Mashinasozlik tenologiyasi


Elektron-nurli payvandlash mohiyati


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/34
Sana30.01.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1141997
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
Kitob 6511 uzsmart.uz

Elektron-nurli payvandlash mohiyati. 
Elektron-nurli payvandlash – bu eritib payvandlash usuli bo‘lib, bunda 
metall qizishi elektr maydon ta’sirida tez harakatlanuvchi elektron nurlar 
oqimi natijasida qiziydi. elektronlar buyum yuzasiga tegib o‘zining kinetik 
energiyasini berib issiqliq energiyasiga aylanadi va metallni 5000–6000°C 
gacha qizdiradi. Ushbu jarayon, odatda, germetik yopiq kamerada bajariladi 
(vakuum ushlanib turilishi kerak). Elektron nur yordamida payvandlashda 
buyumlar qalinligi 0,01 dan 100 mm va bundan ham qalinroq bo‘lishi 
mumkin.
Elektron nurli payvandlash jarayoni, odatda, germetik yopiq kamerada 
bajariladi, ushbu kamerada vakuum 10
-1
–10
-3
Pa ni tashkil etadi. Vakuum 
elektronlarning erkin harakati uchun, ionizatsiya jarayonidagi gazsimon 
molekulalar bilan to‘qnashishini kamaytirish uchun juda muhimdir. Hamda 
vakuum eritib qoplanayotgan metallning tozaligini ta’minlash uchun, uni 
oksidlanishi va azotlanishining oldini olish uchun undagi bug‘langan 
gazlarning miqdorini kamaytirish uchun ham muhim rol o‘ynadi. Vakuum, 
to‘xtovsiz ishlatiladigan vakuum nasoslari yordamida ta’minlanadi. 
Elektronlar manbayi sifatida nakallanayotgan katod xizmat qiladi, katod esa 
past 
voltli 
transformatordan 
manbalanadi. 
Elektronlar 
past 
voltli 
transformatordan yuqori kuchlanishlarga 10–100 kV aylanadi, odatda, 30 kV 
kuchlanish qo‘llaniladi, chunki yanada yuqori kuchlanishlarda rentgen nurlari 
hosil boladi va payvandchiga maxsus himoya talab etiladi.
Lazerli payvandlash – bu eritib payvandlash usuli bo‘lib, bunda detalni 
qizdirish uchun lazer nurlanish energiyasi qo‘llaniladi.


Qattiq jismli texnologik lazer – bu silindrik o‘zak shaklidagi rubin kristall; 
yaltiratib kumushlangan yuzalari optik nur qaytargichlar bo‘lib hisoblanadi.
O‘zakning chiqib turuvchi qismi yorug‘lik nurlari uchun qisman shofof. 
Pushti rangli rubin Al
2
O
3
, xrom atomlarini tashkil etadi, ularning har birini 
uchta energetik darajasi mavjud. 
Nurlanuvchi trubkaning ksenon lampa chaqnashida xrom atomlari yonib 
yuqori energetik darajasi bilan tavsiflanadi. Taxminan 0,05 mikro sekunddan 
keyin qizil rangli fotonlarni tartibsiz nurlatib uyg‘ongan atomlarning bir 
qismi avvalgi energetik holatiga qaytadi. Kristall bo‘ylab nurlayotgan bu 
fotonlarning ayrim qismlari, yangi fotonlarning nurlanishini qo‘zg‘atadi. 
Boshqa yo‘nalish bo‘ylab tushayotgan fotonlar yon tekisliklar orqali 
kristallni tark etadi. Qizil fotonlar oqimi kristall o‘zagi bo‘ylab oshib boradi. 
Ular navbatma navbat shishali yon tomonlar chegarasida aks etadi, toki 
ularning tezligi kristallning yarim shafof yon tekisligi chegarasidan o‘tib 
tashqariga chiqishga yetarli bo‘lmagancha. Natijada kristallning chiqish 
tomonidan kogerent monoxromatik nurlanish ko‘rinishida qizil yorug‘lik 
oqimi nurlanadi

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling