40
5-§. Harakatlanuvchi (mobil) energiya vositalarining foydalanish
xossalari
5.1-§.
Mobil energetik vositalarga qo‘yiladigan
agrotexnik talablar
Harakatlanuvchi energetik vositalariga (traktor, o‘ziyurar mashinalar)
qo‘yiladigan agrotexnik talablarga quyidagilar: mashinaning tekis va notekis
joylardan, qiyaliklardan, o‘simliklar qator orasidan o‘tuvchanligi;
kerakli tortish-
ilashish xossasi, manevrchanligi (chaqqonligi), tekis harakati, harakatlanish tezligi
chegaralari, yurish qismi bilan tuproqqa ziyon etkazishi (zichlashi, tuproq
strukturasi va kapelyarligini buzmasligi), texnologik
jarayonni yuqori sifatda
bajarishi kiradi [10, 11, 12, 13].
Bu talablarni bajarilishi me’yoriy ko‘rsatgichlarni haqiqiy ko‘rsatgichlarga
qiyosiy solishtirish orqali tekshiriladi.
Olib borilgan ko‘p yillik ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida agratexnik
talablarning quyidagi me’yoriy ko‘rsatgichlari ruxsat etiladi:
Energetik vositalar shataksirashini agrotexnik talablari.
Ma’lumki, traktor g‘ildiraklarini shataksirashi (10-rasm)
harakat tezligini
kamayishi hisobiga agregat ish unumini pasaytiradi.
Tayanch iboralar: agrotexnik talablar, shataksirash, yo’l tirqishi,
agrotexnik tirqich, himoya zonasi, koleya kengligi, tezlik chegarasi