Mashqlarni tashkil etish


Download 214.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana21.10.2023
Hajmi214.94 Kb.
#1714552
  1   2   3   4   5   6   7


Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities 
Hosted New York, USA 
httpseconferencezone.org 
 
April 28
th
 2022 
99 
MAVZU: SAVOD O’RGATISH DAVRIDA MANTIQIY 
MASHQLARNI TASHKIL ETISH 
 
S. B. Rajabova
N. S. Barotova 
Mualliflar:Buxoro viloyati Buxoro shahar 32-umumiy o’rta ta’lim 
maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchilari 
ANNOTATSIYA 
Savod o’rgatish jarayoni juda nozik faoliyat bo’lib, u o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab qiladi. 
Maqolada boshlang’ich sinflarda savod o’rgatishning sodda metodik usullari keltirilgan. Undan, boshlang’ich 
ta’lim yo’nalishida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilar foydalanishlari mumkin.
KALIT SO`ZLAR:
Boshlamg`ich ta`lim,savod o`rgatish,savod chiqarish,o`quv jarayoni, alifbe davri, nutq o’stirish, harf, kesma 
alifbo, yozuv, tovush, o’qish. 
«Faylasuflar insonni mikrokosm (kichik olam) deyishadi... 
Hamma narsani bilish inson tabiatiga juda xosdir.
Agar yetti yoshli boladan falsafaga oid hamma narsalar oqilona so‘ralsa,
bola hamma savollarga javob berishi mumkin, chunki aql-idrok 
barcha narsani qamrab olishga qodir». 
Y. A. Komenskiy 
Endigina maktabga qadam qo‘ygan bolaga savod o‘rgatish juda nozik ish bo‘lib, uning qulay usullarini
topishga intilish ta’lim jarayonida uzoq tarixga borib taqaladi. Bu haqda Sharq qo‘lyozmalari, jumladan,
«Donishnoma», «Qobusnoma» kabi nodir kitoblarda qimmatli fikrlar bitilgan. So‘nggi paytlarda pedagogik 
tajriba yangi metodlarni maktablarga olib kirmoqda. Aslida, pedagogik tadqiqotlar ijodkori K. D. Ushinskiy 
savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodini kashf etib, «Osonroq narsalarni o‘rganishdan qiyinroq
narsalarni o‘rganishga qarab borish» (Y.A. Komenskiy) tizimiga 
yo‘l ochdi. Mazkur usul hozirgi davrgacha ancha takomillashib, o‘zining an’anaviy tamoyilini yaratdi. Bu 
metodning afzallik jihatishundaki, unga savod o‘rgatish jarayonida so‘zning eng kichik bo‘lagi, ya’ni nutq 
tovushlari asos qilib olinadi. So‘zda ma’no o‘zgartiruvchi tovushlarning harfiy ifodasi ishlanib, o‘qish va 
yozish parallel tarzda o‘rgatib boriladi. Keyinroq atoqli metodist S. R. Redazubov va A.I. Voskresenskayalar 
tovush metodida xat-savod chiqarishni takomillashtirib, uni analitik-sintetik tovush metodi deb atadilar. 
O‘tgan asrning boshlarida tashkil etilgan, rus-tuzem maktablarining o‘zbekcha sinflarida tovush metodidan 
foydalanish boshlanib, tatarcha alifbe o‘rgatildi, biroq kitobning tili va mazmuni sinfga mos kelmas edi. 1902-
yilda peshqadam pedagoglardan Saidrasul Saidazizov analitik-sintetik tovush metodi talablariga muvofiq 
keladigan alifbeni tuzdi va «Ustodi avval» nomi bilan nashr ettirdi. 
Bu qo‘llanma, asosan, uch qismdan iborat edi: 
1. Alifbe davri. Bunda arab harflarining so‘z tarkibida ikki xildan to‘rt xilgacha bo‘lgan ko‘rinishlari 
o‘quvchilarga tanishtirilib, «Qor», «Uyqu», «G‘or», «Тog‘» kabi o‘zbekcha so‘zlar misol tariqasida 
keltirildi. 
2. Alifbedan keying davr. Bunda bilim olish xususiyatiga va tarbiyaviy mazmunga ega bo‘lgan 50 ta maqola 
hamda hikoya berildi. 
3. Alifboyi Qur’oniy. Bu qismda muallif bolalarni «Qur’oni karim»ni qiroat bilan o‘qishga o‘rgatishni o‘z 
oldiga maqsad qilib qo‘ydi. «Ustodi avval» O‘rta Osiyo hududida hijo metodining o‘rniga tovush metodi 
tarqalishidagi dastlabki qo‘llanma bo‘lib qoldi. Bugungi kunda ham yozuvimizning to‘rt marta 
o‘zgartirilganiga qaramay (arab, lotin, kirill, lotin), analitik-sintetik tovush metodi savod o‘rgatishda 
takomillashgan usulga aylanib qoldi. Endilikda analiz va sintez (yoyish va yig‘ish) savod o‘rgatishning 



Download 214.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling