Mashinasozlik
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
yuk avtomobillarining valsimon detallarini qayta tiklashda va yeyilishga chidamliligini oshirishda plazma yoyi yordamida payvandlash texnologiyasini takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Plazma purkash.
16 2.2. Plazma purkash.
Metall qoplama hosil qilishning bu usulida metallni detalning sirtiga purkash va yopishtirish uchun plazmali oqimning issiq va dinamik xossalaridan foydalaniladi. Purkaladigan ashyo
sifatida metall
kukuni ishlatiladi. Kukun me’yorlagichdan plazmotronning soplasiga vaqt birligida aniq miqdorda berib turiladi. Metall kukuni plazma oqimiga tushib, suyuqlashadi va oqimga qo’shilib, detal sirtiga yopishadi. Purkash quyidagi tartibda bajariladi: tok kuchi 350-400 A, kuchlanish 60- 70 V, plazma hosil qiluvchi gaz sarfi 30-35 l/min, kukun sarfi 5-8 kg/soat, detal sirtigacha bo’lgan oraliq 125-150 mm. Purkashning bu usuli eng istiqbolli hisoblanadi. Uning afzalliklari: jarayon yuqori unumli bo’ladi , qoplama detalning sirtiga juda mustahkam yopishadi (50 MPa gacha boradi), jarayonni boshqarish to’liq avtomatlashtiriladi, har qanday metall va qotishmalarni purkab qoplama hosil qilish mumkin. Detallarning metall purkab tiklash texnologik jarayoni uchta asosiy ishdan: detall sirtini metall purkab qoplashga tayyorlash, purkash, purkalgandan keyin detallarga ishlov berishdan iborat. Metall purkash oldidan detall sirtiga purkab ishlov beriladi, shunda detall sirti g’adir-budir bo’lib, qoplamaning detalga mustahkam yopishishi ta’minlanadi. Detallar sirtiga qoplama yotqizish qayta jihozlangan tokarlik stanoklarda yoki maxsus kameralarda bajariladi. Plazmali purkashning kamchiliklari. • qoplangan qatlamning qalinligi 0,3 mm dan oshmaydi; • plazma hosil qiluvchi va himoyalovchi gazlarning savfi ancha yuqori (40 l/min gacha); • qayta tiklanadigan detallarning turlari chegaralangan; • qoplanadigan materiallarning xossalarini qoplash jarayonida o’zgartirish imkoniyati yo’q.
17 Bu usulda hosil qilingan qoplamalar o’zininig tarkibi, tuzilishi, mexanik va boshqa xossalari jihatdan gaz alangali va elektryoyli metallashdagi qoplamalardan ustun turadi. Plazma ionlagan gazdan iborat bo’lib, uning tarkibida ko’p miqdorda zaryadlangan zarrachalar bo’ladi. Plazma gazni maxsus plazmotronning (gorelkaning) tor teshigida elektryoy razryadini o’tkazib hosil qilinadi, natijada ionlanish darajasi oshib, harorati 7000-20000°C li plazma oqimi paydo bo’ladi. Detallar sirtiga suyultirib yotqiziladigan boshlangich ashyo
sifatida sim yoki metall kukunlari ishlatiladi. Plazma hosil qiluvchi gaz sifatida argon (sim suyultirib purkalganda) va azot, vodorod, geliydan (kukun purkalganda) foydalaniladi. Plazmali metallashda sim o’rniga kukun ishlatilganda detal sirti tekis qoplanadi. Plazmali metallash turli shakldagi va turli o’lchovdagi (yupqa, qalin, kichik va katta) detallarni ta’mirlashda ularning ko’pga chidamliligini oshirish, shuningdek yuqori haroratda ishlaydigan detallarni olovga bardoshli va zanglashga chidamli qilish uchun qattiq qotishmalarni suyultirib qoplashda qo’llaniladi. Detallarni metall purkab tiklash texnologik jarayoni uchta asosiy ishdan: detal sirtini metall purkab qoplashga tayyorlash; purkash, purkalgandan keyin detallarga ishlov berishdan iborat. Metall purkash oldidan detal sirtiga purkab ishlov beriladi, shunda detal sirti gadir-budur bo’lib, qoplamaning detalga mustahkam yopishishi ta’minlanadi. Plazma yoyi yordamida metallash (purkash) usulini amalga oshirish uchun quyidagi jihozdan foydalaniladi [6, 7].
|
ma'muriyatiga murojaat qiling