Mashinasozlik


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/25
Sana09.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#264909
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
yuk avtomobillarining valsimon detallarini qayta tiklashda va yeyilishga chidamliligini oshirishda plazma yoyi yordamida payvandlash texnologiyasini takomillashtirish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


16 

2.2. Plazma purkash. 

 

Metall  qoplama  hosil  qilishning  bu  usulida  metallni  detalning  sirtiga 



purkash  va  yopishtirish  uchun  plazmali  oqimning  issiq  va  dinamik  xossalaridan 

foydalaniladi. 

Purkaladigan 

ashyo 


sifatida 

metall 


kukuni 

ishlatiladi. 

Kukun 

me’yorlagichdan  plazmotronning  soplasiga  vaqt  birligida  aniq  miqdorda  berib 



turiladi. Metall kukuni  plazma  oqimiga tushib,  suyuqlashadi va  oqimga qo’shilib, 

detal sirtiga yopishadi. 

Purkash quyidagi tartibda bajariladi:  tok  kuchi 350-400  A,  kuchlanish 60-

70  V,  plazma  hosil  qiluvchi  gaz  sarfi  30-35  l/min,  kukun  sarfi  5-8  kg/soat,  detal 

sirtigacha bo’lgan oraliq 125-150 mm. 

Purkashning bu usuli eng istiqbolli hisoblanadi. Uning afzalliklari: jarayon 

yuqori  unumli  bo’ladi  ,  qoplama  detalning  sirtiga  juda  mustahkam  yopishadi  (50 

MPa  gacha  boradi),  jarayonni  boshqarish  to’liq  avtomatlashtiriladi,  har  qanday 

metall va qotishmalarni purkab qoplama hosil qilish mumkin. 

Detallarning metall purkab tiklash texnologik jarayoni uchta asosiy ishdan: 

detall  sirtini  metall  purkab  qoplashga  tayyorlash,  purkash,  purkalgandan  keyin 

detallarga  ishlov  berishdan  iborat.  Metall  purkash  oldidan  detall  sirtiga  purkab 

ishlov  beriladi,  shunda  detall  sirti  g’adir-budir  bo’lib,  qoplamaning  detalga 

mustahkam yopishishi ta’minlanadi. 

Detallar  sirtiga  qoplama  yotqizish  qayta  jihozlangan  tokarlik  stanoklarda 

yoki maxsus kameralarda bajariladi. 

Plazmali purkashning kamchiliklari.  

•  qoplangan qatlamning qalinligi 0,3 mm dan oshmaydi;  

•  plazma hosil qiluvchi va himoyalovchi gazlarning savfi ancha yuqori (40 l/min 

gacha);  

•  qayta tiklanadigan detallarning turlari chegaralangan;  

•  qoplanadigan  materiallarning  xossalarini  qoplash  jarayonida  o’zgartirish 

imkoniyati yo’q. 



17 

Bu  usulda  hosil  qilingan  qoplamalar  o’zininig  tarkibi,  tuzilishi, 

mexanik  va  boshqa  xossalari  jihatdan  gaz  alangali  va  elektryoyli 

metallashdagi  qoplamalardan  ustun  turadi.  Plazma  ionlagan  gazdan 

iborat  bo’lib,  uning  tarkibida  ko’p  miqdorda  zaryadlangan  zarrachalar 

bo’ladi.  Plazma  gazni  maxsus  plazmotronning  (gorelkaning)  tor 

teshigida  elektryoy  razryadini  o’tkazib  hosil  qilinadi,  natijada 

ionlanish darajasi oshib, harorati 7000-20000°C li plazma oqimi paydo 

bo’ladi. 

Detallar  sirtiga  suyultirib  yotqiziladigan  boshlangich  ashyo

 

sifatida  sim  yoki  metall  kukunlari  ishlatiladi.  Plazma  hosil  qiluvchi 



gaz  sifatida  argon  (sim  suyultirib  purkalganda)  va  azot,  vodorod, 

geliydan  (kukun  purkalganda)  foydalaniladi.  Plazmali  metallashda  sim 

o’rniga  kukun  ishlatilganda  detal  sirti  tekis  qoplanadi.  Plazmali 

metallash  turli  shakldagi  va  turli  o’lchovdagi  (yupqa,  qalin,  kichik  va 

katta)  detallarni  ta’mirlashda  ularning  ko’pga  chidamliligini  oshirish, 

shuningdek  yuqori  haroratda  ishlaydigan  detallarni  olovga  bardoshli 

va  zanglashga  chidamli  qilish  uchun  qattiq  qotishmalarni  suyultirib 

qoplashda qo’llaniladi. 

Detallarni  metall  purkab  tiklash  texnologik  jarayoni  uchta 

asosiy  ishdan:  detal  sirtini  metall  purkab  qoplashga  tayyorlash; 

purkash, purkalgandan keyin detallarga ishlov berishdan iborat. Metall 

purkash  oldidan  detal  sirtiga  purkab  ishlov  beriladi,  shunda  detal  sirti 

gadir-budur  bo’lib,  qoplamaning  detalga  mustahkam  yopishishi 

ta’minlanadi. 

Plazma  yoyi  yordamida  metallash  (purkash)  usulini  amalga 

oshirish uchun quyidagi jihozdan foydalaniladi [6, 7].  

 



18 

 


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling