Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi
Texnologik jarayonlarni loyihalash uchun boshlang’ich berilganlar
Download 0.87 Mb.
|
Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyas
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish turini aniqlash
4.Texnologik jarayonlarni loyihalash uchun boshlang’ich berilganlar
Texnologik jarayonlar yangi qurilgan zavodlar uchun yaratilsa, boshlang’ich berilganlarga quyidagilar kiradi: - Detalning ishchi chizmasi, uning materialini, konstruksiya, shakli va о’lchamlarini aniqlovchi; - Detalni tayyorlash uchun qо’yilgan texnik talablari, bunga еsa ishlov berish aniqligi, yuza sifatini, va shuningdek asosiy talablar (qattiqligi, strukturasi, termik ishlov berish sharti, balansirlash, og’irligi bо’yicha moslashtirish va boshq.) lar kiradi. - Vazifa qilib berilgan dasturning miqdori (detallar soni). - Berilgan dasturdagi detallarni ishlab chiqarish muddati (umumiy holda yil bilan kо’rsatiladi) yoki vaqti. Texnologik jarayon mavjud yoki rekonstruksiyalashtiriluvchi zavodlar uchun loyihalansa, zavodda mavjud bо’lgan jihozlarning soni, maydoni va boshqa ishlab chiqarish sharoitlari tо’g’risida ma’lumotlarga еga bо’lish kerak. Texnologik jarayon loyihalashda: ma’lumotnomalar va normativ materiallar; kataloglar va jihozlarning pasportlari; moslamalar alьbomi; GOST lar va keskich, о’lchagich asboblar uchun normallar, aniqlik normativi, g’adir-budirlik, qо’yim hisoblash, kesish rejimlarini hisoblash va texnik vaqtni normalash normativlari; tarifli-malakaviy ma’lumotnomasi va boshqa yordamchi materiallardan foydalaniladi. Ishlab chiqarish turini aniqlash Ishlab chiqarish turi, ishlab chiqarish taktini hisoblab topilgandan keyin aniqlanadi. Ishlab chiqarish takti (ba’zi bir adabiyotlarda tempi) ni hisoblash formulasi quyidagicha t.ich = (Fx* m*60) / N, min/son. Bu erda: Fx – Dastgohning (jihozlarning) bir yillik ishlash vaqt fondi, soatda; m – ish smenalar soni (ishni necha smenada tashkil qilinishi); N-dastur bо’yicha detallarning bir yillik soni. Agarda takt miqdori, boshlang’ich taxminiy о’rnatilgan xarakterli amallar uchun ketgan о’rtacha vaqtga yaqin yoki kichikroq bо’lsa ishlab chiqarishni ommaviy (kо’plab) deb qabul qilinadi. Bu holda jihozlarning yuklatilganligi (70% dan kam еmas) natijasida amallarni ishchi joylarga bog’lab qо’yish maqsadga muvofiq bо’ladi. Amallarning uzayish vaqti yirik normativlar yordamida xarakterli amallar о’lchamlari asosida taxminiy hisoblashlar bilan aniqlanadi. Agarda takt miqdori kо’zda tutilgan alohida amallar vaqt uzunliklaridan bir qancha katta bо’lsa, detallarni tayyorlash seriyalab ishlab chiqarish prinsipi asosida olib borilishi kerak. Bu holda stanoklarning kam yuklatilganligi sababli detallarga partiyalab ishlov berish maqsadga muvofiq bо’ladi. Jihozlarni sozlashning sermehnatliligi tufayli, ishlov jarayonining uzunligi, mahsulot ishlab chiqish kalendar muddati, mahsulot turi va boshqa tashkiliy hamda iqtisodiy fikrlarga kо’ra seriyalab ishlab chiqarishda taxminiy partiya miqdori belgilanadi. Yirik va murakkab detallar uchun partiya miqdori ikki haftalik rejaga, о’rtachasi uchun bir oyga teng qilib olinishi mumkin. O’rnatilgan partiyaning miqdoriga keyinchalik texnologik jarayonni batafsil ishlab chiqish asosida tuzatiщlar kiritiladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling