Mashinalaridan foydalanish, texnik
-§. Rivojlangan xorijiy davlatlarda texnik servisning
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
27.3-§. Rivojlangan xorijiy davlatlarda texnik servisning
firmali usuli Texnika ishlab chiqaruvchilar uchun: ishlab chiqaruvchi kompaniya texnikasidan foydalanishda asosiy detal va elementlarni ishlashini nazorat qilish, texnika bilan bog‘liq barcha ishlarni bajarish, ishlab chiqarish uchun qisqa va uzoq muddatli prognozlar tuzish imkoniyatining mavjudligi; Qishloq xo‘jalik korxonalari uchun: dilerlar tomonidan tiklash –tamirlash ishlarini sifatli bajarilishi, malum muddat ishlagandan so‘ng texnikani ishlab chiqaruvchiga qaytarib berish imkoniyati, bir xil turdaga texnikalarni, turli texnik parametrlarni keng nomenklaturasi, ishlab chiqariladigan texnikaning yuqori sifatliligini ta’minlash firmali texnik servisning ijobiy tomonlari hisoblanadi. 254 Texnika ishlab chiqaruvchilar uchun: har bir ishlab chiqaruvchi uchun ko‘plab dilerlik tizimining bo‘lishi, ularni tashkil etish va mablag‘lash-tirish bo‘yicha qiyinchiliklarning borligi, dilerlik tizimining doimiy texnika ishlatilayotgan joyga yaqin joylashmaganligi, ishlab chiqariladigan mahsulotning katta seriyada chiqarish imkoniyatining yo‘qligi, chiqarilayot-gan texnikaning katta partiyasini tiklashni tashkil etishning murakkabligi; Qishloq xo‘jalik korxonalari uchun: kafolat muddatidan so‘ng tiklash- tamirlash ishlarini qimmatligi, kafolat muddati davrida boshqa tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatilganda kafolatli xizmat ko‘rsatishdan voz kechish, turli ishlab chiqaruvchilar etkazgan texnikalar bo‘lganda barchasining dilerlarini manzilgohlari malum bo‘lishi kerakligi, ishlab chiqaruvchilarning texnikalarini ratsional ishlatishga qiziqishning yo‘qligi, texnikasi va zaxira-ehtiyot qismlarning nisbatan qimmatligi, ishlab chiqariladigan texnikalarning nisbatan sifatining pastligi, ommaviy ishlab chiqarilishi joylardagi tovar ishlab chiqaruvchilarning o‘ziga hosligini inobatga olinmasligi texnik servisning salbiy tomonlari hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xorijda firmali texnik servisning tashkiliy tuzilmasi firmalar - mashina ishlab chiqaruvchilar, firmalarning yangi texnika importyorlari (general agentliklar) va dilerlardan iborat. Firmali texnik servisning tashkiliy shakli va tuzilmasi turli davlatlarda turlicha ko‘rinishga ega bo‘lib, firma-ishlab chiqaruvchiga o‘zi ishlab chiqargan mashinalarning butun foydalanish davridagi texnik holati uchun javobgarligi umumiy tamoyil hisoblanadi. Xorijiy davlatlarda ko‘p yillar davomida to‘plangan tajribalar natijalarining ko‘rsatishicha, firmali texnik servisni tashkil qilishning maqbul (ratsional) shakli - bu dilerlik tizimi hisoblanadi. Amerika, Angliya, Germaniya, Gollandiya kabi xorijiy davlatlarda firmali texnik servisning tizimi (dilerlik tizimi) asosan uchta zonadan iborat: mashinasozlik korxonasi, diler va fermer xo‘jaliklaridan (90-rasmga qarang). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling