Mashinalaridan foydalanish, texnik
-rasm. Texnik servis strategiyalari
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 89-rasm. Servis markazi xizmat ko’rsatish tizimi
88-rasm. Texnik servis strategiyalari
Mukobil mashina traktor park (MTP)lar tugatilgan shirkat xo‘jaliklarining markaziy ta’mirlash ustaxonalari va texnika parklari negizida tashkil etilgan bo‘lib, xududlarda joylashgan fermer xo‘jaliklarining dala ishlarini bajarish, fermerlarning borona, seyalka, kultivator, tirkama vqa boshqa oddiy mashinalarini ta’mirlash, agrotexnik mavsumlar davomida ko‘chma ustaxonalar bilan texnik xizmat ko‘rsatish vazifalarini bajaradi (89-rasm). 252 89-rasm. Servis markazi xizmat ko’rsatish tizimi Qishloq xo‘jaligi texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish tizimining samarasini oshirish quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan: - ishlab chiqarilayotgan mashinalarning me’yoriy xujjatlarda belgilab qo‘yilgan texnik puxtaligi va ta’mirbobligini ta’minlash; - mashinasozlik korxonalarning tumanlararo yoki tuman texnik markazlarini tashkil etish, ularga servis tashkiloti maqomini berish; - “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasining viloyat filiali tarkibida Texnik markazni tashkil etish va unga tegishli xizmat ko‘rsatish vazifalarini yuklash; - barcha viloyatlarda “Paxtalizingservis” MCHJning filiallarini ochish; - “O‘zagromashservis” assotsiatsiyasining ta’mirlash korxonalarida ta’mir turlari, hajmlari va sifatini oshirish, ulardagi mavjud quvvatlarning bir qismini oddiy qishloq xo‘jaligi mashinalarini seriyali ishlab chiqarishga yo‘naltirish; 253 - iste’molchilarga tegishli murakkab mashinalarning barcha turlarini kapital ta’mirlash, ularga sifatli exnik xizmat kursatish, fermer xo‘jaliklarining mexanizatsiyalashgan agrotexnik tadbirlarini maqbul muddatlar va talablar darajasida bajarish ishlarini tuman MTPlarning asosiy vazifalari etib belgilab ko‘yish; - “O‘zKeysservis” qo‘shma korxonasi tomonidan xorijiy texnika vositalariga ko‘rsatilayotgan texnik servisning sifati, tezkorligi va hajmini keskin oshirish; - muqobil MTPlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish va yaxshilash maqsadlarida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish boshqarmasi” tarkibida “Muqobil MTPlar faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi”ni va viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi (QSXB) tarkibida “Muqobil MTPlar faoliyatini muvofiqlashtirish guruxi”ni tashkil etish, tuman qishloq va suv xo‘jaligi (QSX) bo‘limi shtat jadvaliga “Muqobil MTPlar bo‘yicha muhandis” lavozimini joriy etish; - iste’molchilarga ko‘rsatilgan texnik xizmatlar to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish majburiyatlarini yuklash. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling