Mashqlar klassiflkatsiyasi Badiiy gimnastikaga xos mashqlar texnikasi


Badiiy gimnastikaga xos mashqlar texnikasi


Download 265 Kb.
bet2/7
Sana21.06.2023
Hajmi265 Kb.
#1641970
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TIRMASHIB SHIQISH MUVOZANAT SAQLASH ULOQTIRISH ODDIY SAKRASH ERKIN MASHQLAR AKROBATIK MASHQLARNI O`RGATISH

Badiiy gimnastikaga xos mashqlar texnikasi

Dumalashlar va o'mbaloq oshishlar. Badiiy gimnastikada foydalaniladigan dumalash, o'mbaloq oshishlarning hos uslublari sport gimnastikasi va akrobatikadagi mos harakatlardan farq qilmaydi.


Bunday harakatlar ijrosiga qo'yiladigan umumiy talablar - bu ohistalik va o'tishlarning asta-sekinligi, ya'ni tananing turli bo'g'inlarida asta-sekin tayanish bilan dumalash.
39-rasmda shu sport turiga xos yelka orqali o'mbaloq oshish ko'rsatilgan. Gimnastikachi qiz uni son va ko'krak orqali, qo'llarga tayanmay ohista qo'yib, dumalash bilan boshlaydi (1-4 kadr).
Bu harakat dumalash jarayonida yuqoriga jadal ko'tariluvchi boldir va sonlarning siltanishi bilan qisman faollashadi. Gimnas­tikachi qiz ko'krakda tik turish holatiga o'tish chog'ida yuqoriga itarilgandek bo'lib, bu bilan tanani bo'shatib, yelka bilan polga tayanishni yengillashtiradi. Yelka orqali dumalash chog'ida qiz qo'llari asimmetrik holda ishlaydi. O'ng yelka orqali dumala-yotganda (4-5 kadr) o'ng qo'lini yig'ib, chap qo'li bilan polga tayanishni davom ettiradi va dumalashning shu qismini bajarishga yordam beradi. Harakatning 2- qismi yelka orqali oldinga o'mbaloq oshish orqali o'tirish holatiga o'tish kabi kechadi.
Xuddi shu tarzda orqaga o'mbaloq oshish ham bajariladi. Bu to'g'risida 39-rasmdagi kinogrammani teskari yo'nalishda ko'nb tasavvur hosil qilish mumkin.
Keltirilgan muhokamadan ko'rinadiki, dumalashlar o'mbaloq oshishning tashkiliy qismi hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan duma-lashni bajarish texnikasi o'mbaloq oshish harakatlari texmkasiga juda mutanosib.

39-rasm
G'ujanak bo'lib o'mbaloq oshishni bajarish an'anaviyroqdir. Oldinga g'ujanak bo'lib o'mbaloq oshish bunday harakatga misol
bo'ladi.
Bulardan tashqari o'mbaloq oshish va dumalashning akrobatik va yarim akrobatik harakat guruhlari elementlarini o'zida aks ettiruvchi turlari keng qo'llaniladi. 40-rasmda oyoqlar bilan siltanish harakatlarini o'z ichiga oluvchi burilish bilan bajariluvchi orqaga bukilib o'mbaloq oshishning murakkab-lashgan varianti tasvirlangan. To'ntarilishlar. Badiiy gimnastikada'qo'llaniladigan akro-batik mashqlarning buturi akrobatika va sport gimnastikasida qo'llaniladigan tegishli to'ntarilishBu nuqtai nazardan badiiy gimnastikadagito'ntarilishlar oldin-ga, orqaga va yonga to'ntarilishga o'xshashdir Biroq, badiiy gimnastika musobaqalari qoidalarida tananing vertikal holatida to'ntarilishni bajarish ta'qiqlangan. Bu bilan ushbu elementlarning texnik hususiyatlari tushuntiriladi.



Oldinga va orqaga to'ntarilishni qisqacha ko'rib chiqamiz. 41-rasmda o'tirgan holatdan orqaga ag'darilish ko'rsatilgan. Gim­nastikachi qizga to'ntarilishni bajarishga imkon beruvchi asosiy harakatlar o'ng oyoqni siltab, chapi bilan itarilishda ta'minlanadi.
Keyinchalik harakat mashqning navbatdagi bosqiclilarida amalga oshadi Siltanuvchi oyoq harakatining ilgarilanishi vaqtida itaruvchi oyoq harakatining kechikishiga e'tibor beriladi (4-5 kadr). Keyin gimnastikachi qiz xuddi shunday ilgari-lovchi harakat bilan siltangan oyoqni polga qo'yib, mashqning keyingi bosqichlariga o'tadi. Oldinga ag'darilishni kinogrammani teskari yo'nalishda kuzatib tasawur qilish mumkin.
Ilgarilanma harakat va mushak apparatining yuqori tonusi gimnastikachi qizga o'tirish holatiga ohista o'tish imkonini beradi.
Badiiy gimnastikada to'ntarilishlarning boshqa qardosh sport turlarida kam uchraydigan antiqa turlari keng tarqalgan.
42-rasmda bir qo'l orqali bajariladigan «uchib o'tish» tasvir-langan.
Bu to'ntarilishning ichki jihati - gimnastikachi qiz tanasining aylanishi. U polga parallel joylashgan tananing bo'ylama o'qiga nisbatan bajariladi. Aylanish chap oyoqda siltanish va o'ngida itarilish hisobiga yuz beradi.
Bunday ag'darilishni boshqa tomonga bajarishda (kinogram­mani teskari yo'nalishda ko'ring) gimnastikachi qiz shu tarzda bir oyoqda siltash, ikkinchisidan itarilishni qo'llaydi (8-6 kadr).
Bunda imnastikachi qiz siltagan oyog'iga mos (o'ng) qo'liga tayanadi (1-
43-rasmda (a,b) o'tirgan holatidan o'tirishga 360° li burilish bilan ag'darilish ko'rsatilgan.
Texnik nuqtai nazardan bu harakat qo'llarda tiklanishga yaqin, lekin unga yetishmagan holatga chiqishni ifoda etadi. U qo'ldan qo'lga o'tish hisobiga burilish bilan bajariladi.
Kinogrammalarni solishtirib {42-43 rasmlar) murakkab to'nta-rilishning boshlang'ich fazalari (43-rasm) uchib o'tishning boshlan-g'ich fazalariga (42- rastri) mosligini ko'rish mumkin.
Akrobatik burilishlar. Bu turdagi harakatlar o'ziga xosdir. Ushbu, yelkada, ko'krakda, kuraklarda va h.k. holatlarda bajarila­digan burilishlarning ustuvor shartlari hususiyatiga qaramay, ularni bajarishning umumiy prinsipi har qanday siltanishli burilishlarni bajarish kabidir.Xususan, bu yerda shuningdek siltanishli bo'g'inning tezlangan harakatini, butun tananing sekinlashuv va ozmi-ko'pmi ifodalangan inertsion harakatini ajratish mumkin.
Bularning hisobiga burilishning asosiy qismi amalga oshadi. Bunga yelkada bajariladigan 720° ga burilish misol bo'la oladi (44- rasm). (
Burilishni ta'minlovchi boshlang'ich faol harakatlar о ng oyoq bilan intensiv siltanish hisobiga bajariladi (1-2 kadr) 42-rasm

oyoqga qaralsin). Keyingi burilishda oyoqlarning nisbatan holati o'zgar-maydi. Burilishning asosiy qismi sof inertsiya harakteriga ega (4-7 kadr).
Gimnastikachi qiz uni yelka (orqasi)da sirg'anish hisobiga bajaradi. Agar orqa yumaloqlansa va qo'llar polga tegmasa burilish tezligi ortadi. Bu polga tegish yuzasini va shunga muvofiq ishqalanish kuchini ham kamaytiradi.
Gimnastikachi qiz uni yelka (orqasi)da sirg'anish hisobiga bajaradi. Agar orqa yumaloqlansa va qo'llar polga tegmasa burilish tezligi ortadi. Bu polga tegish yuzasini va shunga muvofiq ishqalanish kuchini ham kamaytiradi.
Bunday turdagi burilishlar ko'pincha boshqa yarim akrobatik harakatlar bilan to'ldiriladi (almashiniladi). 40-rasmda yuqorida ko'rsatilgan burilishdan boshlanadigan, lekin keyinchalik yelka orqali bukilib 270° ga buriladigan orqaga o'mbaloq oshish shaklida bajariladigan harakat ko'rsatilgan. Muvozanat - bu asosan rivojlangan turg'unlikni saqlash malakasini talabqiladigan sharoitlarda bajariladigan oyoqda tik turish turidir.
Bunga asosan bir oyoqda tik turish kiradi, chunki ikki oyoqda muvozanat saqlash sharoiti tabiiyga yaqin va ma'lum qiyinchiliklar tug'dirmaydi (quyida ko'rishfngiz mumkin).
Badiiy gimnastikada foydalaniladigan muvozanatning murak-kabligi va qiyinligi turlichadir, chunki mazkur mashqlar qatoriga oddiy (masalan, bir oyoqda turib ikkinchisi oldida) hamda ancha murakkab, u bilan yonma-yon malaka va sifatlarni egallashni talab qiluvchi holatlarni kiritish mumkin.
Jumladan, haddan ziyod rivojlangan faol egiluvchanlik, maxsus kuch, fazo-joydagi o'zgaruvchan mo'ljal olish sha-roitidagi balansni his qilish. Bunday misollarga turli vertikal muvozanatlar kiradi. Shu sababdan, muvozanat holatlarini egallash badiiy gimnastikada universal rol o'ynaydi: u statika va dinamikadagi murakkab muvozanatni egallash uchun baza sifatida zarurdir.



Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling