Mashinalardan foydalanish asoslari


 Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlash


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

2.4 Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlash 
 
Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi ikkita ketma-ket o‘tkaziladigan texnik 
xizmat ko‘rsatishning bir xil ishlari yoki turlari orasida, ish soati bilan 
o‘lchanadigan me’yoriy ishlash davomiyligidir. 
Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlashning quyidagi 6 ta usullari 
amaliyotda keng tarqalgan: 
- timsoliga o‘xshatib olish; 
- buzilmaslikning yo‘l qo‘yiladigan darajasi bo‘yicha; 
- texnik holat parametri o‘zgarishining yo‘l qo‘yilgan qiymati va 
qonuniyati bo‘yicha;
- texnik-iqtisodiy usul; 
- iqtisodiy-ehtimoliy usuli; 
- imitatsion modellash usuli. 
Transport vositasining timsoliga o‘xshatib davriylikni aniqlash. Bu usul 
eng oddiy bo‘lib, yangi texnika vositasining texnik xizmat ko‘rsatish 
davriyligi uning timsoliga o‘xshatib olinadi. 
Bunda qishloq xo‘jalik texnikasining turiga, rusumiga, tavsifiga e’tibor 
beriladi. 
Qishloq xo‘jalik texnikasi turi doirasida uning turkumiga (motor 
quvvatiga, yuk avtomobillarida - yuk ko‘tarish qobiliyatiga) e’tibor beriladi. 
Turkum ichida esa, mashina rusumi, rusum ichida esa uning tavsifiga (bir xil 
rusumli mashinaga har xil motor, transmissiya agregatlari qo‘yilgan bo‘lishi 
mumkin) e’tibor beriladi. 
Buzilmaslikning yo‘l qo‘yilgan darajasi bo‘yicha davriylikni aniqlash.Bu 
usulda shunday maqbul davriylik aniqlanadiki, uning chegarasida detal, 
agregat 
yoki 
mashinaning 
yo‘l 
qo‘yiladigan 
buzilmaslik 
darajasi 
ta’minlanadi. (2.3- rasm). 




рэ
o
i
R
х
Р
)
(

, ya’ni 
o
=ℓ
γ
, (2.2) 


29 
bu erda:
a) buzilish ehtimolliklari taqsimotining zichligi;
b) buzilish va buzilmasdan ishlash ehtimolligi grafigi; 
– buzilish ehtimolligi; 
R
re
 – ruxsat etilgan buzilmay ishlash ehtimolligi; 
 - buzilishgacha bo‘lgan ishlash davomiyligi; 

0
 – TXK davriyligi; 
x
γ
- gamma foizli resurs; 
_ _
х  – buzilishgacha bo‘lgan o‘rtacha ishlash davomiyligi; 
 R - buzilmay ishlash ehtimolligi quydagicha: 
Harakat xavfizligini ta’minlovchi agregat va mexanizmlar uchun-ruxsat 
etilgan buzilmasdan ishlash ehtimolligi
%),
98
...
90
(
98
,
0
...
90
,
0



рэ
R
qolgan agregat va mexanizmlar uchun – 
%),
90
...
85
(
90
,
0
...
85
,
0



рэ
R
Shunday topilgan TXK davriyligi bir buzilishga to‘g‘ri kelgan o‘rtacha 
ishlash davomiyligidan ancha kam (2.3- rasm) va u bilan quyidagicha 
bog‘langan:

o
=β∙ 



(2.3) 
 
bu erda β
n
– maqbul davriylik koeffitsienti 
Maqbul davriylik koeffitsienti bir buzilishga to‘g‘ri kelgan ishlash 
davomiyligi (ℓ) uning variatsiyasi (ν) va ruxsat etilgan buzilmasdan ishlash 
ehtimolligi 
рэ
R
L
Р

)
(
ga bog‘liq.
Misol uchun 2.4- rasmda ikkita (1 va 2) elementning buzilishigacha 
ishlash davomiyliklari taqsimoti keltirilgan.
Ularning o‘rtacha ishlash davomiyliklari teng, ammo variatsiyalari har hil
ν

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling