Mashinalaridan foydalanish, texnik


-rasm. Harakatlanganlik darajasiga qarab amalga oshiriladigan jarayonlar


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

3-rasm. Harakatlanganlik darajasiga qarab amalga oshiriladigan jarayonlar


21 
4-rasm. Qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas ishlab chiqarish jarayonlar 


22 
Ko‘chib yurish holatida amalga oshiriladigan jarayonlarda (3a-rasm) ishlov 
beriladigan predmet (er, ekilgan ekin, etishtirilgan hosil va boshqalar) 
ko‘zg‘almaydi, balki ishlov berish vositasi ko‘chib Harakatlanadi. 
Muqim bajariladigan jarayonlarda (3b-rasm) esa ishlov berish vositasi 
qo‘zg‘almas holatda o‘rnatilib, ishlov berish predmeti (nasosda suv chiqarish, 
donni tozalash, em-xashakni maydalash va h.) esa unga uzatiladi. 
2.2-§.
Ishlab chiqarish jarayonining tarkibi 
Qishloq xo‘jaligida mahsulotlar etishtirish bir qator ishlab chiqarish 
jarayonlarini (5-rasm) bajarishga bog‘liq. Bu jarayonlar va ishlarni belgilangan 
talablar asosida tashkil etilishi etishtirilayotgan mahsulotning sifatiga va tannarxiga 
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 
Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun talab etiladign asosiy va 
transport ishlarning yig‘indisi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish
texnologiyasini belgilaydi.
Bunda bajariladigan ishlarning sifat ko‘rsatgichlari, materiallarni sarflash 
me’yorlari, muddatlari, vositalari, tanlangan vositalarning ish unumi, mehnat va 
yoqilg‘i sarfi va boshqa ko‘rsatgichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar texnologik 
kartalar deb ataladigan maxsus jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi va bu 
ma’lumotlar fermer xo‘jaliklarining biznes rejasini tuzishda asosiy xujjat bo‘lib 
hisoblanadi. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i 
moylash materiallari, kimyoviy va boshqa ashyolar miqdorini, texnologik 
jarayonlarni bajarishga ketgan mehnat sarflari, mexanizator va ishchilar soni va 
toifalari, qishloq xo‘jaligi mashinalari va agregatlariga bo‘lgan talab texnologik 
kartalar yordamida aniqlanadi. 
SHuning uchun fermer xo‘jaliklarida texnologik kartalardan qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish tadbirlarini rejalashtirishda va biznes rejalar ishlab 
chiqishda foydalaniladi. Etishtiriladigan har bir ekin turiga, ularni etishtirish 


23 
texnologiyalariga mos holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot 
etishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik kartalar ishlab chiqiladi.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling