24
Avvalo volfram elektrodi 7, suv bilan sovitiladigan anod-soplosi 8, orasida
birlamchi (navbatchi) yoy hosil qilinadi. Uzatuvchi mexanizm 4 mundshuk 3
orqali qoplama sim 2 uzatiladi. Bir biri bilan navbatchi yoy to’qnashish natijasida
bog’langan yoy hosil bo’ladi. Ushbu yoylar tiklanadigan detalning yuzasi 1 ni va
qoplama materiallarni eritishni boshlaydi. Kukun materiali dozator 5 dan
xlorvinilli kukun uzatkich 6 orqali yo’naltiruvchi gaz yordamida payvandlash
yuzasiga yetkazib beradi.
Payvandlash tokini sim bilan detal orasida ballast reostatlar yordamida
taqsimlash mumkin. Payvandlash tokni taqsimlashdan maqsad eritilgan qoplama
material
bilan
tiklanadigan
detalning
eritilgan
yuzasidagi
qatlamni
chuqurlashishini oldini olish.
Plazma yoyi yordamida kombinatsiyalashgan qoplash usulida quyidagi
yutuqlarga erishish mumkin:
• ish unumdorligi faqat kukun yoki sim bilan qoplash usuliga nisbatan 30% gacha
tashqariga yoyning issiqligini yoyilib ketishi hisobiga va tiklanadigan detalning
yuzasini qizib ketishini kamaytirish hisobiga ortadi;
• himoyalovchi va plazma tashkil etuvchi gaz miqdorining sarfi 50% gacha
kamayadi;
• payvand chokidagi qoplama materialning tarkibini yuqoridagi usulni amalga
oshirish jaryonida keraklicha o’zgartirish mumkin [10].
Do'stlaringiz bilan baham: