Mashqlarni tashkil etish
Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities
Download 214.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities
Hosted New York, USA https: econferencezone.org April 28 th 2022 101 texnologiyalar» kitobi muallifi Nurali Saidahmedov bilan uning ustozi akademik V.P. Bespalko o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bir munozara matniga murojaat qilsak: «N.S.: — Vladimir Pavlovich, siz nima uchun o‘qitish jarayonini didaktik jarayon deb uqtirasiz, ular o‘rtasidagi farq nimadan iborat? V. P. : — O‘qitish jarayoni «klassik qoida»ga bo‘ysunadi. Ya’ni o‘qituvchi sinf (auditoriya)ga kirib, dars mavzusini e’lon qiladi-yu, darhol uning mazmunini bayon qilishga kirishib ketadi. Didaktik jarayon esa har bir darsni boshlashdan oldin o‘quvchilar diqqatini jalb qila oladigan faoliyat bosqichi — motivatsiyani vujudga keltirishdan boshlanadi. Ana shu motivatsiya bosqichi o‘qish-bilish faoliyatining kaliti hisoblanadi». Ushbu ta’rifdan keyin olim yana qo‘shib qo‘yadi: «Afsuski, bu kalitdan hanuzgacha o‘qituvchilar ta’limning sehrli sandig‘ini ochish uchun foydalanishmaydi». Тadqiqodchi yuqoridagi fikrlarni ixchamlashtirib, o‘qitish jarayoni tuzilmasini ramziy tarzda quyidagi shartli formula bilan ifodalaydi: O‘J = O‘F + O‘qF, bu yerda, O‘J — o‘quv jarayoni; O‘F — o‘quvchining o‘quv faoliyati; O‘qF — o‘qituvchining o‘rgatuvchilik faoliyatini bildiradi. O‘qituvchi har bir dars yoki mashg‘ulot maqsadi va mazmuniga mos keladigan motivatsiya me’yorini aniqlashi lozim. Savod o‘rgatishning alifbegacha bo‘lgan davrida maktabga endi qadam qo‘yayotgan bolaning hafsalasini so‘ndirmaslik uchun o‘qituvchi faoliyatida didaktik jarayonning nechog‘liq muhimligini tushunish izoh talab qilmas haqiqatdir. Maktab o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’naviyat maskani bo‘lib, bolaning ichki dunyosini nurlantirmog‘i, axloqiy barkamolligini shakllantirmog‘i shartdir. Тa’lim islohoti «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturini e’lon qilarkan, maktabga tayyorlov davri (6 yoshdan 7 yoshgacha)da bolalarni ma’nan rivojlantirishning quyidagi ta’lim yo‘nalishiga e’tiborni qaratdi: — bolalarda nafosat va orastalikni tarbiyalash; — milliy odob-axloq me’yorlarini singdirish; — jamoat joylarida, uyda tartib va ozodalikni saqlash; — o‘zini kamtarona tutish; — bolalarni «Keling, marhamat!», «Mumkinmi?», «Kechirasiz», «Oq yo‘l», «Osh bo‘lsin», «Labbay», «Xo‘p bo‘ladi», «Xush kelibsiz», «Rahmat», «Marhamat», «Xayrli tun» kabi so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llashga o‘rgatish; — bolalarni go‘zallikni farqlashga, orasta va chiroyli kiyinishga odatlantirish; — bolalarning badiiy didini o‘stirish; — bolalarni o‘zi bilgan hikoya, ertak, voqea-hodisalarni so‘zlab berishga, mustaqil ravishda hikoya tuzishga o‘rgatish; — bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarini, mumtoz adabiyot vakillari va hozirgi zamon ijodkorlari haqida dastlabki tushunchalarni uyg‘otib, obrazli ifodani his etishga odatlantirish; — bolalarning adabiy nutqini o‘stirish.Biz alifbegacha bo‘lgan davrni bog‘cha, oila va maktab mushtarakligi asosida tahlil etishni nazarda tutdik. Bundan tashqari, alifbegacha bo‘lgan davrning tashkiliy-tarbiyaviy vazifalari ham mavjud. Bular: 1.O‘qituvchining bola xarakterini o‘rganishi. 2.Bolalarni maktab va uning ichki intizomi bilan tanishtirish. 3.O‘quv predmeti va o‘quv qurollaridan foydalanish tartibini tushuntirish. 4.Qo‘lni yozuvga tayyorlovchi mashqlar o‘tkazish. 5.Nutq o‘stirish — so‘z talaffuzi, gap tuzish va hikoya qilishni kuzatish. 6.Sodda matnlarni analiz va sintez qilish. 7.Bolalarning fonetik hushyorligini sinash (suhbat asosida). Alifbegacha bo‘lgan tayyorlov davrida bolalar o‘quv ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladigan yangi faoliyat turiga o‘tishadi. Barqaror diqqat, kuchli iroda talab qilinadigan bu aqliy mehnat bolalarning yangi sharoitga ko‘nikishida ancha qiyinchilik tug‘diradi. Uni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling