258
28-§. Ta’mir ishlarini rejalashtirish va foydalanishdagi
ta’mir ishlarining xilma xilligi
28.1-§. Ta’mirlash ishlarining turlari
Ta’mirlash
tizimi quyidagi joriy, kapital va ehtiyoj bo‘yicha ta’mirlash
turlarini nazarda tutadi. Ular yordamida transport vositalarining zarur bo‘lgan
texnik holati va foydalanish davrida ularning ishga yaroqliligi (ishlash qobiliyati)
saqlab turiladi.
91-rasm. Ta’mirlash turlari
Joriy ta’mirlash texnikani ishlatish jarayonida bajariladi, ya’ni buzilishning
oldini olish maqsadida berilgan markadagi mashinalar
uchun belgilangan texnik
xizmat ko‘rsatishning muayan turi bilan birga bajariladi. Joriy ta’mirlash ishlari
mashinaning murakkabligiga qarab, ustaxonalarda o‘tkaziladi.
Ehtiyoj bo‘yicha ta’mirlash mashinalarda
kutilmagan hollarda, tasodifiy
sodir bo‘ladigan buzilish va nosozliklarni
tuzatish uchun rejasiz, ya’ni ehtiyoj
bo‘yicha ta’mirlash ham o‘tkaziladi.
Ehtiyoj bo‘yicha ta’mirlash ishlari tashxislash
natijalari yoki talab etilganholda nuqsonning holatiga qarab oddiy
yoki murakkab
uslubda bajarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: