Mashinasozlik


d) Iqtisodiy qism bo`yicha jadvallar


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/25
Sana09.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#264909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
yuk avtomobillarining valsimon detallarini qayta tiklashda va yeyilishga chidamliligini oshirishda plazma yoyi yordamida payvandlash texnologiyasini takomillashtirish

d) Iqtisodiy qism bo`yicha jadvallar: 

6-chizma.___________________________________________________ 

 

 

5. Diplom loyihasi qismlari bo`yicha maslahatchilar: 



 

№ 

Diplom loyihasining 

qismlari 

Boshla-

nish 

muddati 

Tugalla-

nish 

muddati 

Imzo 

Maslahat 

chining 

familiyasi 

Kirish 



11.01.2017 

31.01.2017 

 

Usmonov J 



Asosiyqismi 

01.02.2017 

28.02.2017 

 

Usmonov J



 

Konstruktiv 



(texnologik) qismi 

01.03.2017 

31.03.2017 

 

Usmonov J



 

Hayot 



faoliyati 

xavfsizligi qismi 

01.04.2017 

30.04.2017 

 

Raximov A



 

Iqtisodiy qismi 



01.05.2017 

20.05.2017 

 

Jo`raxonov M



 

Xulosa va takliflar 



22.05.2017 

01.06.2017 

 

Usmonov J



 

Foydalanilgan 



adabiyotlar ro`yhati 

01.06.2017 

03.05.2017 

 

Usmonov J



 

 

6. Topshhiriq berilgan sana:11.01.2017yil 

 

7. Tugallangan diplom loyihasini topshirish sanasi: 06.06.2017yil 

 

Diplom loyihasi rahbari:  



 

 

 

 

 

J.Usmonov

 

Topshiriq bajarish uchun qabul qilindi:    



 

 

J.Nuraliyev

 

Kafedra mudiri:   



 

 

 

 

 

 

N. Ikromov 

 

 






MUNDARIJA 

 

1.

    KIRISH 



2.



    ASOSIY QISM 

11 


2.1.  Adabiyotlar sharxi. 

11 


2.2.  Plazma purkash. 

16 


2.3.  Plazma yoyi yordamida material qoplash usullarining tahlili. 

20 


3.

    KONSTRUKTIV QISM 

23 


3.1. 

Plazma  yoyi  yordamida  kombinatsiyalashgan    qoplash  usulini 

amalga oshirish uchun kerakli jihoz va asbob uskunalar. 

23 


3.2.  Vallarni qayta tiklash uchun qoplama materiallarini asoslash. 

24 


3.3.  Qoplashning optimal rejimini belgilash. 

29 


3.4. 

Hozirda 


mavjud 

plazmatronlarning 

tahlili 

va 


yangi 

plazmatronning konstruktsiyasi. 

31 

4.

    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI 

35 


4.1. 

Mehnat  muhofazasi  bo`yicha  asosiy  qonunlar,standartlar  va 

me`уоriу hujjatlar. 

35 


4.2. 

Yeyilgan  detallarni  plazma  yoyi  yordamida  payvandlash  usulida 

qayta tiklash qurilmasida ishlash jarayonida xavfsizlik texnikasi. 

37 


5.

    IQTISODIY QISM 

40 


5.1. 

Plazma yoyi yordamida qoplash usuli bilan yeyilgan detallarni 

qayta tiklashning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari. 

40 


6.

    XULOSA VA TAKLIFLAR 

46 


7.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI 

47 


8.

    ILOVA 

49 


 

 

 




1. KIRISH 

 

Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar 



qo’yib,  tinch  –  osoyishta  hayot  kechirayotgan,  avvalambor  o’z  kuch  va 

imkoniyatlariga  tayanib,  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  qurish  yo’lida 

ulkan natijalarni  qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. 

Biz o’z taqdirimizni o’z qo’limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, 

shu  bilan  birga,  taraqqiy  topgan  davlatlar  tajribasini  hisobga  olgan  holda,  mana 

shunday  olijanob  intilishlar  bilan  yashayotganimiz,  xalqimiz  asrlar  davomida 

orziqib  kutgan  ozod,  erkin  va  farovon  hayotni  barpo  etayotganimiz,  bu  yo’lda 

erishayotgan  yutuqlarimizni  xalqaro  hamjamiyat  tan  olgani  –  bunday 

imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur 

anglaymiz. 

Ana  shu  haqiqatni  xalqimiz  har  tomonlama  to’g’ri  tushunib,  tanlagan 

taraqqiyot  yo’limizni  ongli  ravishda  qabul  qilgani  va  qo’llab  –  quvvatlayotgani 

oldimizga  qo’ygan  maqsadlarga  erishishning  asosiy  manbai  va  garovi  ekanini 

hayotning o’zi tasdiqlamoqda. 

Biz 

xalqimizning 



dunyoda 

hech 


kimdan 

kam 


bo’lmasligi, 

farzandlarimizning  bizdan  ko’ra  kuchli,  bilimli,  dono  va  albatta  baxtli  bo’lib 

yashashi  uchun  bor  kuch  va  imkoniyatlarimizni  safarbar  etayotgan  ekanmiz,  bu 

borada  ma’naviy  tarbiya  masalasi,  hech  shubhasiz,  beqiyos  ahamiyat  kasb  etadi. 

Agar  biz  bu  masalada  hushyorlik  va  sezgirligimizni,  qat’iyat  va  mas’uliyatimizni 

yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zi bo’larchilikka tashlab qo’yadigan 

bo’lsak,  muqaddas  qadriyatlarimizga  yo’g’rilgan  va  ulardan  oziqlangan 

ma’naviyatimizdan,  tarixiy  xotiramizdan  ayrilib,  oxir  –  oqibatda  o’zimiz  intilgan 

umumbashariy  taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin. O’z tarixini 

bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q. 

O’sib kelayotgan avlod bugungi ezgulik yo’lidagi bunyodkorlik ishlarining 

davomchisidir.  Milliy  ma’naviyatimiz  qirralarini  kelajak  avlodimiz  shuurida 

mukammal shakllantirish va yuksaltirish uchun barchamiz ma’sulmiz [1]. 



Mustaqillik  yillarida  mamlakatda  huquqiy  demokratik  davlat,  kuchli 

fuqorolik  jamiyati  qurishga,  erkin  bozor  munosabatlariga  va  xususiy  mulk 

ustuvorligiga  asoslangan  iqtisodiyotni  rivojlantirishga,  xalq  osoyishta  va  faravon 

hayot 

kechirishi 



uchun 

shart-sharoitlar 

yaratishga, 

xalqaro 


maydonda 

O’zbekistonning  munosib  o’rin  egallashiga  qaratilgan  kompleks  chora-tadbirlar 

amalga oshirildi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev    2017-yil    14-

yanvar  kuni  mamlakatimizni  2016-yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning 

yakunlari  va    2017-yilga  mo’ljallangan  iqtisodiy  dasturining  eng  muhim  ustuvor 

yo’nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Maxkamasining  kengaytirilgan  majlisida 

bosh  mavzu  “Tanqidiy  tahlil,  qat’iy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik-har  bir 

rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”ligini aytdi. 

Bugun  mamlakatimizning  barqaror  rivojlanish  yo’lida  izchil  ilgarilab 

borishini  tahlil  qilar  ekanmiz    o’tgan  yili  prinsipial  muhim  islohatlarni  amalga 

oshirish bo’yicha qat’iy qadamlar qo’yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. 

Bu  islohatlarning  asosiy  maqsadi-aholi  uchun  munosib  hayot  darajasi  va 

sifatini ta’minlashdir. 

Bosib o’tilgan yo’l va ortirilgan tajribani xolisono baholashdan, mustaqillik 

yillarida  erishilgan  yutuqlarni  tahlil  qilishdan  hamda  zamon  talablaridan  kelib 

chiqqan  holda  oldimizda  demokratik  islohatlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 

mamlakat  taraqqiyotini  rivojlantirishning  muhim  ustuvorliklarini  hamda  aniq 

marralarini belgilash vazifasi turadi. 

Mazkur  vazifani  amalga  oshirish  yo’lida  aholining  keng  qatlamlari, 

jamoatchilik  ishbilarmon  doiralar  vakillari,  davlat  organlarining    rahbarlari  va 

mutaxasislari  bilan  amaliy  suhbat  hamda  muxokamalar  olib  borishdi,  shuningdek 

amaldagi  qonun  xujjatlari,  milliy  va  xalqaro  tashkilotlarning  axborot-tahliliy 

materiallari,  ma’ruzalari,  tavsiyalari    va  sharhlar  o’rganildi,  rivojlangan  xorijiy 

mamlakatlar  tajribasi  tahlil  qilindi.  Ushbular  asos  qilinib  2017-yilning    7-fevral 

kuni  “O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoyevning  O’zbekiston 




Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 

farmoni qabul qilindi. 

Harakatlar 

strategiyasining 

maqsadi 


olib 

borilayotgan 

islohotlar 

samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal 

rivojlanishini  ta’minlash  uchun  shart-sharoitlar  yaratilishdan,  mamlakatni 

modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. 

Xususan,  mamlakatni  rivojlantirishning  quyidagi  5  ta  ustuvor  yo’nalishi 

belgilangandi: 

1.

  Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 



2.

  Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 

3.

  Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 



4.

  Ijtimoiy sohani rivojlantirish; 

5.

  Xavfsizlik millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur 



yo’nalgan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish [2]. 

Amalga oshirilayotgan islohotlar va  tadbirlarning  natijasida  mamlakatimiz 

jadal  rivojlanib  bormoqda.  Buni  respublikamiz  hayotida  ro`y  berayotgan  ijtimoiy 

va iqtisodiy, ma`naviy va ma`rifiy o`zgarishlarda ko`rish mumkin. 

Iqtisodiyotni  turg`un  rivojlanib  borishida  ishlab  chiqarishni  yangi  texnika 

va  texnologiyalar  bilan  jihozlanganligi  yetakchi  hisoblanadi.Shu  maqsadda 

respublikamizda  yangi  va  zamonaviy  mashina  va  mexanizmlar  ishlab  chiqarish 

tobora  keng  yo`lga  qo`yilmoqda.  Misol  tariqasida  avtomobilsozlikni  ko`rish 

mumkin [3]. 

Respublikamiz  xalq  xo’jaligi  va  aholisini  avtotransportga  bo’lgan  talabini 

qondirish  borasida  olib  borilayotgan  ulkan  ishlarga  qaramasdan  unga  bo’lgan 

ehtiyojni to’la qondirishning imkoni yo’q. Shu sababli ishlab chiqarilganiga 10-15 

yil  bo’lgan,  texnik-iqtisodiy  ko’rsatkichlari  pastlab  ketgan,  ma’naviy  eskirgan 

avtotransportlardan  hali  ham  foydalanib  kelinmoqda.  Bunday  mashinalarda  turli 

xil  nosozliklar  yangisiga  nisbatan  ancha  ko’p  sodir  bo’ladi.  Bu  esa  ularga  texnik 

xizmat  ko’rsatish  va  ta’mirlash  tizimini  yo’lga  qo’yish,  ularni  doimiy  ravishda 




takomillashtirib  borish,  tannarxini  kamaytirish  kabi  choralarni  ko’rib  borishni 

taqozo etadi [4].  

Bozor  iqtisodiyotining  bugungi  kundagi  rivojlanish  davrida  ishlab 

chiqarishda  foydalanilayotgan  mashina  va  mexanizmlarlarning  samaradorligini 

oshirishda  yeyilgan  detallarni  qayta  tiklash  muhim  o’rin  tutadi.  Xalq  xo’jaligi 

ishlab  chiqarishida  qatnashayotgan  mashina  va  mexanizmlarni  turi  va  sonining 

ko’payib  borishi  oqibatida  ularni  ta’mirlash,  ayniqsa  ehtiyot  qismlar  bilan 

ta’minlash  muammosi  shunchalik  ortib  boraveradi.  Mashinasozlikning  ko’pgina 

tarmoqlarida  mashina  ishlab  chiqarishga  ketadigan  umumiy  metall  miqdorining 

50% ga yaqini ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga sarflanadi. Ehtiyot qismlar ishlab 

chiqarish uchun mehnat sarfi ham shunga mos ravishda ancha yuqori bo’ladi.  

Ishqalanish sharoitida ishlovchi detallarning ko’plari ishchi yuzasining juda 

kichik  miqdordagi  yeyilishi  hisobiga  ishga  yaroqsiz  holga  keladi.  Ishga  yaroqsiz 

holga  kelgan  detallarning  yeyilish  miqdori  odatda  0,3  mm  dan,  detal  umumiy 

massasining  yo’qotilishi  esa  1%  dan  ortmaydi.  Bundan  tashqari,  detallarning 

hamma qismi yeyilmasdan, uning ko’p yuklanish qabul qilib eng noqulay sharoitda 

ishlovchi kichik bir qismigina yeyiladi holos. Shu sababli yeyilgan detallarni qayta 

tiklash yangisini tayyorlashga qaraganda ancha arzon bo’ladi [5]. 

Shunday  qilib,  ko’pgina  hollarda  yeyilgan  detallarni  qayta  tiklash 

maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Bunda  detal  tayyorlashda  unga  sarflangan  mehnat  va 

metall  zahirasidan  to’laroq  foydalanishga  erishiladi.  Shu  bilan  birga  detallarni 

qayta  tiklash  metall  olish  uchun  kerak  bo’ladigan  tabiiy  va  hom-ashyo  zahirasini 

tejashga yordam beradi. 

Yeyilgan detallarni qayta tiklashning yana bir afzalligi  bo’lib qayta tiklash 

vaqtida  ularning  yeyilishga  chidamliligini  oshirish  mumkinligi  hisoblanadi. 

Ma’lumki,  yeyilgan  detallarni  qayta  tiklash,  qoida  bo’yicha,  yeyilish  miqdorini 

qoplash  maqsadida  detal  yuzasiga  turli  qatlamni  qoplash  bilan  bog’liq.  Detal 

yuzasini  qatlam  bilan  qoplashda,  bu  ish  majburiy  bo’lganligi  uchun,  qatlam 

materiali  sifatida  qattiq  qotishma  va  shunga  o’xshash  yuqori  yeyilishga  chidamli 

xossalarga  ega  bo’lgan  kompozitsion  materiallardan  foydalanish  maqsadga 



muvofiq bo’ladi. Bunda material va mexanik ishlov berish tannarxi bir oz ortgani 

bilan,  u  bu  harajatni  detalning  ishlash  muddati  ortishi  hisobiga  bir  necha  barobar 

qoplaydi. 

Dunyoda yeyilgan detallarni qayta tiklashning 30 dan ortiq usullari mavjud. 

Yeyilgan  detallarni  qayta  tiklashda  u  yoki  bu  usulni  tanlashda  quyidagilar  asosiy 

mezon  bo’lib  hisoblanadi:  yeyilish  miqdori,  detalning  o’lchamlari,  qizish 

chegarasi,  yeyilgan  qismning  o’lchamlari,  shakli,  chidamlilikning  kerakli  ortish 

darajasi,  ishlash  sharoiti,  birikmaning  xususiyatlari,  korxonaning  texnik 

imkoniyatlari va boshqalar.  

Detallarni  tiklash  va  puxtalash  bo’yicha  shu  kungacha  juda  ko’plab  ishlar 

olib  borilgan  va  ancha  tajriba  to’plangan.  Tahlillar  shuni  ko’rsatadiki,  qishloq 

xo’jalik  texnikalarini  ta’mirlash  amaliyotida  hamda  mashinasozlikda  tez  yeyilish 

natijasida ishdan chiqayotgan mashina detallari asosan metallarni qoplash usullari 

yordamida  tiklanadi.  Ammo  bugungi  kunda  tiklashning  mavjud  usullari  qayta 

tiklangan  detallarni  yangisi  kabi  uzoq  muddat  ishlashini  ta’minlay  olmayapti.Shu 

sababli  detallarni  tiklashda  istiqbolli  usullarni  qo’llash  asosiy  maqsad  bo’lib 

kelmoqda. 

Qayta  tiklanayotgan  detallarning  turini  aniqlash,  ularni  yeyilishga 

chidamliligini, qayta tiklash jarayonida ish unumini oshirish dolzarb masalalardan 

biri hisoblanadi. 

Bu  yo’nalishda  yangi  zamonaviy  usullardan  biri  bo’lgan  detallarning 

yeyilgan yuzalariga, sim yoki kukunsimon kompozitsion materiallarni plazma yoyi 

yordamida  qoplash  usuli  ma’lum  o’rin  tutadi.  Bu  usul  yordamida  kerakli  fizik-

mexanik  xossalarga  ega  bo’lgan  qatlam  olish  mumkin  bo’lib,  u  ishqalanish 

sharoitida  ishlovchi  detallar  uchun  yeyilishga  chidamli  qatlam  olishni  ta’minlab, 

mashinalardan  foydalanish  samaradorligini  oshiradi.  Plazma  yoyi  yordamida 

qoplash texnologik jarayoni kamyob va qimmatbaho payvandlash materiallari talab 

etmaydi. Kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga oson moslashib, turli 

shakl  va  o’lchamdagi  detallarni  qayta  tiklash  va  yeyilishga  chidamliligini  

ta’minlaydi [6, 7]. 



10 

Plazma  qoplash  usullari  0,1÷10  mmgacha  qalinlikdagi  qoplam  olishda 

samarali hisoblanadi. Bunda olingan qatlam shunday materialdan iborat bo’ladiki, 

uning  strukturasi  va  yeyilishga  chidamliligi  qayta  tiklanayotgan  detal  xossalari 

bilan bir xil yoki bir necha baravar yuqori bo’ladi. 

Payvandlash  ashyolari  ichida  eng  samaralisi  kukunsimon  aralashma 

material bo’lib, uni detal yuzasiga qoplanganda, detalning fizik-mexanik xossalari, 

ya‘ni  yeyilishga  chidamliligi,  qattiqligi,  mustahkamligi,  korroziyabardoshligi  va 

boshqa xossalari ortadi. 

Yeyilgan  detallarni  qayta  tiklash  texnologiyasini  yaratish  va  ular  uchun 

kerakli  rejimlarni  belgilash  bilan  shug’ullanuvchi  mutaxassislar  yuqori  ishlatish 

xossalarini  ta’minlovchi  qatlamning  hosil  bo’lishi  va  uni  asosiy  detal  bilan 

mustahkam  birikishi  uchun  issiqlik  va  dinamik  jarayonlar,  fizik-kimyoviy 

hodisalarning tabiati va kinetikasi haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishlari kerak.           

Qayta  tiklangan  detallarning  asosiy  sifat  ko’rsatkichi,  ularning 

ta’mirlashdan keyingi ish resursini oshirishdir. Detallarning ta’mirlashdan keyingi 

fizik-mexanik xususiyatlari yangi detallarnikidan kam bo’lmasligi kerak [7, 8]. 

Ushbu  bitiruv  malakaviy  ishida  yeyilgan  detallarni  qayta  tiklash  uchun 

hozirda  adabiyotlarda  berilgan  ma’lumotlar  hamda  biz  tomondan  o’tkazilgan 

tajribalar  natijalari  bo’yicha  mavjud  simsimon,  kukunsimon  ashyolarining  tavsifi, 

taklif etilayotgan materiallarning optimal tarkiblari, ularni plazma yoyi yordamida 

qoplash turlari va jihozlari yoritilgan. 




Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling