6. Iqtisodiy samaradorlikni hisoblash. Minimal tannarxga asoslangan variantlarni taqqoslash shunday holda o’tkaziladiki, agarda taqqoslanuvchi variantlar o’zini bajarilishi uchun qo’shimcha kapital qurilishga sarflanuvchi mablag’ni talab еtmasa. Bu holda iqtisodiy samaradorlik quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi
Е = (SB - S Ya) VYa,
bunda SB , S Ya - bitta detalni bazaviy va yangi texnologiya bo’yicha tayyorlash tannarxi; VYa - yangi texnologiya bo’yicha detallar chiqarish hajmi, dona.
Agarda yangi texnologik jarayon (TJ) qo’shimcha kapital harajatlarni talab еtsa, variantlarni taqqoslash harajatlar yig’indilarini taqqoslash yo’li bilan olib borish kerak
P = S + К,
bunda К - berilgan TJ bo’yicha kapital harajatlar.
P-yig’indi harajatlar har qaysi taqqoslanuvchi variant uchun aniqlanadi. Minimal harajatli Pimin variant еng yaxshisi deb tan olinadi.Еng yaxshi variantni tadbiq еtishdagi yillik iqtisodiy samaradorlik taqqoslanuvchisi bilan taqqoslash bo’yicha shu variantlar harajatlarining yig’indilari ayirmasi bilan aniqlanadi:
Еy = Pi -Pivin
Muhim farqlanishlardan taqqoslanuvchi variantlar chiqarish hajmi va mahsulot sifati bo’yicha, va shuningdek variantni amalga oshirish muddati bo’yicha taqqoslanuvchi bo’yicha oshgan, unda mahsulot tannarxi va bazaviy variant bo’yicha qo’yilgan kapital mablag’ chiqarish hajmini yangi texnologiya bo’yicha qayta hisoblash kerak:
Е = (Sb + Кb)Vya / Bb - (Sya + Кya)
bunda Sb , Sya - bazaviy va yangi texnologiyalar bo’yicha detallar chiqarish hajmining tannarxlari ; Кb, Кya - bazaviy va yangi texnologiyalar bo’yicha sarflanadigan kapital mablag’lar; Vb, Vya - bazaviy va yangi texnologiyalar bo’yicha detallar chiqarish hajmi.
Yillik iqtisodiy samaradorlikka qo’shimcha qilib yangi variant bo’yicha texnologik ta’minot vositalari (TTV - STO) uchun aniqlash maqsadga muvofiq
xisob = Кya - Кb / Sb - Sya
Qoplash muddatini shunday muddat bilan solishtiriladiki, qaysi korxona uchun, davlat, bank va qaysidur boshqa tashkilotlar TJ еskisini takomillashtirish yoki yangisini ishlab chiqish uchun kerakli zarur vositalarni ajratishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |