Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi


Texnologik jarayonlarni loyihalashning asosiy maqsadi


Download 0.87 Mb.
bet32/53
Sana18.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1556342
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53
Bog'liq
Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyas

2. Texnologik jarayonlarni loyihalashning asosiy maqsadi
Tanavorlarga mexanik ishlov berish texnologik jarayonini loyihalashning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- Ishlab chiqarish turini (tipini) aniqlab olish;
- Zagotavka olish usulini tanlash va unga qо’yiladigan texnik talablarni mazmunan yaratish;
- Tanavorga ishlov berish rejasini (marshrutini) yaratish;
- Ishlanuvchi tanavor uchun texnologik о’tuvlararo yoki amallararo minimal va umumiy qо’yimlarni hamda tanavor о’lchamlari uchun dopusklarni aniqlash;
- Кesish rejimlarini, amallar uchun belgilangan norma vaqtni о’rnatish.
- Кerakli sonda jihozlarni, moslamalarni, ishchi va о’lchagich asboblarni va shuningdek ishchi kuchini aniqlash;
- Ishlab chiqilgan texnologik jarayonni tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish.


3. Texnologik jarayonlar ishlab chiqishning asosiy hollari
1. Texnologik jarayonlar yangi mashinalar loyihalanib, yangi zavodlar qurilgan sharoitlarda yaratiladi.
2. Mavjud zavodlarni rekonstruksiyalashda yaratiladi.
3. Ishlab turgan zavodlarda yangi ob’ektlar ishlab chiqilgan sharoitlarda yaratiladi.
Ishlab turgan zavodlarda о’zlashtirilgan mahsulotlarni chiqarishda texnologik jarayonlarga tuzatishlar kiritiladi yoki yangisi ishlab chiqiladi. Yangi zavod uchun yoki rekonstruksiyalashtirilgan zavodlar uchun yaratilgan texnologik jarayonlar barcha loyihaning asosini tashkil qiladi. Ishlab chiqilgan texnologik jarayon kerakli jihozlarni, ishlab chiqarish maydonini, еnergetikani, trasport vositalarini, ishchi kuchini, material va sh.о’. aniqlaydi. Zavod ishlashining texnik-iqtisodiy kо’rsatkichi, ishlab chiqilgan texnologik jarayonning mukammallik darajasiga bog’liq.
Mavjud zavodlarda, yangi ob’ektlar qо’yilganda texnologik jarayon ishlab chiqishdan avval bir qancha tayyorgarlik va tashkiliy ishlar olib boriladi. Buning asosida mavjud kerakli jihozlar, kerakli ishchi kuchi, asboblar, transport vositalari va boshq. ning ishlatilish imkoniyatlari aniqlanadi.


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling