Mashinalarni hisoblash va konstruksiyalash asoslari fanidan 1-oraliq nazorat ishi


Mashinalarni tayyorlashda ishlatiladigan materiallar


Download 24.67 Kb.
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi24.67 Kb.
#1371183
1   2   3   4
Bog'liq
MASHINALARNI HISOBLASH VA KONSTRUKSIYALASH ASOSLARI fanidan

4. Mashinalarni tayyorlashda ishlatiladigan materiallar Konstruksion materiallar va ularning turlari. Konstruksion materiallarni tanlash va ularni tejash yo’llari. Reja: 6.1. Umumiy ma’lumotlar. Konstruksion materiallar va ularning turlari. 6.2. Konstruksion materiallarni tanlash va ularni tejash yo’llari. Kalit so’zlar: konstruksiya, komponovka, ekspluatatsiya davri, konstruksiyalash davom ettirish prinsipi, konstruksion materiallar, komponovka qilish, inversiya usuli Umumiy ma’lumotlar. Konstruksion materiallar va ularning turlari. Konstruksiyalash nazariy xisoblashlar, konstruktorlik, texnologik va eksplutasion tajribalar asosida xujjatlarni (ko’proq chizmalarda) yaratishning ijodiy jarayonidir. Konstruksiyalash ko’p variantli bo’lib kam mexnat sarflab qo’yilgan talablarga javob beruvchi varianti optimal xisoblanadi. Mashinalarni konstruksiyalash turli bosqichlarda bajariladi. Asosiy bosqichlarda texnik vazifa, eskiz loyixa, texnik loyixa, ishchi loyixa ishlab chiqiladi. Konstruksiyalash vazifalari. Davr talabiga javob beradigan yuqori texnik-iqtisodiy va eksplutasion ko’rsatkichlarga ega bo’lgan mashinalarni yaratish konstruktorlarlarning asosiy vazifasidir. Ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: yuqori unumdorlik, iqtisodiy samaradorlik, mustaxkamlik, ishonchlilik, tamirlashning xajmi va narxi, energiyani tejash, yuqori texnik resurs va avtomatlashtirish darajasi, soddalik va ishlatish qulayligi, dizayn va x.k. Yuqorida keltirilgan xar bir faktorlarning mohiyati mashinani qanday funksiyani bajarishiga bog’liq. Mashina - generatorlarda birinchi darajada foydali ish koefisent (FIK); Mashina - qurollarda unumdorlik, to’xtamasdan ishlash. avtomatlashtirish turadi; Metal qirquvchi stanoklarda - unumdorlik, katta ishlash aniqligi, bajariladigan operasiyalarning diapazoni; priborlarda - sezgirlik, aniqlik, ko’rsatgichlarni stabilligi; transportlarda, aloxida aviasiyada va raketasozlikda, - konstruksiya massasining kichikligi, dvigatellarni yuki FIK va x.k. turadi. Mashinani loyixalashda konstruktor uni ishlatish muddatida rentabelligini va iqtisodiy samaradorligini iloji boricha yuqori bo’lishini taminlash zarur. Iqtisodiy samaradorlik kompleks texnologik, tashkiliy ishlab chiqarish va ekspluatasion faktorlarga bog’liq. Konstruksiyalashni iqtisodiy asoslari. Konstruksiyalashda iqtisodiy faktorlar birinchi darajalidir. Xususan konstruksiyalar konstruksiyalashning asosiy maqsadlarini — mashinaning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llariga to’sqinlik qilmasligi kerak. Ko’pchilik konstruktorlar iqtisodiy samarali konstruksiyalarni yaratish deganda mashinaning tannarxini pasaytirish, murakkab yechimlardan qochish, arzon narxli materiallarni tanlash va tayyorlash konunlarini qabul qilish deb o’ylaydi. Bu masalaning bir qismidir. Asosan iqtisodiy samaradorlik mashinaning foydaliligi va uni eksplutasiya qilishda sarflangan xarajatlarni yig’indisi bilan ifodalanadi. Mashinaning qiymati doimo asosiy bo’lib qolmay vaqti kelganda kichik tashkil etuvchisi xisoblanadi. Iqtisodiy tejamkorlik ruxidagi konstruksiya mashinaning iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi kompleks faktorlari inobatga olishi zarur. Bazida bu faktorlar inobatga olinmasligi mumkun. Bunda konstruktor iqtisodni bir tomonlama o’ylab qolganlarni nazarga olmaydi. Bu esa ko’p xollarda iqtisodiy tejamkorlikni pasayishiga olib keladi. Mashinani iqtisodiy samaradorligining asosiy faktorlari mashinaning foydali ishlashi, ishonchlilik, energiyaning sarflanishi, tamirlash naxlari va x.k. Mashinani foydalanish darajasi va rentabilligi muxim faktorlardan biridir. Mashinani foydalanish koeffesiyenti H h Кф  (5.1) bu yerda N - mashinani ekspluatasiya davri h - amalda mashinani shu davrda ishlash vaqti Agar mashina mexanik resursi tugagancha shilasa h mashinani nominal rejimda umumiy ishlash vaqti xisoblanadi. Kf qiymati mashinani qanday rejimda ishlashiga bog’liq. Mashina ish davrida uzluksiz ishlaganda Kf=0,9 Kf = 0,9 ÷1 teng bo’lishi mumkin. Mashinaning rentabilligi malum davrda foydaligini xarajatlar yig’indisi nisbati bilan ifodalanadi. р M q ф  (5.2) bu yerda Mf - mashinani foydalilik darajasi; r - xarajatlar yig’indisi; q ning qiymati birdan katta bo’lishi kerak. Mashinaning iqtisodiy samaradorligi uning so’mdagi foydaligidan so’mdagi xarajatlarini ayirmasi bilan ifdodalanadi. Iqtisodiy samara mashinani foydali ishlashiga va vaqt muddatiga bog’liq. Bu faktorlar mashinani konstruksiyalashda diqqat markazida turishi kerak. Mashinani ishlatish davridagi ishonchliligi va tamirlash uning narxini aniqlaydi. Amalda tamirlash uchun sarf qilingan xarajatlar mashinani tayorlash xarajatlaridan bir necha marta ko’p bo’lishi mumkin. Bazida tamirlash xarajatlari mashinani ishlashidagi foydani yutib yuborishi mumkin. Natijada mashinani ishlatish rentabelsiz bo’ladi. Hozirda mashinalarni tamirlamasdan ekspluatsiya qilish masalasi xal qilinmoqda. 1. Mashinani loyixalashda quyidagi materiallar kerak bo’ladi: a) Buyurtmachi yoki tashkilot tomonidan mashinani parametrlari, qo’llash maqsadi va shartlari ko’rsatilgan texnik vazifa; b) Loyixalash tashkiloti yoki konstruktorlarlar guruhi tomonidan ilgari surilgan texnik taklif; v) Ixtiro tadqiqot ishlari yoki uning asosida yaratilgan tajribaviy namuna; d) Chet el mashinasining namunasi (kopiyasi) yoki bazi o’zgartirishlar kiritilgan. Yuqorida ko’rsatilganlardan texnik vazifa konstruksiyalashda ko’proq qo’llanadi. Texnik vazifaga tanqidiy yondashish kerak, konstruktor loyixalanadigan mashinani qaysi soxada qo’llanilishini yaxshi bilishi lozim. Mashinani loyixalashdan boshlab uni sanoatda qo’llash davrigacha malum vaqt o’tadi. Mashina qancha murakkab bo’lsa bu davir shuncha ko’proq bo’lishi mumkin. Ba’zida bu muddat 2-3 yilga cho’zilishi mumkun. Texnikani jadal rivojida bu katta muddatdir. Parametrlari noto’g’ri tanllangan shablon asosidagi qarorlarga asoslangan texnik rivojlanishni ta’minlaydigan mashina ko’plab ishlab chiqarishga yetguncha eskirib qoladi. Bunga yo’l qo’ymaslik muxumdir.


Download 24.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling