Mashinalaridan foydalanish, texnik


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

Egali ta’mirlash usulida mazkur texnikaga tegishli hamma detallar va 
uzellar ta’mir qilingandan keyin yana shu texnikaning o‘ziga qo‘yiladi. Bu 
usulning ijobiy tomoni shundaki, ruxsat etilgan chegaralarda eyilgan barcha 
detallardan unumli foydalanish mumkin. Bu o‘z navbatida texnikaning yaxshi 
saqlanishidan manfaatdorlikni ta’minlaydi. Kamchiligi-texnik ta’mirda ko‘proq 
turib qoladi. 
Agregat usulida ta’mirlash – egasiz usulda ta’mirlashning shunday turiki, 
bunda buzilgan agregatlar yangisi bilan yoki ta’mir qilingani bilan almashtiriladi. 
Agregat va uzellarning o‘zi ixtisoslashtirilgan ta’mirlash korxonalarida 
ta’mirlanadi. Bu usulda ta’mirda bo‘lish muddati ancha qisqaradi, ta’mirlash sifati 
yaxshilanadi va tannarxi kamayadi.
Oqim usulda ta’mirlash ishlab chiqarishning bir maromda kechishini 
ta’minlaydigan texnologik jarayonning uzluksizligi bilan ajralib turadi. Bu usulda 
ta’mirlash ishlari ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlarida ma’lum ketma-ketlikda va bir 
vaqtning o‘zida bajariladi. Uzellar, agregatlar va mashinalar oqim liniyalarida 
ta’mir qilinadi va yig‘iladi. Oqim usuli ta’mirlashning eng samarali va ilg‘or usuli 
hisoblanadi. Ammo uni ishlab chiqarish dasturi katta bo‘lgan ixtisoslashgan 
ta’mirlash korxonalarida qo‘llash yaxshi samara beradi.
Uzel usulida ta’mirlash mayda seriyada ishlab chiqarilgan texnikalarga 
qo‘llaniladi. Bunda, texnikani ta’mirlash texnologik jarayoni tashkil etuvchilarga 
bo‘linadi.
28.3-§. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash strategiyasi,
rivojlanish istiqbollari 
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning quyidagi uchta strategiyasi keng 
tarqalgan:
- ta’mirlash-xizmat tadbirlari nosozlik yuzaga kelgandan so‘ng uning oqibatini 
yo‘qotish uchun amalga oshiriladi


262 
- ta’mirlash-xizmat tadbirlari bajarilgan mexanizatsiyalashgan ishlarning miqdori 
yoki yonilg‘i sarfiga asoslanib qatiyan belgilangan grafik (reglament) bo‘yicha 
amalga oshiriladi; 
- ta’mirlash-xizmat tadbirlari mashinalarga o‘rnatilgan avtodiagnostika tizimi va 
davriy tashxis asosida amaldagi texnik holatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bu strategiyalarning uchinchisi ko‘proq istiqbolli hisoblanadi. CHunki, 
bunda mashinalarga murakkab elektron jixozlar o‘rnatiladi, texnik servis 
o‘tkazishda elektron-mexanik tashxis anjomlari qo‘llaniladi va yuqori malakali 
kadrlarni jalb qilinadi.
Istiqbolda texnikalarni ishlab chiqaruvchi va servis korxonalari jaxon 
standartiga bosqichma-bosqich moslashtirilishi amalga oshiriladi.
Texnikalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning texnik markazlari va 
dilerlari kelgusida servis xizmatlarini bajaruvchilar bo‘lib qoladi.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling