Mashinalardan foydalanish asoslari
Download 3,58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bevosita-to‘g‘ridan-to‘g‘ri
fizik xususiyati
yoki tashxislash usulini qo‘llashdagi jarayon turiga qarab ularni energetik, pnevmogidravlik, issiqli, tebranma-eshshuvchanli, spektr-yozuvchanli, oxanrabo-elektrli, optikali kabi turlarga bo‘lish Keltirilgan bu usullar tizimdagi ma’lum bir fizik jarayonni nazorat qilishga qaratiladi. Ma’lum bir fizik jarayonda foydalanishi bo‘yicha tashxisning tavsiflanishi, bu xhar bir usulni tuliqroq texnik tavsiflanishiga va uning imkoniyatlarini ochishga olib keladi. Fizik jarayon o‘zining fizik qiymatini vaqt birligida o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Energetik jarayonni nazorat qilishda fizik qiymatlar sifatida-kuch, quvvat; pnevmogidravlik usulida-bosim; issiqlida-xarakat; tebranma-eshituvchanlida-takrorlanish tezligi, tebranish ko‘lami (amplituda) va sh.k.lardan foydalaniladi. Diagnostik parametrlarni o‘lchash mohiyatiga ko‘ra bevosita vosita usullarga bo‘linadi. Bevosita-to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qilish usulida tarkibiy parametrlar holatini o‘lchash bevosita o‘lchash orkali amalga oshiriladi, masalan, podshipniklardagi tirqishni, kuch uzatuvchi tasma va zanjirlarning garanglik darajasini, detallarning ulchamlarini va b. Qo‘llashning osonligi tufayli bu usuldan tashxislash jarayonlarida keng foydalanib kelinmoqda. Usulning samaradorligi, ayniqsa, o‘lchanadigan, nazorat va rostlanadigan diagnostik parametrlar, mexanizm, uzellar mashi- naning sirtida joylashganligida yuqori bo‘ladi. Bularga quyidagilarni misol 250 sifatida ko‘rsatish mumkin: mexanizmlarni Xarakatga keltiradigan uzatmalar, kombaynlarning kesish apparatlari, yuritish tizimi, boshqaruv jihozlari, elektr va yoritish tizimlari va sh.k.lar. Mashina, agregatlarning ichki qismida joylashgan mexanizm, detallarning texnik xolatlarini ifodalaydigan parametrlarni ulchash (masalan, krivoship-shatun mexanizmi va detallari, podshipniklar) mashina yoki mexanizmlarni ochish qismlariga bo‘lishni taqozo etadi. Bu esa vaqt va mablag‘ sarfining oshishiga olib keladi. Download 3,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling