Mashinalaridan foydalanish, texnik


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

a) strukturaviy model - bu modelni qurishda tashxis tizimi bir-biri bilan 
bog‘langan va chegaralangan elementlardan iborat deb hisoblanadi. 
Tashxisning biror usuli yoki texnologiyasini ishlab chiqish uchun 
mexanizm va uzellarning texnik holati o‘zgarishlari qonuniyatlarini bilish etarli 
emas. Buning uchun tashxis ob’ektining umumlashtirilgan mantiqiy yoki tahliliy 
tavsifi kerak. Bu tavsif (model) transport vositasi (uzel, mexanizm, detal)ning tez 
ishdan chiqadigan elementlari ro‘yhatini va ularga tug‘ri keladigan strukturaviy va 
tashxis parametrlarini, ular orasidagi bog‘liqliklarni o‘z ichiga olishi kerak. 
82-rasm. Tashxis ob’ektining strukturaviy modeli (dvigatelning 
silindr porshen guruxi misolida) 


242 
SHakldan (82-rasm) ko‘rish mumkinki, V pog‘ona-ya’ni diagnostik 
parametrlar (yoki fizik miqdorlar) yordamida tashxis qo‘yish ob’ektining ishchi 
yoki hamrox jarayonlarini o‘lchash mumkin va shuning bilan ob’ekt texnik
holatini uni bulaklarga ajratmasdan aniqlash mumkin. 
Bunday model ob’ektining muhandislik o‘rganishi va ishlashi, ishonchlilik 
ko‘rsatkichlarining statistik tahlili va diagnostik para-metrlarning baholanishi 
asosida tuziladi. Model ob’ektining eng nozik va eng muhim elementlari 
to‘g‘risida, uning strukturaviy va diagnostik parametrlari va ular orasidagi 
bog‘lanishlar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bu model yordamida eng muhim 
diagnostik parametrlarni, demak, diagnostika usullari va vositalarini tanlash 
mumkin. 
Bularga yonilg‘i sarfi, gazlar zichligi, quvvatning pasayishi, karterga o‘tgan 
gazlar miqdori, qisilgan havoning sirqib chiqib ketishi, qisilish bosimi, yog‘-moy 
materiallari sarfi, tebranishlar kirishi mumkin.
Bu model tashxis ob’ektining eng sodda mantiqiy tavsifidir. 
1. pog‘onada - tez ishdan chiqadigan, nozik mexanizm va qismlar 
joylashgan; 
2. pog‘onada - ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar yoki strukturaviy 
parametrlar joylashgan; 
3. pog‘onada - strukturaviy parametrlarning chegaraviy qiymatla-ridan 
chiqib ketadigan miqdorlari, ya’ni harakterli nosozliklari keltirilgan; 
4. pog‘onada - strukturaviy parametrlarga mos keladigan diagnostik 
belgilar joylashgan; 
5. pog‘onada - tashxis parametrlari joylashgan. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling