Mashinalaridan foydalanish, texnik


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

Таyanch iboralar:  texnik servis, servis korxonalari, xizmatlar, 
rivojlanish bosqichlari, firmali texnik servis, xorijiy tajribai,, 
rivojlanish istiqbollari 
 


245 
Texnik xizmat ko‘rsatish (texnik servis)ning rivojlanishi quyidagi boskichlar 
bilan tavsiflanadi.
Texnik xizmat ko‘rsatish (texnik servis)ning iste’molchilari avvallari 
kolxozlar, sovxozlar, shirkat xo‘jaliklari bo‘lgan. Xoziprgi kunda boshqa 
shakldagi, ya’ni fermer, dehqon xo‘jaliklari va klasterlardir. 
27.2-§. Texnik servisning rivojlanishi bosqichlari 
Texnik servisning rivojlanishi quyidagi bosqichlar bilan tavsiflanadi: 
• 1928-1958 yillarda tuman (rayon) mashina-traktor stansiyalari (MTS) 
tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatgan. 
• 1958-1961 yillar davomida MTSlar o‘rnida ta’mirlash-texnik stansiyalar 
(TTS) faoliyat ko‘rsatgan. 
• 1961 yilda asosiy vazifalari kolxoz va sovxozlarga tegishli texnika 
vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlaydigan “O‘zqishxo‘jtexnika” 
birlashmasi tashkil etilgan. 
• 1995 yildan “Qishxo‘jtexnika’’ tuman bo‘limlari negizida tuman 
MTPlari tashkil etila boshlangan. Hozirgi kunda Respublikamizning barcha 
tumanlarida ochiq aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi MTPlar faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 
• 2003 yildan boshlab tugatilgan barcha shirkat xo‘jaliklarining markaziy 
ta’mirlash ustaxonalari negizida muqobil MTPlar tashkil etildi. 
• Tuman MTPlari tizimini tashkil etish va rivojlantirish tadbirlari Vazirlar 
Mahkamasining 95-sonli (24.03.95), 432-sonli (06.12.96), 152-sonli (19.03.97) va 
106-sonli (10.03.98) karorlari asosida o‘tkazildi. 
• Davlat unitar korxonasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan “O‘zmeliomash-
lizing” davlat lizing kompaniyasi tashkil etish to‘g‘risidagi Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2007 yil 21 dekabrdagi 266-sonli qarori qabul qilindi; 


246 
• Davlat Unitar Korxona (DUK) larni tashkil va faoliyatini yo‘lga qo‘yish 
chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
07.05.2008 yilgi № 92-sonli qarori qabul qilingan. 
1928-1958 yillarda tuman mashina-traktor stansiyalari (MTS) tashkil etilgan 
va faoliyat ko‘rsatgan (83-rasm).
SHu davrlarda yangi chiqqan traktor va qishloq xo‘jalik mashinalari 
MTSlarga berilgan, kolxozlardagi mexanizatsiyalashgan tadbirlar ushbu texnikalar 
yordamida bajarilgan, ta’mirlangan va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari MTSning 
ta’mirlash ustaxonasi bazasida amalga oshirilgan [32]. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling