Mashinalaridan foydalanish, texnik
-§. Mashina traktor agregatlarining texnik xolatini boshqarish
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
26.2-§. Mashina traktor agregatlarining texnik xolatini boshqarish
Tashxis qo‘yish. Texnikaviy tashxisning maqsadi - mashina traktor agregatlarini bo‘laklarga ajratmasdan turib uning texnik holati va nosozliklari sabablarini eng kam vaqt va mehnat sarflari yordamida aniqlashdir, unga texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash bo‘yicha tavsiyanomalar berishdir. Texnik tashxisning vazifalari – qishloq xo’jaligi texnikalarining ishonchlilik va chidamliligini yuqori darajada saqlab, texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash uchun ehtiyot qismlar va ekspluatatsion materiallr sarfini kamaytirishdir. Pirovard natijada tashxis qishloq xo’jaligi texnikalarining samaradorligini oshirishga, ya’ni ularning unumdorligini oshirib, bajaradigan ishi tan-narxini kamaytirishga qaratilgan. 235 Foydalanish jarayonida sodir bo‘ladigan buzilishlarni aniqlash va oldini olish qishloq xo’jaligi texnikalarining ishonchliligini va yuqori samaradorligini saqlab turishning asosiy shartlaridan biridir. Texnik holat tashxisi deb, har xil texnik holatlarning yuzaga kelishini nosozliklarni aniqlashning usul va vositalarini o‘rganadigan, ob’ektni bo‘laklarga ajratmasdan uning istiqboldagi ish resursini aniqlaydigan bilimlar tarmog‘iga aytiladi. Tashxis qo‘yish deb, agregat va mexanizmlarning texnik holatini bo‘laklarga bo‘lmasdan aniqlash texnologik jarayoni va kerakli texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash ishlarini o‘tkazish zarurligi bo‘yicha xulosa chiqarishga aytiladi. Tashxis quyish mexanizmning texnik holati to‘g‘risida axborot beruvchi tashqi belgilar bo‘yicha olib boriladi. Bunda mexanizmning namoyon bo‘lmagan buzilishlari va ularni bartaraf etish uchun kerakli ta’mir ishlarini aniqlash imkoniyati hamda mexanizmning soz ishlash resursi va profilaktika ishlarining zarurligi begilanadi. Mashina traktor agregatlari tashxisi korxonada texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash jarayonlarining bir qismi hisoblanadi. Nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish hamda o‘z vaqtida profilaktika ishlarini o‘tkazish eyilish jarayonlari jadalligini pasaytirish, buzilmasdan ishlash ehtimolligini oshirish va ta’mir ishlarini iloji boricha kamaytirish imkonini beradi. SHunday qilib, tashxis mashina traktor agregatlarining buzilmasdan ishlashlik va samaradorlik xususiyatlarini miqdor jixatidan baholash va bu xususiyatlarni qoldiq resurs yoki berilgan moto-apst chegaralarida oldindan aytib berish imkonini yaratadi. Tashxisning keyingi rivojlanishi mashina traktor agregatlari konstruksiyalarining takomillashishiga, tashxis tizimlarining avtomatlashtirish darajasiga va ularning ixtisoslashuviga bog‘liq. Bu tadbirlar texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash texnologik jarayonlari boshqaruv sifatini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi [34, 35, 36]. 236 Mashina traktor agregatlari tashxisi rivojlanishining asosiy masalalarini echish tashxis qo‘yish usullarini, vositalarini, me’yoriy ko‘rsatkichlarini va algoritmlarini ishlab chiqish, tashxis qo‘llanishining optimal texnologik va tashkiliy prinsiplarini qabul qilish, tashxis jarayonlarini takomillashtirish maqsadida statistik materiallar to‘plash va tashxisning iqtisodiy samaradorligini oshirishga bog‘liq. Tashxisning rivojlanishi nosozliklarni aniqlash va tashxis qo‘yish ishlarini keng avtomatlashtirish imkonini beradi. Tashxisning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: joriy ta’mirlash sarflari 8...12% ga, ehtiyot qismlar sarflari 10...12% ga, yonilg‘i sarfi 2... 5% ga kamayadi; fgregatlar ish unumining ortishi 3...5% ga ko‘payadi. Tashxis jarayonlari quyidagi operatsiyalardan tashkil topgan: a) ob’ektning xozirgi laxzadagi texnik holatini aniqlash (tashxis qo‘yish); b) ob’ektning kelgusidagi texnik holatini aniqlash (oldindan bashorat berish); v) ob’ektning o‘tgan zamondagi texnik holatini aniqlash (o‘tmishga nazar tashlash - retrospeksiya yoki genetika). Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling