Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi


Download 0.87 Mb.
bet17/53
Sana18.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1556342
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53
Bog'liq
Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyas

Tekshirish uchun savollar
1. Tehnik vaqt me’yori nima?
2. Me`yorlashni uchta usuli qaysilar?
3. Donabay vaqt nima? Formulasini yozing
4. Operativ vaqt nima? Formulasini yozing
5. Asosiy vaqt nima? Formulasini yozing
6. Yordamchi vaqt nima?
7. Texnik xizmat ko`rsatish vaqtini ta`riflang
8. Berilgan partiyaning vaqt mehyori formulasini yozing
9. Ishchi extiyoji uchun sarflanvchi vaqtni ta`riflang
10. Amaliy hisoblashlarda donabay vaqt formulasini yozing


5 - M A` R U Z A
Mavzu: Tanovorlarga ishlov berish operatsiyalarini tashkil etishda echiluvchi asosiy masalalar.
Mavzu rejasi:
1. Ishlab chiqarish tehnologik jarayonlari.
2. Tehnologik o’eratsiya, o’rnatish, o’rin holat, o’tish.
3. Bir o`rinli operatsiyalar tuzilish sxemasi.
4. Ko`p o`rinli o`peratsiya tuzilish sxemasi



  1. Ishlab chiqarish tehnologik jarayonlari.

Ishlab chiqarish jarayoni deb, tabiat buyumlarini to’g’ridan-to’g’ri ionson uchun foydali buyumga aylantirish bilan bog’liq bo’lgan alohida-alohida, jarayonlarning barchasini yig’indisiga aytiladi.
Mashinasozlik zavodlarida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayoni, tabiat buyumlarini mashinaga aylantiruvchi hamma ishlab chiqarish jarayonlarining bir qismi hisoblanadi.
Tayyor mashinaga aylantirilgunga qadar yarimfabrikatlarni bosib o’tgan barcha bosqichlarning yig’indisi mashinasozlikdagi ishlab chiqarish jarayoni deb ataladi.
U quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash va xizmat ko’rsatish, ish joyini tashkil qilish;
- material va yarimfabrikatlarni qabul qilish va saqlash;
- mashina detallarining tayyorlashning barcha bosqichlari;
- buyum va uzellarni yig’ish;
- tayyor buyum va detallarni tashish;
- texnik nazorat;
- yig’ilgan buyumni bo’laklarga ajratish;
- tayyor mahsulotni qadoqlash va boshqalar.
Ishlab chiqarish obhektini (material, tayyorlanma, detal, mashinalar) ko’rinish sifatini o’zgarishi sodir bo’ladigan vaqtdagi ishlab chiqarish jarayonining qismiga texnologik jarayon deb ataladi.
Yahni material, tayyorlanma yoki detalga, mexanik ishlov berishning barcha turida asosan shakl o’zgarishi bilan bog’liq bo’lsa, termik ishlov berish esa detalni fizik xossasini o’zgarishi bilan bog’liq bo’ladi. Yig’ish detallarining bir-biriga nisbatan joylashuvi va shaklini o’zgarishi bilan bog’liq. Mashinalarni pardozlash va bo’yash tashqi ko’rinishining o’zgarishi bilan bog’liq.
Texnologik jarayonni bajarish uchun ish joyini tashkil qilish va jixozlash zarur bo’ladi.
Bir yoki ishchilar brigadasi ish bajarishi uchun belgilangan, detal va asoboblar saqlash stellaji, moslamalar, texonologik dastgoh joylashgan tsex maydonining bir qismi ish joyi deb ataladi.


  1. Download 0.87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling