Mashg’ulotning tuzilishi


Anomal bola haqida tushuncha


Download 78.25 Kb.
bet26/26
Sana05.01.2022
Hajmi78.25 Kb.
#213894
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Mashg

2.Anomal bola haqida tushuncha

Anomal – yunoncha “anomalos” – noraso, odatdan tashqari degan ma’noni bildiradi. Bunday bolalar jismonan nogiron bolalar hisoblanadi. Ular, ruhiy rivojlanishi sust, nuqsonli kamchiligi mavjud tug‘ma va orttirilgan anomal bolalardir. Bular: ko‘r, kar va soqov, aqli zaif va og‘ir nutqiy kamchiligi bor bolalardir. Qisqacha aytilganda, ruhiy va jismoniy kamchiliklari bor bolalar “anomal bolalar” deyiladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, defektologiya fanining maqsadi - anomal bolalar uchun differensial ta’limni tashkil etish uchun shart-sharoitlarni o‘rganish, ulardagi psixofizologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holatga keltirish usullarini belgilash va amaliyotga tadbiq etish yo‘llarini tarbiyachi va o‘qituvchilarga ko‘rsatib berishdan iboratdir. Anomallik har hil bo‘lib, ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari qisman tuzatiladi, korreksiyalanadi, boshqalari esa bilinmaydigan holga keltiriladi, ya’ni kompensatsiyalanadi.Bola nutqida qo‘pol kamchilik bo‘lsa, to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik choralarni o‘z vaqtida ko‘rish yo‘li bilan uni to‘liq bartaraf etish mumkin.



Lekin defektologiya amliyotida shunday anamalliklar uchraydiki, ularni tuzatib ham, korreksiyalab ham bo‘lmaydi. Masalan. Tug‘ma ko‘rlik yoki karlik shular jumlasidandir.

Psixolog olim professor L.S.Vigotskiy o‘zinig “Defektologiyaning asosiy muammolari” nomli kitobida anomal bolalar bilan rivojlantiruvchi ta’limni olib borish kerakligini korreksiya, kompensatsiya usullari va ularni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berdi. SHuningek, u anomal boladagi nafaqat “salbiy”, balki “ijobiy” tomonlarni ham o‘rganib, aniqlab, ularga tayangan holda potensial qobiliyatni inobatga olib turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga diqqatni jalb etdi.
Download 78.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling