Mashg’ulotlar uchun


Gipotrofiyani davolash va oldini olish


Download 0.61 Mb.
bet102/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Gipotrofiyani davolash va oldini olish. Ozg‘inlikka mubtalo bo‘lgan bemor bolalar quyidagicha davo qilinadi. Avvalo kasallikni keltirib chiqargan omillar yo‘qotiladi: parxez tayinlanadi, to‘g‘ri parvarishlash yo‘lga qo‘yiladi, kundalik rejimga qattiq amal qilinadi, uqalash va badan tarbiya mashqlari qildiriladi. Yuqumli kasalliklar o‘chog‘ini topib, ular davolanadi, vitaminlar va organizm quvvatini oshiradigan dori-darmonlar beriladi. Gipotrofiyaning asosiy davosi-parxez taomlar berishdir. Ovqat tarkibidagi masalliqlar etarli miqdorda va sifatli bo‘lmasa, unda kasalning ahvoli yanada yomonlashishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining ayniqsa qishloq joylarida aholining ijtimoiy turmush sharoitini yaxshilash, ayollar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Hamma joyda onalik va bolalikni muhofaza qilish, go‘dak bolalarni tarbiyalash masalasiga katta ahamiyat berish kerak bo‘ladi. Shahar va qishloqlarda bola 1 yoshga etgunga qadar ona suti bilan boqishni amalga oshirish kerak. Gipotrofiya xastaligini davolashda shifokorning tadbirkorligi muhim ahamiyatga ega, albatta. Kasal bolaning taqdiri gipotrofiyani keltirib chiqargan omillar va bu omillarni bartaraf qilishga bog‘liq. Bemorning umumiy ahvoli, gipotrofiya darajasi va unga qo‘shilib kelgan kasallikning turi, asoratlari, bolaning yoshi ham kasal bola taqdirida katta ahamiyat kasb etadi.
Kamqonlik (anemiya) bolalarda ancha ko‘p uchraydi. Buning sababi bolalarda qon hosil qilish a’zolarining o‘ziga xos anatomik va fiziologik xususiyatlaridir.
Bolalarda kamqonlikning quyidagi asosiy turlari farq qilinadi:

  1. Qon hosil bo‘lishida ishtirok etadigan moddalar-temir, vitamin va boshqalarning etishmasligi tufayli kelib chiqadigan kamqonlik (ko‘pincha temir etishmasligi kuzatiladi).

  1. Qon yo‘qotish tufayli chiqadigan (gemmoragik) kamqonlik.

  1. Qizil qon tanachalarining emirilishi natijasida kelib chiqadigan (gemolitik) kamqonlik.

  1. Suyak iligida qon hosil bo‘lishining buzilishi, qon tanachalarini ishlab chiquvchi ilik to‘qimasining yog‘ moddasi bilan almashinuvi natijasida kelib chiqadigan (gipoplastik) kamqonlik.

Ma’lumki, qizil qon tanachalarining tarkibiga kiruvchi gemoglobin hosil bo‘lishi uchun organizmga temir moddasi juda zarur. Bir yoshdan uch yoshgacha bolalarda asosan temir moddasi etishmasligidan kelib chiqadigan kamqonlik uchraydi. Ana shunday kamqonlik bu yoshdagi bolalarda uchraydigan kamqonliklarning umumiy miqdoridan 95% ini tashkil etadi. Bola o‘z vaqtida tug‘ilsa, uning organizmida etarlicha temir moddasi bo‘ladi (300-400 mg). Temir moddasi homila rivojlanishining oxirgi oylarida bola organizmida to‘plana boshlaydi. Shuning uchun bola muddatidan ilgari tug‘ilsa, uning organizmida temir moddasi kam bo‘ladi, bunday bolalarda kamqonlik osonlik bilan va barvaqt rivojlanadi.
Odatda yangi tug‘ilgan bola organizmidagi temir jamg‘armasi bola 5-6 oylik bulguniga kadar etarli bo‘lib, unda qon hosil bo‘lishi etarli darajada ta’min etiladi. Ammo ona suti tarkibida temir moddasining miqdori judo oz bo‘lib, u bolaning temirga bo‘lgan talabini qondira olmaydi. Shuning uchun 5-6 oylik bolalarda agar temir moddasi ovqat tarkibida etarli darajada bo‘lmasa, ularda temirning etishmaslik belgilari paydo bo‘ladi va kamqonlikka olib keladi. Bolalarda kamqonlikning quyidagi sabablari mavjud:
Asosiy sabab temir moddasining organizmga kam miqdorda tushishidir. Bu holat uzoq vaqt davomida faqatgina ona yoki sigir suti bilan ovqatlantirilganda, o‘z vaqtida bolaning ovqat o‘lchamiga turli meva va poliz kiritilmaganda, hamda go‘sht, jigar kabi mahsulotlarni bolaning yoshiga qarab berilmaganda vujudga keladi. Temir mikroelementi asosan go‘sht mahsulotlarida, jigarda va ba’zi poliz ekinlarida ko‘p uchraydi. Bolada me’yorida qon hosil bo‘lib turishi uchun kuniga 1-1,65mg temir mikroelement qonga so‘rilsa, etarli bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich bola tez-tez o‘sadigan davrlarda (maktabga borish, voyaga etish davrlarda) ancha yuqori bo‘ladi. Qiz bolalar 10-12 yoshda oy (xayz) ko‘ra boshlashi tufayli qon orqali ko‘p miqdorda temir moddasini ham yo‘qotadilar. Buning natijasida ularning temirga bo‘lgan kunlik talabi 2-2,5 mg ga etadi.

  1. Bolaning ist‘emol qiladigan ovqat o‘lchamida temir moddasi etarli bo‘lishiga qaramay, uning ichaklardan qonga so‘rilishining buzilishi. Bunday holat ichaklarning o‘tkir va surunkali yallig‘lanishida vujudga keladi.

  1. Bolalarning og‘ir turda o‘tadigan yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarida, organizmda moddalar almashinuvi, shu jumladan temir almashinuvi jarayonining buzilishi natijasida kamqonlik kelib chiqish mumkin.

  1. Kamqonlikka bolalarda ko‘p uchraydigan gijja kasalligi ham sabab bo‘la oladi.

Kamqonlikning asosiy belgilari - ishtaxaning pasayishi, bolaning jismonan sust rivojlanishi, mojalsizlik, bola asabining barqarorligi, ba’zan og‘ir hollarda xotiraning pasayishidir. Bolaning rangi ketadi, kamqonlik qancha davom etsa va og‘ir turda kechsa, bu belgi kuchliroq ifodalangan bo‘ladi. Mushaklar tarangligi pasayib, bola kam harakat bo‘lib qoladi. Yura boshlagan bolalar yurmay qo‘yishadi. Badan terisi quruqlashadi va vitaminlar etishmasligining belgilari paydo bo‘ladi. Og‘iz burchagida uzoq vaqt bitmaydigan yaralar hosil bo‘ladi. Bemorlarning tilidagi surgichlar atrofiga uchrashi natijasida til shiliq va yaltiroq bo‘lib ko‘rinadi. Bolaning sochi quruqlashadi va tez to‘qiladigan bo‘ladi. Bunday bolalarning yuqumli omillarga qarshi himoya kuchlari (immunitet) pasayib, ular tez-tez kasallikka chalinib turadilar. Yurak tovushlari eshitib ko‘rilganda, qisqa sistolik shovqin eshitiladi, jigar o‘lchamlari kattalashishi mumkin. Temir moddasi etishmasligi tufayli me’da-ichak bezlarning sekretsiyasi pasayib, ovqat hazm bo‘lish jarayoni susayadi, ularda kabziyat yoki aksincha ich ketishi kuzatiladi. Qonda gemoglobin va qizil qon tanachalarning etishmasligidan to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishi pasayadi. Buning natijasida yurak urishi tezlashadi (taxikardiya), nafas soni ham kompensator ravishda oshadi. Periferik qon tekshirib ko‘rilganda gemoglobin va qizil qon tanachalari sonining kamayishi, rangli ko‘rsatkich esa 0,7-6,8largacha pasayishi kuzatiladi (gipoxromiya) – sog‘lom bolalarda bu ko‘rsatkich 0,8-1,0 ga teng bo‘ladi.
Uch yoshdan oshgan bolalarda temir moddasining etishmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan kamqonlik nisbatan kam uchraydi va engilroq o‘tadi. Bu yoshda kamqonlik sababi, akssariyat hollarda o‘tkir yoki surunkali yuqumli kasalliklar, gijjalar yoki burundan va ichaklardan qon ketish holatlari bo‘lishi mumkin.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling