27
ko‘rinishdagi to‘xtab turishlar uchun ketgan vaqt sarfini qisqartirish (seyalkalarni
urug‘lik va o‘g‘itlar bilan to‘ldirish, mashinalar sig‘imidagi materiallarni
bo‘shatish va h.), paykal oxirida salt yurishlarni kamaytirish (agregatning eng
yaxshi Harakat usulini tanlash hisobiga), traktorning energetik va tortish kuchidan
samarador foydalanish (agregatning qamrash kengligi bilan uning tezligi orasidagi
nisbatni to‘g‘ri tanlash), xizmat ko‘rsatuvchilar sonini kamaytirish (yanada
mukammal agregatlarni qo‘llash va ularni avtomatlashtirish) bilan bog‘liq.
- Keyingi mashinani ishlashi uchun kerakli sharoitlarni yaratish. Ushbu
talabga asosan qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish texnologiyasini doimiy
hisobga olish, ishlarni ketma-ket bajarilishini ta’minlash zarur.
- Mexanizator va yordamchi ishchilar uchun xavfsiz ishlashi va xizmat
ko‘rsatishiga qulay sharoit yaratish. Mehnat muxofazasi, kechasi ishlash uchun
yoritish vositalarini to‘g‘ri
joylashtirish, dala sharoitida texnologik rostlash va
texnik qarov o‘tkazish qulayligi.
Mashinalar texnologik jarayonni bajarayotganda ularning ishini baholash
uchun turli ko‘rsatkichlarni hisobga oluvchi tizimli yondashishdan foydalanish
lozim [10, 11, 12, 13].
Ko‘pchilik ko‘rsatkichlardan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish kerak:
1
. Agrotexnik ko‘rsatkichlar - bular agregatning topshiriqdagi texnologik
jarayonni agrotexnik talablarga muvofiq bajara olishi imkonini tavsiflaydi.
Masalan,
ishlov berish chuqurligi, ekinlarning va urug‘larning shikastlanishi va
boshqalar.
2
. Energetik ko‘rsatkichlar – traktor va ishchi mashinaning energetik
xossalarini tavsiflaydi. Traktor uchun muhim energetik ko‘rsatkich ilmoqdagi
quvvat, ishchi mashinada esa
ishga sarflaydigan energiya, ya’ni tortish qarshiligi
bo‘ladi.
3
. Manevrchanlik – bu agregatlarning buriluvchanligi, o‘tag‘onligi,
harakatning
barqarorligi, tashishga moslashtirilganligini ifodalaydi. Agregatning
manevrchanlik xususiyatlarini mazkur muayyan sharoitlar uchun agregatlarni
tanlashda hisobga olish lozim.
28
4
. Texnik ko‘rsatkichlar – bular asosan,
agregatlarning puxtaligini
(umrboqiyligini, ko‘pga chidamliligini, ta’mirbopligini, buzilmasdan ishlashini,
saqlanuvchanligini), shuningdek boshqa texnik ko‘rsatkichlar – vazni, shakli va
h.k. belgilaydi. Bu xususiyatlarni mashinalarning
texnik ekspluatatsiyasini
tashkillashtirishda hisobga olish zarur.
5 .
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar – agregatlarning ish unumi, zarur
mehnat sarfi, pul mablag‘lari sarfi, yoqilg‘i sarfi va h.k. Bunday xususiyatlarga
metall va energiya sarflari bir guruh ichiga kiradi.
6
. Ergonomik ko‘rsatkichlar – mehnatning
sanitariya-fiziologik
sharoitlarini, xizmat ko‘rsatish qulayligini, mehnatning xavfsizligini, estetik
ko‘rsatkichlarni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: