2.3. Plazma yoyi yordamida material qoplash usullarining tahlili.
Detallarni qayta tiklashda va yeyilishga mustahkamligini oshirishda plazma
yordamida qoplashning bir necha turi qo’llaniladi (rasm). Bunda chokbop
material turiga, uni payvandlash zonasiga uzatish usuliga, elektr tokini uzatish
sxemasiga qaraladi.
Qoplama materiallarni turiga va uzatishiga qarab plazma yoyi yordamida
qoplash ikkita usulga bo’linadi.
1.
Qoplama material sim yoki lenta ko’rinishida uzatish usuli;
2.
Qoplama material kukun holatida uzatish usuli.
Bu usullarning har birini elektrik sxemasi va qoplama materiallarning
chokka uzatishiga qarab o’ziga xos ko’rinishga ega bo’ladi.
Birinchi usulda qoplama material sifatida faqat sim yoki lenta bo’lishi
mumkin. Birinchi usul yoyning detalga bog’langan yoki bog’lanmagan holatiga
qarab ikkita turga bo’linadi, ya’ni, birinchisi tiklash jarayonida yoy detal bilan
bog’langan sim bilan qoplash turi.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |