Mashinasozlik


 Vallarni qayta tiklash uchun qoplama materiallarini asoslash


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/25
Sana09.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#264909
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
yuk avtomobillarining valsimon detallarini qayta tiklashda va yeyilishga chidamliligini oshirishda plazma yoyi yordamida payvandlash texnologiyasini takomillashtirish

3.2. Vallarni qayta tiklash uchun qoplama materiallarini asoslash. 

 

 Hozirda dvigatellarda qo’llaniladigan tirsakli vallar asosan po’lat-50G, 45, 

40  XM  lardan  va  juda  puxta  cho’yan  VCH50-1,5,  VCH  40-6 kabi  materiallardan 

tayyorlanadi.  Qayta  tiklash  jarayonida  turli  qattiq  qotishmalarning  kukunlaridan 

hamda legirlangan po’lat simlardan va lentalardan foydalanib kelinmoqda. 

 Dvigatellarning tirsakli vallari bo’yinlarini  plazma  yoyi  yordamida qayta 

tiklashda  charchashdagi  mustahkamligi  va  yeyilish    mustahkamligiga    asoslanib 

kukun va sim qoplama materiallarini tanladik. 




25 

Optimal  tarkibini  aniqlash  maqsadida  plazma  yoyi  yordamida  tirsakli 

vallarni  bo’yinlari    yuzalarini  tiklash  uchun  oldingi  va  biz  tomonidan  o’tkazilgan  

ilmiy  tadqiqot  ishlari  xulosalariga  asoslanib  quyidagi  markali  (Np-30XGSA,  Sv-

04X19N9,  Sv-08MX,  Sv-08GS)  qoplama  po’latlardan  tayyorlangan    simlardan 

hamda  bebaho  xossalari  va  xususiyatlariga  ega  bo’lgan  qattiq  qotishmali  temir 

asosida  (sormayt,  S-27,  FBX-6-2)  va  nikel  asosida  tayyorlangan  (PG-SR3,  PG-

SR4) kukunsimon materiallardan foydalandik.  

Detallarni  qayta  tiklashda  qattiq  qotishmali  materiallardan  foydalanish 

qattiqligi  abraziv  kvarts  danachalari  qattiqligidan  ortiq  bo’lgan  qoplam  olishni 

ta’minlab, detalning yeyilishga chidamliligini keskin orttirish imkonini beradi. 

Yeyilishga chidamlilikni oshirishning asosiy yo’llaridan biri, kompozitsion 

qoplam  tarkibidagi  qattiq  qotishma  donachalarining  miqdorini  va  uning  adgezion 

xossasini orttirishdir. Qoplam mustahkamligi bog’lovchi komponentlar xossalariga 

ham  bog’liq,  shuning  uchun  kompozitsion  materiallar  tayyorlashda  ko’pgina 

faktorlarni  hisobga  olish  kerak.  Masalan,  tarkibga  kiruvchi  materiallar  miqdori, 

kukun  va  uning  donalarini  o’lchami  va  tarkibi,  erish  temperaturasi,  mexanik 

xossalari va xokazo. 

Kukunsimon  materiallarni  qo’llash    ayniqsa,  qizdirib  tayyorlangan 

(shakllantirilgan)  qattiq  qotishmalardan  foydalanganda  qoplam  beradigan  yuza 

qattiqligini yeyilishga chidamliligini bir necha marta orttiradi. 

Kukunsimon materiallarning qisqacha tavsifnomasi 1-jadvalda keltirilgan. 




Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling