemor 10-12 soat davomida uxlab yotadi. Yuz va gavdasi qizarib turadi, terisi va ko‘rinadigan shiliq pardalari quruq bo‘ladi. Nafas va puls tezlashadi. Og‘ir zaharlanish hollari komaga olib keladi.
Shoshilinch yordam: yo‘g‘on zond yordamida me’dani yuvib, keyin surgi yuborish, ichni tozalaydigan klizma qilish, kisloroddan nafas oldirib turish. Shifokor buyurganiga qarab parenteral yo‘l bilan suyuqlik yuboriladi va jadallashtirilgan diurez usuli qo‘llaniladi. Talvasa tushadigan bo‘lsa, talvasaga qarshi davo qilinadi.
Trankvilizatorlar- xlordiazepoksid, diazepam, oksazepam. Bu dorilarni odam toksin dozada ichib qo‘yganida 1-1,5 soat dan keyin muskullarda tobora zo‘rayib boradigan zaiflik paydo bo‘lib, kishini uyqu bosaveradi, boshi aylanadi, yurmoqchi bo‘lganda oyoqlari chirmashaveradi. Og‘ir hollarda koma boshlanib, bemorning o‘limi bilan tugashi mumkin.
Shoshilinch yordam: yo‘g‘on zond yordamida me’dani takror-takror yuvish. Shifokor buyurishniga qarab, jadallashtirilgan diurez usulini qo‘llash. Nafas izdan chiqqanida sun’iy nafas berish.
Amaliy mashgulot:№3

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling