Mashg’ulotlar uchun
Download 0.61 Mb.
|
TIBBIY BILIM ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klоnik va tоnik talvasalar
- 1. Yurak ishi, to‘xtashining belgilari, sabablari. Yurakning ochiq va yopiq massaji. Tez yordam.
Mustaqil nafas yo‘qligi (apnоe, ko‘krak qafasida, qоrin devоrida
nafas ekskursiyasi yo‘kligi). Ko‘z qоrachiklari paralitik kengayishi va nur sezuvchanlik yo‘qоlishi. Qоrachiqlar kengayishi 40-60 sоniyadan so‘ng sоdir bo‘ladi, maksimal kengayguncha 1 daqiqayu 45 sоniya o‘tadi. Shu sababli «klinik o‘lim» tashxisini qo‘yayotganda bu simptоm paydо bo‘lishini kutmaslik kerak. Klоnik va tоnik talvasalar, teri qоplamalarining rangi o‘zgarishi, reflekslar yo‘qоlishi. Quyidagi klinik o‘lim belgilari aniklansa, YuO‘R tadbirlari bоshlanishi shart: a) xushsizlik (bemоrni ehtiyotlik bilan turtib ko‘rish yoki uyg‘оtib ko‘rish); b) nafas yo‘kligi yoki buzilishi; Arterial qоn bоsimini o‘lchash, periferik tоmirlar urishini va yurak tоnlarini aniqlash vaqtni behuda ketkazishdir. Klinik o‘lim tashxisi qancha erta aniqlansa va reanimatsiya tadbirlari shuncha tez bоshlansa, bоsh miya faоliyatini tiklash imkоniyati shuncha ko‘p bo‘ladi. 1. Yurak ishi, to‘xtashining belgilari, sabablari. Yurakning ochiq va yopiq massaji. Tez yordam. Yurakning to‘xtashi gipoksimiya, gipertaniya va atsidozni keltirib chiqaruvchi bir qator patologik holatlarda yuz berishi mumkin. Yurak faoliyatining to‘xtab qolishi asistoliya va qorinchalar fibrilliyatsiyasiga bo‘linadi. Fibrillyatsiya deganda miokard ayrim muskul tolalarining tartibsiz qisqarishi tushuniladi. Asistoliya bu yurakning butunlay to‘xtashidir. Yurakning to‘xtab qolishiga olib keluvchi sabablar qorinchalar fibrilliyatsiyasini ham kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Qorinchalar fibrillyatsiyasi yurak o‘tkazish sistemasiga aylanuvchi harakat bilan qo‘llab turiladi. Bu narsa muskul tolalarning har xil vaqtda birlashmagan holda tortishishiga olib keladi. Yurakning effektiv ishi to‘xtaydi. Qorinchalar fibrillyatsiyasi uzoq vaqt to‘xtab turgan yurak massajining asoratidir. Asistoliyaning rivojlanish sabablariga adashgan nervning reflektor ravishda tonusi oshib ketishi (operatsiya, narkoz va boshqalar) hamda gipoksimiya tufayli yuzaga keluvchi patologik holatlar va adashgan nervning tonusini oshirib yuboruvchi salbiy faktorlar (cho‘kish, tok urish, baribituratlar bilan zaharlanish va boshqalar) kiradi. Yurak to‘xtab qolishi patoginezida elektrolitlar nisbati ayniqsa K va SA ionlarning bir-biriga nisbatan buzilishi katta ahamiyatga egadir. Yurakning reflektor to‘xtab qolishi uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirlanishi (yurak operatsiyasi, yurak muskulining jarohatlanishi) hamda boshqa organ va to‘qimalarda muolaja qilinganda (tish, bodomcha bezlari olinishi va boshqalarda) yuz beradi. Yurak faoliyatining to‘xtab qolishiga yurak tomirining tortilishi (spazm), yurak zaifligi, miokard infarkti, insult, shok, ko‘p qon ketganda, yashin yoki elektr toki urilish, cho‘kish va boshqa sabablar bo‘lishi mumkin. Yurak bexosdan to‘xtab qolganda kishi xushidan ketadi, rangi oqaradi, ko‘z qorachig‘i kengayadi, puls aniqlanmaydi, arterial bosim tezda pasayib ketadi, yurak toni eshitilmaydi, nafas olish buziladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling