Mashg’ulotlar uchun


Gipotrofiyaning I darajasi


Download 0.61 Mb.
bet101/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Gipotrofiyaning I darajasi bola gavda og‘irligining me’yorga nisbatan 10-20% pasayishi bilan xarakterlanadi. Bola organizmining qorin devorida teri osti yog‘ qavati anchagina yupqalashgan bo‘lib, to‘qima turgorining pasayganligi kuzatiladi. Shiliq qavatlar va teri rangi oqargan, ya’ni siniqqan bo‘ladi. Og‘irlik (vazn) egri chizig‘i qisqargan ammo bolaning o‘sishi yaxshi davom etadi va uning immun sistemasida ham o‘zgarishlar sezilmaydi. Bolaning ruhiy ahvolida turg‘unlik holati biroz buzilgan, lekin atrof-muhitga qiziqish saqlanib qoladi. Bolaning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘ladi.
Gipotrofiyaning II darajasida bolaning rangi siniqqan, oqargan bo‘lib, gavda son, qorin, ko‘krak qismlarida teri osti yog‘ qavati yo‘qolgan bo‘ladi. To‘qima turgori keskin pasaygan, teri quruq, bo‘shashgan, osonlikcha qo‘lga yig‘ib olsa bo‘ladi. Mushaklar yupqalasha boshlaydi. Bolaning o‘sishi 1-2 sm orqada qolib, gavda og‘irligi 20-30% ga kamayadi. Ishtaxa yo‘qola boshlaydi, ich ketishiga moyillik paydo bo‘ladi, ovqatni ko‘ngli tusamaydi, immun tizimida etishmovchiliklar paydo bo‘ladi. Buning natijasida bolada pnevmoniya (zotiljam), o‘rta quloqning yallig‘lanishi (otit), pielonefrit va boshqa kasalliklar osonlik bilan rivojlanadi. Ichki a’zolarda ham o‘zgarishlar paydo bo‘la boshlaydi, jigar, taloq, kattalasha boshlaydi, bolada ovqat etishmovchiligidan (alimentar) kamqonlik yuzaga keladi.
Gipotrofiyaning III darajasi uchun haddan tashqari ozg‘inlik xos bo‘lib, bola cho‘p-ustixon bo‘lib qoladi.
Terining elastiklik qobiliyati batamom yo‘qoladi, u quruq, limon rangiga ega bo‘ladi, ba’zan ko‘kimtir tusga kirishi mumkin. Teri osti yog‘ qavati faqat qorin, elkadagina emas, balki butun a’zoi badanda yo‘qoladi, natijada teri bujmayib, bola kichkina «chol» ga o‘xshab qoladi. Oyoq-qo‘llarida, gavdasida terisi xalta-xalta bo‘lib yig‘ilib, bujmayib etadi. Bunday bolalarning burni va oyoq-qo‘llari doimo muzday bo‘ladi. Bolaning nafas olishi tekis, bir maromda bulmasdan, yuzaki bo‘ladi. Shuningdek yurak tonlari ham bo‘g‘iq eshitiladi. Tana harorati ham ko‘pchilik hollarda past bo‘lib goh-gohida sababsiz 32,3-37,2, subfebrilitetgacha ko‘tarilishi mumkin.
Ishtaxa batamom yo‘qolib, bola ko‘p chanqaydigan bo‘lib qoladi. Umumiy immun qarshilik keskin pasayib ketishi natijasida bunday bolalar organizmi zaharlanishi va septik holatlar yuzaga kelib, bu og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Organizmning statik va dinamik faoliyatlari izdan chiqadi. Bunday bolalar atrof-muhitga va undagi xodisalarga befarq qarab, ularda vaqti-vaqti bilan bezovtalanish hollari paydo bo‘ladi. Bunday bolalarning ovozi bo‘g‘iq eshitiladi.
Bemorning umumiy ahvoli og‘ir, ich kelishi buzilgan bo‘ladi. Bolalar gavda og‘irligi bo‘yicha o‘z tengdoshlaridan 30-40% orqada qoladilar. O‘sishdan orqada qolish 5-6 sm ga boradi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling