Mashqlarni tashkil etish


Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities


Download 214.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana21.10.2023
Hajmi214.94 Kb.
#1714552
1   2   3   4   5   6   7
Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities 
Hosted New York, USA 
httpseconferencezone.org 
 
April 28
th
 2022 
103 
mustaqil fikrlash imkoniyatini, so‘zlardan to‘g‘ri foydalanib, adabiytil normalariga amal qilgan holda gap 
tuzish malakalarini shakllantirishga mo‘ljallangan mashqlar ham o‘tkaziladi. Masalan, «E» harfi 
o‘rganilganda, ertak matni shunday boshlanadi: 
«Karim ertak aytdi: 
— Bir tulki bor ekan. Тulki bir kuni...» 
Uzilgan matn ostiga ertakning davomini aks ettiruvchi ikki bo‘lak rangli rasm chizilgan bo‘lib, o‘quvchilar
shu rasmlarga qarab, ertak davomini o‘z fantaziyalari asosida yaratadilar.
Alifbe davrining 1-bosqichida yana quyidagilarga e’tibor berish muhim: 
— o‘qish paytida qatordan adashmaslik, so‘z tartibini yo‘qotmaslik; 
— o‘qishda yo‘l qo‘yilgan xatoni o‘rtoqlarcha to‘g‘rilashni talab etish; 
— ongli o‘qishni aniqlash uchun savol-javob o‘tkazish; 
— kerakli o‘rinda muammoli vaziyat yaratish (so‘roq asosida); 
— orfoepik o‘qish malakasini hosil qilish.Alifbe davrining 2-bosqichida yuqorida qayd etilgan vazifalar o‘z 
o‘rnida qolsa-da, ish sifati o‘zgaradi. Тovush va harflarning analiz va sintezida avvalgi bosqichdagiga nisbatan 
artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan (q, x, h) tovushlar hamda ng, sh, ch kabi harf birikmalari o‘rganiladi. 
Shuning uchun tovushlarning nutq organlari yordamida hosil bo‘lish o‘rnini aniqlash ishlari biroz
qiyinlashadi. Xususan, «ng» tovushi o‘zbek tilida so‘z boshida kelmasligi, so‘z o‘zagi va qo‘shimcha 
tarkibida kelganda ajratib bo‘g‘inlash mumkin emasligi aytiladi. Masalan, ko‘ngil emas ko‘-ngil, o‘zin-giz 
emas o‘zi-ngiz, sin-gil emas si-ngil kabi. 
Bu bosqichda bog‘lab o‘qish vazifasi murakkablashadi, ketma-ket kelgan undoshli so‘zlar hamda ko‘p 
bo‘g‘inli so‘zlarga duch kelinadi: to‘-kin-lik, meh-ri-bon, bod-ring, yo‘l-bars, stol kabi. 
«Sh» harf birikmasi o‘rganilganda, «Alifbe» darsligida berilmagan bo‘lsa ham shu tovush tarkibidagi
«s» va «h» harflari «Is’hoq», «as’hob» kabi arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda ajratilishi va yozuvda harflar 
o‘rtasiga tutuq belgisi qo‘yilishi aytilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Alifbe davrining 3-bosqichida avvalgi bosqichdagi amallar rivojlantiriladi, shu bilan birga, bir harf bilan 
ifodalanadigan jaj-ji, jay-ra, ja-so-rat kabi so‘zlardagi portlovchi «j» tovushi, aj-dar, jur-nal, Pa-rij, ji-ra-fa 
kabi so‘zlardagi sirg‘aluvchi «j» tovushi hamda tutuq belgisi (’) o‘rgatiladi. Bundan tashqari, tez aytishlar va 
«Bulbul chamanni sevar, odam — Vatanni», «Sog‘ tanda sog‘lom aql», «Do‘stsiz boshim — tuzsiz oshim» 
kabi xalq maqollari yodlatiladi. 
3-bosqich oxirida o‘quvchilar quyidagi muhim ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur: 
1. Alfavitdagi barcha tovushlarni yakka holatda ham, so‘z ichida ham aniq talaffuz qilish. 
2. So‘z va bo‘g‘indagi tovushlar tartibini o‘z o‘rnida ishlatish, urg‘uli bo‘g‘inni ko‘rsata olish, so‘zni 
bo‘g‘inlarga bo‘lish. 
3. Jarangli va jarangsiz undoshlarni farqlash hamda kesma harflardan so‘z yasash. 
4. Bo‘g‘inlab o‘qishdan sidirg‘a o‘qish ko‘nikmasiga erishish. 
5. O‘qiganda to‘g‘ri talaffuz qoidasiga amal qilish. 
6. Matnni o‘qiganda ohangga e’tibor berish va mantiqiy urg‘uni o‘z o‘rniga qo‘yishga erishish. 
7. Matn mazmunini qayta hikoya qilish, erkin fikrlash hamda uni gap bilan ifoda eta olish. Savod o‘rgatish 
davridagi bu bosqichlar o‘quvchilarning bilim olish uchun intilishidagi asosiy omil hisoblanadi.
Тilshunoslikdan ma’lumki, nutq tovushlari til (leksika) uchun moddiy ashyo sanaladi. Inson tovushlar 
kompleksidan so‘z hosil qiladi. Тildagi iboralar, gaplar, tasviriy ifodalar, umuman, nutq ana shu tovushlar 
vositasida shakllanadi. Demak, o‘zbek tili tovush tilidir. Тovush nima? Akustik (aytilish) jihatdan biror 
jismning boshqabir jism ta’sirida tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishi tovush deyiladi. Jismdagi
tebranish havoni to‘lqinlantirganda tovush yuzaga keladi. Nutq tovushlari esa tovush paychalarining 
tebranishidan hosil bo‘luvchi ovozdan va nutq organlarida paydo bo‘ladigan shovqindan iboratdir. Bu jarayon 
murakkab bo‘lganligi uchun boshlang‘ich ta’limda tovushga ta’rif berilmaydi. Lekin o‘quvchi tovush 
haqida to‘g‘ri ilmiy tasavvur hosil qilishi uchun amaliy mashqlar o‘tkaziladi. Savod o‘rgatish davridayoq 
so‘zning tovush tarkibi ustida ishlanadi. O‘quvchilar ketma-ket o‘tkaziladigan mashg‘ulotlardan keyin 
aytilgan yoki eshitilgan so‘z tovushlardan tuzilganligini anglay boshlaydilar, lekin yetti yoshli bola uchun 
tovush nimaligini aniq-tiniq tushunish so‘z va bo‘g‘inni tushunishga nisbatan qiyinroq kechadi. 



Download 214.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling