Mashq ─ saqlagichlarni hisoblash, tanlash va elektr sxemalarda qo‘llash


Download 15.85 Kb.
bet1/6
Sana04.11.2023
Hajmi15.85 Kb.
#1746283
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliy mashg’ulot №3 Mashq ─ saqlagichlarni hisoblash, tanlash v-fayllar.org


Amaliy mashg’ulot №3 Mashq ─ saqlagichlarni hisoblash, tanlash va elektr sxemalarda qo‘llash mashg’ulot maqsadi

Amaliy mashg’ulot № 3


Mashq ─ 1. SAQLAGICHLARNI HISOBLASH, TANLASH VA ELEKTR SXEMALARDA QO‘LLASH
Mashg’ulot maqsadi: Eruvchan saqlagichlar bilan tanishish, ularni sinab ishlatib ko‘rish va elektr sxemalarida qo‘llanilishini o‘rganish.
Ishni tushuntirish: Eruvchan saqlagichlar texnik tizimlar elektr jihozlarini ortiqcha yuklanishdan va qisqa tutashuvchdan saqlash uchun qo‘llaniladigan sodda qurilmadir. Eruvchan saqlagichlarning uzuvchi elementi bo‘lib tok zanjiriga ulangan eruvchan quyma (misdan, ruxdan, qo‘rgoshindan tayyorlangan) xizmat qiladi. Saqlagichni himoya ta’siri shundaki, qisqa tutashuv yoki o‘ta yuklanish sodir bo‘lib, yuklama toki nominal miqdordan keskin ortib ketgan taqdirda eruvchan quyma kuyib shu tok zanjirini manbadan uzib qo‘yadi.
Tuzilishi bo‘yicha saqlagichlar rezbali va trubkali bo‘ladi. PRS rusumli rezbali saqlagichlar. 6 A (quyma 1, 2, 4, 6 A); 20 A (quyma 10, 16, 20 A); 63 A (quyma 25, 40, 63 A); 100 A (quyma 80, 100 A) nominal toklarga ishlab chiqariladi. N rusumli rezbali saqlagichlar yopiq, to‘ldirgichsiz bo‘ladi: Ular yoritish tarmoqlarini hamda kuchlanishi 380 V bo‘lgan kam quvvatli elektrodvigatellarni himoya qilish uchun qo‘llaniladi. Eruvchan quymasining nominal toki 2,5…60 A. PR-2, PN-2 (yigma) va NPN (bir butun) rusumli saqlagichlar 380 va 500 V li tarmoqlarda qo‘llaniladi. PR-2 saqlagichlarda patron 1 trubka ko‘rinishida fibradan tayyorlanib, uning ichiga 6…600 A ga mo‘ljallangan qo‘rgoshinli listdan tayyorlangan eruvchan quyma joylashtirilgan. Eruvchan quyma kuyganda u o‘zining standartlisiga almashtiriladi. PN-2 saqlagichlarda patroni farfordan

11-rasm. Saqlagich turlari.
tayyorlanib kvarts qumi bilan to‘lgaziladi. 30…600 A ga mo‘ljallangan kuygan eruvchan quymalarni ko‘p marotaba almashtirish ko‘zda tutilgan. Eruvchan quyma toki elektrodvigatellarni himoya qilish uchun quyidagi formuladan hisoblanadi ; bunda Iyurg-elektrodvigatelning yurgizish toki, α-elektrodvigatelning ish sharoitiga bog’liq koeffitsient, Ier.k-bo‘yicha saqlagich rusumi va nominal toki tanlanadi. Ammo yarim o‘tkazgichli asboblar asosida yig’ilgan UVTZ-1 va UVTZ-4B qurilmalari elektrodvi-gatellarni ortiqcha qizib ketishdan saqlashda o‘ta takomillashgan himoya vositalari hisoblanadi. Shuning uchun hozirda ko’pgina himoya vositalari yarim o‘tkazgichli asboblar asosida yig’ilgan himoya vositalariga almashtirib ishlatilayapti.

Download 15.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling