Mashinalardan foydalanish asoslari
Qishloq xo‘jalik texnikasi ish qobiliyatini ta’minlash strategiyasi va
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
2.2. Qishloq xo‘jalik texnikasi ish qobiliyatini ta’minlash strategiyasi va
taktikasi Qishloq xo‘jalik texnikasi ish qobiliyatini tiklashda uchta strategiya mavjud: I-strategiya (S I ) - profilaktika (TXK) ishlari xarajatlari hisobiga berilgan ish qobiliyatini saqlash. Bu strategiyada 2 ta taktika qo‘llanishi mumkin: 1.1. Ishlash davomiyligi bo‘yicha TXK taktikasi (S I-I ) Bunda ishlash davomiyligi bo‘yicha TXK (S I-I ) da tayinlangan ishlash davomiyligi - ℓ TXK erishilishi bilan barcha agregat va uzellarga TXK ning 24 qat’iylashtirilgan (reglamentli) hajmi bajariladi (moy almashtirish, ilashish muftasi tepkisining erkin yo‘lini sozlash, klapanlar tirqishini rostlash va boshqalar). Bu taktika qo‘llashda sodda bo‘lib, uzel ish qobiliyatini R = 1- F ehtimollik bilan kafolatlaydi. Uning kamchiligi texnik holat ko‘rsatkichlarining variatsiyalari sharoitida detallarning kattagina qismining resursi tayinlangan TXK davriyligidan o‘tib ketadi va bu resursdan to‘liq foydalanmaslik, qo‘shimcha sarf xarajatlarni yuzaga keltiradi. 2.1 - rasm. Ishlash davomiyligi bo‘yicha TXK (S I-I ) taktikasi. Texnik holat bo‘yicha TXK taktikasi (S I-II ). Texnik holat va sarf- xarajatlarni hisobga olib ba’zi qismlarga bir TXK oralatib (2-TXK) TXK ko‘rsatish mumkin. Buning uchun hamma buyumlarning texnik holatini har bir TXK da tekshirish (holat bo‘yicha TXK (S I-II ) va buyumlarni ikki guruhga bo‘lish kerak. (2.2- rasm) Birinchi guruhdagi buyumlar navbatdagi tekshiruvlararo oraliqda ( ℓ TXK dan 2ℓ TXK gacha): ℓ TXK < x < 2ℓ TXK va bir buzilishga to‘g‘ri keladigan salohiyatli ishlash davomiyligiga ega. Bu buyumlar R 1 ehtimollik bilan profilaktik amalning nazorat va ijro etish qismini bajarishni talab etadi. Agar bunday ish qilinmasa, ular ℓ TXK ...2ℓ TXK ishlash davomiyligi oralig‘ida ishdan chiqadi. 25 2.2-rasm. Holat bo‘yicha TXK (S I-II ) taktikasi. II guruhdagi buyumlar R 2 ehtimollik bilan x > 2ℓ TXK ishlash davomiyligiga ega, ya’ni ular navbatdagi TXK gacha buzilishlarsiz ishlay oladi. Shuning uchun ular bo‘yicha texnik holat nazorati diagnostika bilan cheklanib, ijro etish qismi keyingi TXK gacha (2ℓ TXK ) qoldirilgani ma’qul. Bu taktikaning afzalligi – muayyan buyumlarning amaldagi texnik holat o‘zgarishi variatsiyasini hisobga olgan holda, uning resursidan to‘liq foydalanishdir. Uning kamchiligi har bir TXK da qimmatga tushadigan nazorat o‘tkazish va buyumlarni me’yoriy holatga keltiruvchi guruhga va navbatdagi TXK gacha buzilishsiz ishlay oladigan guruhga bo‘lishdir. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling