Mashinalardan foydalanish asoslari


QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKALARIGA TEXNIK XIZMAT


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

 
6.QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKALARIGA TEXNIK XIZMAT 
KO‘RSATISH VA JORIY TA’MIRLASH TEXNOLOGIYASI 
6.1. Kuzov va kabinalarga TXK va ta’mirlash 
Mashinalardan turli maqsadlarda, turli dala va iqlim sharoitlarida 
foydalanish ularning har xil ifloslanishiga olib keladi. Masalan, yuk 
avtomobili kuzovlarining ifloslanishi tashiladigan yuk turiga bog‘liq. 
Tashqi muhit, ya’ni harorat, yog‘ingarchilik va kuzovga yopishib qolgan 
iflosliklar ta’sirida bo‘lgan kuzovdagi bo‘yoqning kimyoviy va fizik 
xususiyatlari o‘zgarib, yuza asta sekin eskiradi. Shu bilan birga mashina 
kuzovi, transmissiya agregatlariga hamda yurish qismiga yopishgan 
iflosliklar TXK va T ni sifatli o‘tkazish imkoniyatini pasaytiradi. Bularning 
oldini olish va TXK ishlarini sifatli bajarish maqsadida tozalash, yuvish va 
quritish ishlari olib boriladi. 


61 
Kuzovni tozalash. Tozalash ishlaridan maqsad - kuzovda qolgan yuk 
qoldiqlarini yig‘ishtirish, kombayn va yuk mashinalarining kabinalarini, 
qishloq xo‘jalik mashinalari ishchi organlarini changdan tozalashdan iborat. 
Kir va changdan tozalashda junli cho‘tkalardan, qirg‘ichlardan va artish 
materiallaridan hamda elektr changso‘rgichlardan foydalaniladi. Ular qo‘lda 
ko‘tarib yuruvchi va qo‘zg‘almas bo‘lishi mumkin. Elektr changso‘rgich 
chaqmoqollatgich, changso‘rgich, uchida konussimon kallak va cho‘tkali 
egiluvchan ichak(shlang)lardan iborat (6.1-rasm). Havo so‘rish bosimi 
11

12 Pa oraliqda bo‘ladi. Yirik korxonalarda qo‘zg‘almas chang 
so‘rgichlardan foydalanish katta samara beradi.
Mashinani yuvish. Texnikaning tashqi qismlarini va shassisini yuvish 
uchun iliq suvdan (25

30

S) foydalaniladi va uning harorati yuviladigan sirt 
haroratidan farqi 18

20

Sdan oshmasligi kerak, aks holda bo‘yalgan 
yuzalarga salbiy ta’sir etishi mumkin. Mashina bosim ostida suv purkab 
yuvilganda, cho‘tka va gubka kabi materiallardan foydalaniladi. 
Suv sarfini kamaytirish va yuvish sifatini oshirish uchun maxsus sintetik 
yuvish vositalaridan foydalaniladi (progress, avtochaqmoqpun, avtoemulsiya 
va h.k). Ular o‘z navbatida yuzadagi kirlarni yumshatadi, moy izini eritadi va 
yuvishni engillashtiradi. Misol uchun, engil mashina kuzovini yuvishda 
40

50 gramm sintetik yuvish vositasi ishlatiladi. 
6.1-rasm. 
Tashqi 
tozalash 
ishlariga mo‘ljallangan KSM 750 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling