Mashg’ulotning tuzilishi
Download 78.25 Kb.
|
Mashg
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korreksiyalash
- Defektologiya
Oligofrenopedagogika – ( yunoncha “olgos” - kam, “fren” aql so‘zidan oligan) aqli zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan.
Logopediya – (yunoncha “logos” so‘z “pedio” tarbiya so‘zidan olingan) og‘ir nutq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish va bartaraaf etish yo‘llari, usullarini o‘rganadigan fan. Kompensatsiyalash – bilinmaydigan holatga keltirish. Korreksiyalash - nisbatan tuzatish, tiklash degan ma’noni anglatadi. Integral – mujassam, ajratib bo‘lmaydigan qism degan ma’noni anglatadi. 1. Defektologiya fani va uning maqsad va vazifalari. Tarixdan bizga ma’lumki, falsafa fanining tarkibidan pedagogika, psixologiya, tarix, fiziologiya va boshqa ko‘plab fanlar mustaqil fan sifatida ajrab chiqdi va rivojlandi. XIX-asrning boshlarida falsafa fanining tarkibidan pedagogika mustaqil fan bo‘lib ajralib chiqishi va rivojlanishiga g‘arb nazariyotchilari YAn Amos Kamenskiy, K.D.Ushinskiy, Iogan Genrih Pestalotsiy o‘z hissalarini qo‘shgan bo‘lsalar, Markaziy Osiyoda Sharq allomalari Abu Nosir Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, maxmud Qoshg‘ariy, Kaykovus, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Boburning hizmatlari ham beqiyosdir. O‘zbek pedagogikasining shakllanishi va rivojlanishida Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Saidrasul Aziziy, Shakuriy, Ibrat, Abdulla Avloniy kabi ma’rifatparvarlarimiz o‘zlarining katta hissalarini qo‘shganlar. Pedagogika fani rivojlanib, uning tarkibidan defektologiya mustaqil fan sifatida XIX-asrning o‘rtalarida ajralib chiqdi va rivojlana boshladi. Defektologiya deyarli yangi fandir, Defektologiya fanining nazariy asoslari ishlab chiqishida 1918 yilda bo‘lib o‘tgan maorif va ijtimoiy ta’minot hodimlarining I Butun Rossiya s’ezdida, 1920-1921 yillarda bo‘lib o‘tgan bolalar orasidagi nuqsonlik va qarovsizlikka qarshi kurashga bag‘ishlangan s’ezd materiallari katta ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, 1925 yilda A.N.Graborov tomonidan maxsus pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqilishi fanning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. maxsus pedagogika nuqsoni bor bolalar ishtirok etadigan pedagogik jarayon bilan bog‘likdir. Bu holat bolaning yoshligidan anatomik, fiziologik, ruhiy ma’lumotlarining zarurligini taqozo etadi. 2 Shuningdek, 1925-yilda Moskva shahrida Eksperimental defektologiya instituti tashkil qilindi va uni buyuk psixolog L.S.Vigotiskiy boshqardi. L.S.Vigotiskiy anomal bolalar risojlanishidagi hususiyatlarni o‘rganib, nuqson kamchilikning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limotni o‘rganib chiqdi. U “Defektologiyaning asosiy muammolari” nomli kitobida anomal bolalar bilan rivojlantiruvchi ta’limni olib borish kerakligini, korreksiya ishlarini olib borish yo‘llarini ko‘rsatib berdi. Shu bilan L.S.Vigotiskiy defektologiya fanining asoschisidir. 1967 yildan boshlab O‘zbekistonda ham defektologiya fani rivojlana boshladi. Jumladan, Toshkentdagi Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika instituti qoshidagi pedagogika va psixologiya kaedrasi qoshida olgofrenpedpgogika bo‘limi tashkil etildi. 1973 yilga kelib bu bo‘limga surdopedagogika bo‘limi ham qo‘shildi. Maxsus pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri bolalarning umumiy rivojlanishini faollashtirishdan, rivojlanishning umumiy ta’lim darajasini oshirish uchun maxsus shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Defektologiya –lotincha “defekt”-kamchilik, nuqson, yunoncha “logos” ta’limot, fan deganidir. U ijtimoiy, pedagogik fan bo‘lib, nuqsoni, kamchiligi, ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni, shuningdek, bolalarning psixofizologik rivojlarish hususiyatlarini o‘rganadi. Defektologiya fanining mazmunini - rivojlanishida ruhiy va jismoniy nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan ishlashning maqsad va vazifalari, prinsiplari, usul va shakllari, metodologiyasi, muammolari va ularni bartaraf etish chora tadbirlarini o‘z ichiga qamrab olgan. Defektologiya fanining bahs mavzui bu - anomal bolalardir. Anomal bolalar esa, ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalardir. Defektologiya fanining mazmunini - rivojlanishida ruhiy va jismoniy nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan ishlashning maqsad va vazifalari, prinsiplari, usul va shakllari, metodologiyasi, muammolari va ularni bartaraf etish chora tadbirlarini o‘z ichiga qamrab olgan. Defektologiya fanining maqsadi - anomal (ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoli) bolalarga integratsion, inklyuziv, differensial ta’limni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni o‘rganish, ulardagi pshofizalogik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holatga keltirish usullarini belgilash hamda amaliyotga tadbiq etish yo‘llarini o‘qituvchi va tarbiyachilarga ko‘rsatib berishdan iboratdir. Keyinchalik defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar ajralib chiqdi:
Download 78.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling