Mashinalaridan foydalanish, texnik
-rasm. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘paytirish asoslari
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
2-rasm. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘paytirish asoslari
SHuni alohida takidlash kerakki, hozirgi davrda texnikalar kuchi bilan har qanday cho‘lni go‘zal, yashnagan vodiyga aylantirish mumkin, lekin bir vaqtni o‘zida uni teskarisi ham amalga oshishi hech gap emas. SHuning uchun texnikani qo‘llashda nihoyatda ehtiyot bo‘lish talab etiladi, har bir traktor va qishloq xo‘jaligi mashinasini to‘g‘ri ishlatish, ulardan to‘g‘ri foydalanish, har bir ishni qachon va qanday amalga oshirishni bilish qishloq xo‘jaligi sohasida ishlaydigan har bir mutaxassis uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmasligimiz kerak. Hozirgi kunda mamlaktimizda qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirishda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash darajasi ancha past bo‘lib, bu ko‘rsatgich paxtachilikda 70-75%, g‘allachilikda 85-90%, em-xashak tayyorlashda 80-85%, 17 sabzavot-polizchilikda 70-75%, bog‘ va uzumchilikda esa 50-55% ni tashkil etmoqda. SHu bilan birga etishtirilgan ishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash ishlari ham talab darajasida emas. 1.2-§. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirishning rivojlantirish istiqbollari Texnikalardan foydalanishda avvalo ularning foydalanish ko‘rsatgichlarini yaxshilash hisobiga ish unumini oshirishning eng zamonaviy usullardan foydalanish hamda bajariladigan ishlarning tashkil etishning yangi tartib va qoidalarini ishlab chiqarishga joriy qilinishi talab etiladi. Prezidentimizning 2012 yil 21 maydagi “2012-2016 yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash,texnik va texnologik qayta qurollantirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1758-sonli qaroriga ko‘ra mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish va texnikalardan samarali foydalanish istiqbollari belgilab berilgan bo‘lib, bu yo‘nalishlar quyidagilardan iborat [1]: - mashina-traktor parklarini sifatli qishloq xo‘jaligi mashinalari bilan qayta jihozlash; - quvvati, ish unumi, yoqilg‘i sarfi va boshqa ko‘rsatgichlari zamonaviy standartlarga mos keladigan yangi turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish; - qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta jihozlash; - qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va etkazib berish tizimini takomillashtirish; - servis xizmati tizimining sifatini oshirish va kengaytirish; - fermer xo‘jaliklari, mashina-traktor parklari va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalariga etuk mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini doimo oshirib borishdan iborat. 18 YUqoridagilarni hisobga olgan holda Prezidentimizning 2017 yil 24 maydagi “Qishloq va suv xo‘jaligi sohalari uchun muxandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3003-sonli qarori qabul qilindi [3]. Ushbu qarorning asosiy vazifasi fermer xo‘jaliklari, mashina-traktor parklari va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalariga etuk mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini doimo oshirib borishdan iborat. Qo‘yilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kelajakda mamlakatimiz aholisini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling