Mashina detallaridagi yeyilish turlari va zarbiy ishqalanishda ishlaydigan detallarni mustahkamligini oshirish
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMo‘ydinov Azizbek Shuxratovich
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mo‘ydinov Azizbek Shuxratovich “TMJ”kafedrasi, t.f.f.d,dotsent Andijon Mashinasozlik instituti Abduvoxitov Nurbek Dilshodbek o’g’li
- Annotatsiya
- Kalit so’zlar
Международный научный журнал № 1(100), часть 1 «Научный Фокус» май, 2023 537 MASHINA DETALLARIDAGI YEYILISH TURLARI VA ZARBIY ISHQALANISHDA ISHLAYDIGAN DETALLARNI MUSTAHKAMLIGINI OSHIRISH BO’YICHA QILINGAN ISHLAR TAHLILI Mo‘ydinov Azizbek Shuxratovich “TMJ”kafedrasi, t.f.f.d,dotsent Andijon Mashinasozlik instituti Abduvoxitov Nurbek Dilshodbek o’g’li PICHTJ M-59-21 guruh magistranti Andijon Mashinasozlik instituti Annotatsiya: Mashina detallarining yeyilishiga asosiy sabab ishqalanishdir. Mashina detallarining ishlash jarayonida ishqalanuvchi sirtlariga kuchlar ta‘sir etishidan o’lchamlarining nomaqbul o’zgarishi yeyilish deb ataladi. Detallarning yeyilishi belgilangan birliklarda aniqlanadigan yemirilish natijasidir. Yeyilish ishqalanuvchi sirtlar materiali va sifatiga, ularning o’zaro siljish harakteri va tezligiga, bir-biriga tegish tabiatiga, moylash va moylash materiallari turiga va boshqa ko’p omillarga bog’liq. Kalit so’zlar: Detal, Korrozion-mexanik, gidroabraziv, yeyilish, uzel, qobirg’a cho’mich, abraziv, kontakt, plastic deformatsiya Mashinalar uchun yeyilishning uchta turi belgilangan (GOST 23.002-78): Mexanik, Korrozion-mexanik va elektr toki ta‘sirida yeyilishlar. O’z navbatida har bir yeyilish bir necha ko’rinishga ega. Mexanik yeyilish mexanik ta‘sirlar natijasida sodir bo’lib, u abraziv, gidroabraziv (gazoabraziv), erozoin, gidroerozion (gazoerozion), kavitatsion, freting, toliqib va qadalib yeyishlarga ajratiladi. Korrozion – mexanik yeyilish mexanik ta‘sir hamda material bilan muhit orasida ximiyaviy yoki elektroximiyaviy o’zaro ta‘sirlanishi tufayli sodir bo’ladi. Bu yeyilish oksidlanib va freting-korroziyadagi yeyilishga ajratiladi. Elektr toki ta‘sirida yeyilish elektro-errozion yeyilish deb ataladi. U sirtdan elektr toki o’tganda razryadlar ta‘siri natijasida sodir bo’ladi. Elektr generatorlarining kollektorlari, qo’zg’aluvchan elektr kontaktlar va boshqa sirtlar ana shu turdagi yeyilishga moyil bo’ladi. Yeyilish turlarining klassifikatsiyalari A.K.Zaytsev, B.I.Kostetskiy, M.M, Xrushchov, I.V.Kragelskiy va boshqa olimlar tomonidan taklif etgan. Shulardan prof. B.I.Kostyoskiy va prof. M.M.Xrushchov taklif etganlarini qisqacha ko’rib chiqamiz. B.I.Kostyoskiy taklifiga ko’ra yeyilish ilashib qolish natijasida yeyilish, oksidlab yeyilish, issiqlik ta‘sirida yeyilish, abrazivdan yeyilish va chechaksimon yeyilishga bo’linadi. Международный научный журнал № 1(100), часть 1 «Научный Фокус» май, 2023 538 Ilashib yeyilish moy va oksid pardasi bo’lmaganda po’lat yuzalar kichik (1,0 m/sek gacha) tezlik bilan ishqalanishida va solishtirma bosim xaqiqiy kontakt bo’lgan joylarda detalning oquvchanlik chegarasidan oshib ketgan hollarda kuzatiladi. Oksidlanib yeyilishda bir vaqtning o’zida ikki jarayon boradi: ulardan biri detallar sirtqi qatlamlarida detal mikroskopik hajmining plastik deformatsiyalanishi bo’lsa, ikkinchisi havodagi kislorodning deformatsiyalanuvchi qatlamlarga diffuziyalanishidir. Issiqlik ta‘sirida yeyilish detallarning katta sirpanish tezliklarida va katta solishtirma bosimlarda ishqalanishi natijasida hosil bo’ladigan issiqlik natijasida sodir bo’ladi. Ajralib chiqayotgan ko’p miqdordagi issiqlik detalning ichki qatlamiga o’tishga ulgurolmaydi, natijada detallarning sirtqi qatlamlari juda qizib ketadi. Mavjud mashinalarga davriy ravishda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash orqali ularning ishga yaroqliligi saqlab turiladi. Bunday tadbirning muhimligini quyidagi misollardan ko‘rish mumkin. V.V.Kurchatkinning taxriri ostida chop etilgan darslikda “Qadimdan bugungi kunga qadar, birinchi ish qurolidan (tosh, pichoq va bolta) tortib to zamonaviy kosmik raketalar va robotlargacha inson nimani ixtiro qilgan bo‘lsa, u o‘z imkoniyati darajasida uni ishonchli bo‘lishiga harakat qilgan. Ammo, butunlay buzilmaydigan va doimiy ishga yaroqli mashina yaratish mumkin emas, chunki unga turli omillar ta’sir etishi natijasida vaqt o‘tishi bilan detallari o‘z xossalarini yo‘qota boshlaydi va natijada ishonchliligining belgilangan ko‘rsatkichlaridan chetga chiqa boshlaydi. Ushbu chetga chiqishlarni bartaraf etish uchun ularga texnik xizmat ko‘rsatiladi va ta’mirlanadi”.-deb ko‘rsatib o‘tilgan. Yana bir adabiyotda quyidagilar yoritilgan. Avtomobillarning yangiligida texnikaviy holatini belgilovchi parametrlari ularning turlari va konstruksiyalariga qarab texnik xujjatlarda keltiriladi va ular ekspluatatsiya jarayonida yuklanish hamda tashqi muhit ta’sirida o‘zgarib boradi. Zamonaviy avtomobillar 15-20 ming qismlardan iborat bo‘lib, ishlash davomida ularning 7-9 ming xillarining birlamchi xususiyatlari o‘zgarib boradi, shu jumladan, 3-4 ming xillarining ishlash davri avtomobilning ishlash davridan kamroqdir. Shu sababli, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ularning ta’mirlash ehtiyoji avtomobil ishlay boshlagan paytdan boshlanadi. Taniqli rus olimi V.M.Kryajkov esa “Mashinalarni ta’mirlash alohida maqsad emas, balki, ularni ishga yaroqliligini ta’minlash umumiy tizimidagi juda katta ahamiyatga ega bo‘g‘in hisoblanadi. CHunki hozirgi kundagi mavjud texnikalardan ta’mirlashlarsiz foydalanib bo‘lmaydi. Ta’mirlash bilan bir vaqtda ularni xizmat muddatini oshirish borasida takomillashtirish ham mumkin bo‘ladi”.- degan. Ushbu misollar asosida xulosa qilish mumkinki, qishloq xo‘jaligi yangi va sifatli texnika bilan to‘la ta’minlanmas ekan, ularni o‘z vaqtida yangi va zamonaviy turlari bilan almashtirib turilmas ekan, mavjud texnikalarni davriy ravishda joriy va kapital ta’mirlash tizimiga ehtiyoj mavjud bo‘laveradi. Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ehtiyojini vujudga keltiruvchi asosiy sabablar quyidagilardan iborat. Международный научный журнал № 1(100), часть 1 «Научный Фокус» май, 2023 539 Akademik Sh.U.Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, “Mashinalarda yuzaga keladigan nosozliklarga detallarida turli xil nuqsonlar paydo bo‘lishi va ularning eyilishi sabab bo‘ladi [1]. Ushbu sabablar ichida detallarning yetakchi hisoblanadi. SHuning uchun qishloq xo‘jalik va melioratsiya mashinalarini ishdan chiqishining oldini olishga nosozlikka olib keluvchi detallarni o‘z vaqtida almashtirish yoki ularning eyilishga chidamliligini oshirish orqali erishish mumkin. Q.X.Mahkamov asarida “Mashinalar yaratish va ulardan foydalanishning ko‘p yillar davomida orttirilgan tajribasiga qaramasdan, mavjud mashinalar bugungi kun talabiga hali to‘la javob bera olmayapti. Jumladan, bu mashinalar ishqalanish birikmalarining buzilishi oqibatida ishdan chiqishi nisbatan ko‘p. Ushbu mashinalar ishdan chiqishining 80% dan ortig‘i eyilish natijasida sodir bo‘ladi” - deyilgan SH.A.SHoobidov va A.Irgashevlarning o‘quv qo‘llanmasida “Yeyilish mashinada nuqsonlar paydo bo‘lishining asosiy sababchisi. Mashinani ishlatish jarayonida uning o‘zaro tutashgan uzel va detallarining normal ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi joiz o‘lchamdan chetga chiquvchi tirqishlar paydo bo‘ladi. Buning asosiy sababi tutashgan detallarning o‘zaro ishqalanishi natijasida sodir bo‘ladigan eyilishdir. Shuni ta’kidlash lozimki, mashinalarda sodir bo‘ladigan buzilishlarning 80% idan ko‘prog‘i yeyilish hisobiga to‘g‘ri keladi”- deb ko‘rsatib o‘tilgan. S.M.Babusenko traktor va avtomobillarning ishonchliligini pasayishiga va xizmat muddatlarining kamayishiga asosan detallarning eyilishi sabab bo‘lishini ko‘rsatib o‘tgan. Eyilish muqarrar hodisa. Biroq bu hodisa mohiyatini hamda unga qarshi kurash choralarini bilish va ularni amalda qo‘llash orqali detallar eyilishini ko‘p darajada kamaytirish va mashinalarning ishonchliligini oshirish mumkinligini ta’kidlagan. A.S.Pronikov esa, “Mashinalar konstruksiyasiga qo‘yilgan talablarga amal qilish ko‘pgina birikmalarning og‘ir sharoitlarda ishlashiga va eyilishiga sabab bo‘ladi. Birikmalarining eyilishi mashinaning ishga yaroqlilik, ishonchlilik darajasi kabi texnik ko‘rsatkichlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etib, ularni pasayishiga olib kelishini” aytgan. Vafoyev S.T. Musurmanov R. “Qurilish va melioratsiya mashinalarini ishlatish” kitobida ekskovatorning ishlash prinsipi va uning turlari haqida ma’lumotlar keltirib o’tgan. Sankt-Peterburg Politexnika universiteti doktoranti Serditov Anton Yevgenevich tomonidan yozilgan “Ratsionalnыe litye xlado- i iznosostoykie stali dlya gornodobvayushey texniki i texnologiya ix proizvodstva” nomli maqolasida ekskovator cho’michi quyma tishlarini tasnifi va sovuq iqlim sharoitida ishlaganda uning mustahkamligini oshirish yo’llari ko’rsatib berilgan. Ma’lumki sovuq havo ta’sirida metallda o’zgarishlar hosil bo’lib mo’rtlasha boshlaydi va natijada ish samaradorligi pasayishiga olib keladi. Bunday sharoitda tishlarning ishdan chiqishi 50% gacha ortishi mumkin. Sovuq harorat tufayli tishning ishdan chiqishi nafaqat metall bilan balki qazib olinayotgan mineralga ham bog’liq bo’ladi. Akademik Sh.U.Yo’ldoshev o’z darsligida «Mashinalarni ta’mirlashga, texnik xizmat ko’rsatish va saqlashga qilinadigan xarajatlar hozircha ularning boshlang’ich narxidan ancha ortiq. Binobarin, ishonchlilik muammosini hal qilish katta mablag„larni Международный научный журнал № 1(100), часть 1 «Научный Фокус» май, 2023 540 tejash imkonini beradi. Ana shunday mashinalar parkini doimo shay holatda tutib turish va undan ko’ngildagidek foydalanish uchun har yili milliardlarcha so’m mablag’ sarflanadi. Shu bois mashinalarning ishonchliligini oshirish, ta’mirlangan texnikaning sifatini yaxshilash hamda ta‟mirlash va xizmat ko’rsatishga ketadigan sarflarni kamaytirish davlat ahamiyatiga molik vazifadir».- deb aytib o’tgan [1]. Ekskavator cho’mich tishlarini yeyilib ishdan chiqishi va ularning xizmat muddatini oshirish ustida jahonda va respublikamizda bir qancha olimlar ilmiy- tadqiqotlar olib borganlar. T.I. Asqarxo’jaev o’z asarida abraziv ishqalanish sharoitida ishlaydigan ishchi organlarning kesuvchi qismlarini yuqori marganesli qimmatbaho 110G13L po’latidan tayyorlash har doim ham maqsadga muvofiq emasligi, ya’ni har xil tosh-tuproq sharoitida marnanesli po’latlarning yeyilishga qarshiligi ham turlicha ekanligini ta’kidlagan [2] A.N. Ruzibaevning ilmiy tadqiqotlarida EKG-5A rusumli ekskavator cho„michining tajriba nusxa tishlarini tayyorlash texnologiyasi tuproq bilan tish orasidagi hosil bo’ladigan kuchlanishi, EKG-5A rusumli ekskavator cho„mich tishlarining uch qirrali konstruksiyasi hosil bo’ladigan zo’riqish kuchlarini teng taqsimlanishini ta’minlash, cho’mich tishlarining ish jarayoni dinamiklik darajasi inobatga olingan holda yeyilish parametrlarini hisoblashning matematik modelini ishlab chiqqan. Bundan tashqari ekskavator cho’mich tishlarining yeyilishga bardoshliligini hisoblash usullari materiallarning yeyilish nazariyasi, cho’michning kesuvchi elementlarining konstruksiyasi yeyilish nazariyasi, ekskavator cho’mich tishlari kesuvchi qismining geometrik parametrlari va shakllari zarbda hosil bo’ladigan urinma kuchlarning yo’nalishi asosida takomillashtirgan [3]. Xulosa Yo‘l qurish, qurilish, konchilik mashinalarning kesuvchi elementlarining mustahkamligi, chidamliligi va yeyilish bardoshligini oshirish masalalari xorijlik va respublikamiz olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlari va tadqiqotlarida muayyan darajada tadqiq etilgan. Lekin o‘tkazilgan tadqiqotlarda zarbiy ishqalanishda ishlaydigan ishchi organlarning mustaxkamligini payvandlab qobirg‘alar xosil qilish orqali resursini oshirishning mavjud texnologiyalari etarli darajada o‘rganilmagan. Ularda, ishchi organlarning resursini ortishini ta’minlaydigan, etarli qattiqlikka va eyilishga chidamlilikka ega bo‘lgan istiqbolli kompozitsion materiallarni payvandlab qoplab qobirg‘alar hosil qilish masalalariga yetarli darajada e’tibor berilmagan Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling