Mashg’ulotning tuzilishi
Tarbiyachilik kasbining axloqiy sifatlari
Download 78.25 Kb.
|
Mashg
3.Tarbiyachilik kasbining axloqiy sifatlari
«Tarbiyachi-ustoz bo`lishi uchun boshqalarning aql–idrokini o`stirish, ma`rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatan’arvar, haqiqiy fuqaro etib yetishishi uchun avval, tarbiyachining o`zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatga ega bo`lishi kerak». Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, uning har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgarligini taqozo etadi. Shunga ko`ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotga, o`yinlarga, mashg`ulotlarga, birgalikda mehnat faoliyatiga, ular bilan bo`ladigan muomilada, muloqotda ibrat, namuna bo`lishi, bolani har tomonlama diqqat bilan o`rganish, uning shaxsiy hususiyatlari, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning hulq atvori, ish natijalarini haqqoniy baholash va ularga o`z vaqtida yordam ko`rsata olish hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga mas`uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun halq hamda jamiyat oldidagi o`z mas`uliyatini anglashiga, ta`lim-tarbiya vazifalarini hal etishga ijodiy yondoshishi, o`z mahoratini doimo tokamillashtirib borish va ishdagi hamkasblarni o`sishiga ko`maklashishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo bilimli bo`lishi, o`zi yashab turgan o`lka hayotini bilishi, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo`lishi, umumiy va Maktabgacha pedagogika, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatilarini bilish kerak. Har bir tarbiyachi o`ziga quyilayotgan zamonaviy talablarni his eta bilish davlatimiz va maktabgacha ta`lim muassasalari olidga qo`yilayotgan vazifalarni muvafaqqiyatli amalga oshirishining garovidir. Bu talablar: - bolaning sog`ligini saqlash va mustahkamlash; - aqliy qobiliyatlarini o`stirish; - milliy qadriyatlar ma`naviyatimizning g`oyaviy-aqliy tamoyillariga mos ehtiqod va qarashlarini tarkib to’tirish; - Ona Vatanga muxabbatni, ijtimoiy faollikni shakllantirish; - yosh avlodda o`rtoqlik, do`stlik hissini, xalollik va mehnatsevarlikni tarkib to’tirish, pedagog-tarbiyachi: - O`zbekiston Res’ubliksi Konsitutsiyasini; - O`zbekiston Res’ublikasi qonunlrini; - O`zbekiston Res’ublikasi Vazirlar maxkamasi, ta`lim muassasalarini boshqarish organlari tomonidan chiqarilgan qarorlarni; - Bola huquqlari konventsiyasini; - O`zbekiston Res’ubliksi «Bola huquqlari kafolatlari» to`g`risidagi qonunni; - maktabgach pedagogika va psixologiyayosh fiziololgiyasi va gigenasi; - birinchi tibbiy yordam asoslarini); - nutqida kamchiligi bor bolalar bilan ishlashni - defektologiyani; - fuqorolik va mehnat qonunchiligini; - mehnat muhofzsi va me`yorlarini; - texnika va yong`in xavfsizligi qoidlrini bilishi kerak. Tarbiyachi (o`qituvchi-tarbiyachi) faoliyatining tahlili u pedagoglik faoliyatini bajarish jarayonida bajaradigan bir qator vazifalarni ajratib ko`rsatish imkonini beradi. Tarbiyachining vazifalari deganda bajarilishi o`sib kelayotgan avlodga ta`lim-tarbiya berish maqsad hamda vazifalarga muvaffaqiyatli erishini ta`minlaydigan kasbga oid majburiyatlar majmui tushuniladi. Pedagogning vazifalari murakkab, ular bir-biriga singib, bir-biri bilan uzviy aloqada bo`ladi. Ammo kasbga oid majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun o`qituvchi, tarbiyachida shakllantirilish lozim bo`lgan bilim va ko`nikmalar mazmunini aniqlash maqsadlarida ularning farqlash, analitik ko`rib chiqish talab etiladi. Download 78.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling