Mashg’ulotlar uchun
Мавзу: Bemorlarni shahsiy pokizaligi
Download 0.61 Mb.
|
TIBBIY BILIM ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bemоrlarni parvarish qilishning axamiyati.
Мавзу: Bemorlarni shahsiy pokizaligi. Soglom va kasal bolalarni parvarish qilish. Bolalarni ovqatlantirish. Bemorlarni transportirovka qilish.
Reja:
Bemorlarni shahsiy pokizaligi(Bemorlarni orni. Terini parvarish qilish. Sochni pfrvarish qilish. Ogiz boshligini ozoda tutish. Quloqni va kozni ozoda tutish.) Soglom va kasal bolalarni parvarish qilish. Bolalarni ovqatlantirish. Bemorlarni transportirovka qilish. Sanitar zambil va qol ostidagi vositalardan foydalanish Bemоrlarni parvarish qilishning axamiyati. Bemorlarni parvarish qilish ahamiyati. Terini, og‘iz bo‘shlig‘ini, tanani, ko‘zni, quloqni, burunni parvarish qilish qoidalari, usullari va vositalari. Odamlarning sog‘lig‘i to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim sotsial vazifa hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda bepul, hammabop malakali tibbiy yordam olish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bemorlarni parvarish qilish davolash jarayonining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi va bemor ahvolini yengillashtirishga imkon beradigan hamda davolashning muvaffaqiyatli yakunini ta’minlaydigan tadbirlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Bemorlarni asosan tibbiyot hamshirasi va kichik hamshiralar parvarish qiladilar. Bemorlar kichik hamshiralar bilan muloqotda bo‘lganlarida o‘z ahvollarini qiziqib so‘rab-surishtirganlarida - kichik hamshiralar bilar-bilmas turli xil holatlarni aks ettiruvchi atamalarni: (shok, kollaps, gematoma, qon aralash, yiring aralash) iboralarni ishlatib, bemorlar ko‘ngliga bilmagan holda ozor yetkazib qo‘yishlari natijasida bemor o‘z ahvolini juda og‘ir qilab, ruhiy holatlar buzilishiga olib kelishi mumkin. Tibbiyot hamshirasi hamisha sabr-toqatli, ochiq chehrali, mehribon, har qanday ishga vijdonan yondoshadigan bo‘lishi kerak. Har qanday xavotirli holati, ichki kechinmalari, notinchliklari bo‘lgan taqdirda ham ish jarayonida bemorlarga bildirmasliklari kerak. Haddan tashqari sovuqqon va rasmiy bo‘lish o‘rinsiz, lekin bemorlar bilan hazil-huzullar qilib betakalluf bo‘lish ham yaramaydi. Tibbiyot hamshirasining yurish-turishi, tashqi ko‘rinishi unga nisbatan hurmat e’tibor uyg‘otadigan, bemorlarda u hamma narsani biladi, uddasidan chiqadi o‘z sog‘lig‘ini va hayotini unga bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi degan ishonch tug‘diradigan bo‘lishi shart. Tibbiyot hamshirasi xizmatga kelganda alohida ajratilgan kiyinish xonasida - ko‘chada kiyib kelgan kiyimlarini yechib, ushbu shifoxonada qabul qilgan o‘ziga xos uniformani kiyib olishi kerak. Tibbiyot hamshirasi ko‘pincha bemorning qarindosh-urug‘lari va yaqinlari bilan muloqotda bo‘ladilar, shu sabab ular bilan suhbatda, savol -javobda tibbiyot deontologiya qonun-qoida chegaralaridan chiqib ketmaslika va asosan bemorning xastaligi, tashxisi, uning kechimi to‘g‘risida gap ketganda, shifokorga murojaat etishlarini maslahat berishlari kerak. Tibbiyot hamshirasining o‘z malakasini doim oshirishga, bilimini boyitishga, yangi malakalar orttirishga intilishi uning muhim xislatidir. Davolash muassasasidagi umumiy muhit bunga yordam berishi kerak, zero u yuqori malakali, intizomli va mas’uliyatli xodimni voyaga yetkazadigan, bu xodimni yuksak ma’naviy fazilatga ega, mard, odamiy qilib o‘zining butun yurish-turishi bilan bemorga salomatlik bahsh eta oladigan va uni oilasiga mehnat quchog‘iga qaytara oladigan qilib tarbiyalaydigan bo‘lmog‘i kerak. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling