Mashg’ulotlar uchun
Dori moddalarini organizmga yuborish va chiqarish yo‘llari. Qo‘llarni in’ektsiya qilishga tayorlash, yuvish usullari. In’ektsiyadan so‘ng uchraydigan asoratlar
Download 0.61 Mb.
|
TIBBIY BILIM ASOSLARI
Dori moddalarini organizmga yuborish va chiqarish yo‘llari. Qo‘llarni in’ektsiya qilishga tayorlash, yuvish usullari. In’ektsiyadan so‘ng uchraydigan asoratlar.Dorilar kasallik belgilari va sababiga qarab buyuriladi. Poroshok va eritma holidagi dorilar buyurilganda, ular sinchiklab tekshiriladi. Beriladigan dozasi, yorlig‘i o‘qib ko‘riladi. Lozim topilsa, shifokor tomonidan buyurilgan dozasi bilan solishtiriladi. Dori tayyorlagan kishining imzosiga ham e’tibor beriladi. In’ektsiya dorilarini organizmga yuborishdan oldin yorlig‘iga, dozasi bemor uchun to‘g‘ri kelish-kelmasligiga, tozaligiga e’tibor beriladi. Agar, eritmada har xil narsalar ko‘rinsa, rangi, hidi o‘zgargan bo‘lsa, uni ishlatish mumkin emas. Bemorlarga dorilarni tarqatishda maxsus idish – ochiq yashiklardan foydalaniladi, shuningdek, maxsus paketlardan olib tarqatiladi. Mikstura holidagi dorilar menzurkada beriladi. Agar biror dori bemorga berilmay qolgan bo‘lsa yoki shifokor ko‘rsatmasi bilan almashtirilsa, adashmaslik uchun dori tarqatish varaqasiga yozib qo‘yiladi. Dorilarni organizmga enteral yuborish deganda, ichirish (per os), to‘g‘ri ichak orqali yuborish (per rectum) yoki til ostiga qo‘yib shimish ( sub lingua) tushuniladi. Ichishga poroshoklar, pilyulyalar, tabletkalar, tomchi dorilar, eritmalar, nastoykalar beriladi. Organizmga yuborilgan dorilar me’da va ichakdan ajralgan shira ta’sirida o‘zgaradi va parchalanadi. Bundan tashqari, dorilarning kimyoviy tuzilishi va kuchiga jigar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Poroshok, tabletka yoki pilyulalar tilning ta’mini kam sezadigan joyiga qo‘yilib, suv bilan ichib yuboriladi. Tomchi dorilar eritma va sharbat holida stakandagi suvga pipetkada tomizib beriladi. Basharti, bemorning og‘zida ta’mi qolsa, qaynatilgan suv ichiriladi. Tomchi dorilar sanog‘idan adashib ketilsa, to‘kib tashlab qayta sanash kerak. Eritmalar, miksturalar qoshiqda ichiriladi. Miksturalarni berishdan oldin yaxshilab chayqatiladi, shunda cho‘kindilari yaxshi aralishib ketadi. Bir osh qoshiqdagi dorining og‘irligi 15 gramaga, choy qoshiqdagining og‘irligi 5 gramaga, desert qoshiqdagining og‘irligi esa 10 grammga teng. Umuman dorilarni tarqatishda darajalangan menzurka yoki stakandan foydalaniladi. Ayrim dorilar to‘g‘ri ichak orqali klizma qilib yoki shamcha shaklida yuboriladi. Shamchani yuborishdan oldin bemorni yonboshi bilan yotqizib, tozalovchi klizma qilinadi, so‘ngra shamchaning konussimon qismidagi qog‘ozni ochib ikki barmoq bilan ushlagan holda orqa teshikka qo‘yiladi. Keyin shamcha ustiga o‘ralgan qog‘ozni olib tashlab, bitta barmoq bilan sfinktrga itariladi. Dori til ostiga qo‘yilganda ovqat hazm qilish organlarida parchalanmasdan, tez so‘rilib qonga o‘tadi. Dozasi uncha katta bo‘lmagan dorilar, masalan, nitroglitserin, validol, jinsiy gormonlar ana shu usulda qabul qilinadi. Sirtdan ishlatiladigan dorilar teri orqali butun organizmga ta’sir etadi. Ular mazь yoki suyuq holda bo‘lib, har xil usulda ishlatiladi. Tozalikka rioya qilinmaganda chipqon, saramas kabi teri kasalliklari kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun dorini ishlatishdan oldin qo‘lni sovunlab yuvish shart. Dori surtiladigan joy spirt yoki efir yordamida turli iflosliklardan tozalanadi, yaraning qotib qolgan joylari spirt yoki paxta moyi bilan yumshatiladi, so‘ng tegishli dorilar qo‘yiladi. Terining turli joylari qurishi natijasida yorilishi mumkin, bunda yorilgan joyga mikroblar tushib, odamni har xil kasalliklarga duchor qiladi. Shuning uchun qurigan joylarga vazelin, lanolin va glitserin surtib turish kerak. Teridagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirish uchun qon harakatini o‘zgartirish maqsadida qon tomirlarini toraytiruvchi sovuq dorilar eritmasi yoki ixtiol ishlatish mumkin. Kamfora va boshqa mazlar 2-3 qavat qilib buklangan doka yoki qalinroq latta yordamida qo‘yiladi. Bundan tashqari, dorilarni bevosita teriga surtib, ustidan talьk sepish mumkin. Mazni badanga rezina qo‘lqop yoki dag‘al latta bilan surtsa ham bo‘ladi. Kiyimni iflos qiladigan kamfora yoki simob mazlari ustidan qalin mato yoki moyli qog‘oz qo‘yiladi. Ba’zan teriga surtilgan mazь undagi teshiklar orqali yog‘, ter bezlariga ta’sir qilib, organizmni zaharlanishiga olib keladi. Kul rang simob mazi, salitsilat moylari shular jumlasidandir. Kul rang simob mazi zaxm kasalligida ishlatiladigan maxsus dori hisoblanadi. Yod ko‘pincha dezinfektsiyalash maqsadida ishlatiladi. Masalan, terining biror joyi yallig‘langanda, tirnalganda, in’ektsiya qilinganda, turi operatsiyalar oldidan surtiladi. Bundan tashqari, terining zamburug‘li kasalliklarida ham ishlatiladi. Yod qon harakatini o‘zgartirishi bilan birga terini qizartiradi. Teriga yod surtish soat oynasiga o‘xshash kichik idishga bir necha tomchi tomiziladi, so‘ng gigroskopik paxta o‘ralgan cho‘pga shimdiriladi. Keyin jarohatlangan joyga surtiladi. Kiyim iflos bo‘lmasligi uchun yod surtilgan joy quriguncha paxta yoki mato bilan yopib qo‘yiladi. Ko‘p yod surtish mumkin emas, aks holda yod surtilgan joy qizarib achishadi. Malham (plastir) mum bilan terpen aralashmasidan iborat. Ko‘pincha yaralar ifloslanib mikrob tushmasligi, yallig‘lanish jarayonlarini bartaraf qilish, shuningdek, chipqon kabi yaralarni pishirish uchun ishlatiladi. Malham qo‘yiladigan joy tozalab yuvilib, xo‘l latta bilan artiladi. Malham qo‘yilganda yallig‘lanish ro‘y bermasligi uchun uni har kuni almashtirib turish, olingandan keyin esa o‘rnini benzin yoki efir bilan artish kerak. Burun, og‘iz va tomoq shiliq qavati kasalliklarida dorilar tampon holida qo‘yiladi. Yosh bolalar og‘zi og‘riganda dori qo‘yishda maxsus asbob - og‘iz kergichdan foydalaniladi. Bundan tashqari, dorilar hidlatib yoki ingalyatsiya usuli bilan ham ishlatiladi. Ba’zi dorilar, masalan, diukrinni bevosita burunga hidlatish mumkin. Ko‘pincha dorilar bur tariqasida mayda tomchilarga aylantirilib burun, tomoq, nafas yo‘llariga ingalyatorlar yordamida yuboriladi. Quruq dorilarni burun va og‘iz bo‘shlig‘iga purkash uchun uzun tumshuqli maxsus asbobdan foydalaniladi. Asbobning bir tomoni yumaloq rezinadan iborat bo‘lib, u dori solinadigan bo‘shliq bilan tutashgan. Asbobning ikkinchi tomoni shisha nay bilan tutashtiriladi. Yumaloq rezina bosilganda, dorilar tashqariga chang holida chiqadi. Dori og‘iz bo‘shlig‘i va tumovda tilni bosib turib ana shu usulda purkaladi. Teridagi yaralarga dori mayda teshiklari bor idish yordamida sepiladi. Bunday idish bo‘lmasa, paxtadan ham foydalansa bo‘ladi. Og‘izni chayqash uchun quyidagi dorilar: borat kislota, kaliy permanganat, soda va yod eritmalari ishlatiladi. Ayollarning jinsiy organlarini toza saqlashi katta ahamiyatga ega. Shu boisdan ularni kaliy permanganatning nimrang eritmasi bilan (1 litr eritmaga 20-25 tomchi yod qo‘shilib) vaqti-vaqtida yuvib turish kerak. Bunda Esmarx krujkasi ishlatiladi. Muolajani boshlashdan oldin krujka uchidagi kanyulya yaxshilab qaynatiladi. So‘ngra dori quyilgan krujka ilib qo‘yiladi va hamshira - sanitarka yordamida jinsiy organlar yuviladi. Ko‘z, quloq va burunga dorilar pipetka bilan tomiziladi. Dori tomizishdan oldin qo‘lni sovunlab yuvish kerak. Ko‘zga dori tomizish uchun bemor boshini orqaga engashtirib, pastki qovog‘i pastga tortiladi yoki ko‘zi barmoq yordamida ochib turiladi. Quloqqa dori tomiziladigan bo‘lsa, bemor sog‘ qulog‘ini pastga qaratib yotadi yoki bo‘ynini yonga engashtirib, og‘rigan qulog‘ini yuqoriga qilib turadi. So‘ngra quloq suprasining yuqori va orqa tomonga tortib, 6-8 tomchi dori tomiziladi. Dori tomizilgandan keyin quloqqa paxta tiqib, bir necha minut yotish buyuriladi. Burunga dori tomiziladigan bo‘lsa, bemor boshini orqaga engashtirib turadi. Dori tomizilgandan keyin boshni burunning dori tomizilgan tomoniga engashtirish lozim. Davo klizmalari rezina ballonchalar yordamida qilinadi. Yuboriladigan dori yarim stakandan yoki 100 g dan oshmasligi kerak. Aks holda dorining ichakda ushlanib qolishi qiyin bo‘ladi. Davo klizmasidan oldin tozalovchi klizma buyuriladi. So‘ngra ballonchaga dori olinib, uchiga vazelin surtib, ichakka yuboriladi. Shamcha shaklidagi dorilar to‘g‘ri ichak shilliq pardasiga, ya’ni organizmga umumiy ta’sir etadi: ich yurishadi, og‘riq qoladi, to‘g‘ri ichakdan qon oqayotgan bo‘lsa to‘xtaydi. Shamchaning bir tomoni yo‘g‘on, ikkinchi tomoni ingichka bo‘ladi. U erib ketmasligi uchun yog‘li qog‘ozga o‘rab qo‘yiladi. Shamcha ishlatilganda ingichka tomoni bilan to‘g‘ri ichakka yuboriladi. In’ektsiya qilishdan oldin qo‘lni tayyorlash. In’ektsiyadan so‘ng uchraydigan asoratlar. In’ektsiya qilishdan oldin qo‘l yaxshilab bilakkacha sovunlab uch marta yuviladi. Avval 70% spirtda avval kaft va barmoqlarning ichki qismi, keyin tashqi qismi artiladi. Yodli spirtli eritmada yana bir marta artiladi. Uchinchi marta 70% li spirtda artib, keyin 5% li novshadil spirtida artiladi. Muolajani tugatgandan keyin qo‘l sovunlab yuvilib, 1% li xlor eritmasida qo‘l chayilib, keyin toza suvda yuviladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling