Mashg’ulotlar uchun
Download 0.61 Mb.
|
TIBBIY BILIM ASOSLARI
YASSI OYOQLIK — oyoq panjasi gumbazining yalpayib, tekis bo‘lib qolishi. Oyoq bo‘yiga yoki eniga yassi bo‘lishi mumkin, goho har ikkisi birga uchraydi. Oyoq eniga yassi bo‘lsa, uning tagi eniga yalpayadi, og‘irlik esa oyoqning 1- va 5 barmoqlariga tushmay, barmoq tagiga, kaft suyaklarining boshchasiga tushadi. Oyoq bo‘yiga qarab yassi bo‘lsa, uning tagi yerga bir tekis tegib turadi. Oyoq yassiligi tug‘ma (juda kam) yoki hayotda orttirilgan bo‘ladi. Hayotda orttirilgani ko‘proq uchraydi. Asosan oyoq panjasi muskul-boylam apparatining zaiflashishi (mas., raxit yoki haddan tashqari zo‘r kelishi oqibatida), poyabzalning noqulay bo‘lishi, maymoqlik, oyoq. shikastlanishi yoki falajlanishi (ko‘pincha poleomielitda) sabab bo‘ladi. Ba’zan kasallik ish kunining ko‘p qismini oyoqda tik turib o‘tkazadigan kishilar (sartaroshlar, sotuvchilar va b.) da paydo bo‘ladi. Kasallikning dastlabki belgisi: oyoq tez toliqadi, tagi og‘riydi, boldir, son sohasida ham og‘riq seziladi; keyinchalik og‘riq tizza bo‘g‘imlari va belga ham tarqaladi. Kechqurunga borib oyoq. shishadi, kechasi shish qaytadi. Oyoq juda yassi bo‘lsa, oyoq natijasi uchun, o‘rta qismi esa serbar tortadi.
Yassi oyoqlik kishilar oyog‘ini kerib, tizza va chanoq-son bo‘g‘imini cal bukib, qo‘llarini silkib yurishadi, ularda ko‘proq poyabzalning poshnasi va tagcharmi (ichki yuzasi) yediriladi. Yassi oyoqlikning oldini olishda poyabzalning oddiy va qulay bo‘lishi (siqmasligi, poshnasi juda baland bo‘lmasligi) nihoyatda muhim. Kun bo‘y tik oyoqda turib ishlaydiganlar vaqt-vaqti bilan oyoqlarini to‘g‘ri uzatib, 5-10 min. Dam olishlari kerak. Bolalarda uchraydigan yassi oyoqning oldini olish uchun ularning qad-qomatiga e’tibor berish, boshi va tanasini to‘g‘ri tutishga o‘rgatish lozim. Oyoqning muskul va boylamlarini mustahkamlashda badan tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, shuningdek yozning issiq kunlari tuproq oyoq yalang yurishning foydasi bor. Oyog‘i yassi kishilarni ortoped vrach davolaydn. Davoni iloji boricha erta boshlagan ma’qul. Bemorga uyda qilish mumkin bo‘lgan maxsus gimnastika buyuriladi, kechqurun oyoqni iliq suvga (suv temperaturasi 35-36% bo‘lishi kerak) solib o‘tirish, so‘ngra panja va boldirni barmoqdan yuqoriga qarab silash, poyabzal ichiga maxsus patak (stelka, supinator) solib kiyish yoki maxsus poyabzal tavsiya etiladi. Bu tadbirlar yordam bermasa, operatsiya qilinadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling