Masofaviy ta’lim asosidagi o‘qitishning afzallik va kamchiliklari reja


Download 106 Kb.
bet3/7
Sana11.05.2023
Hajmi106 Kb.
#1454622
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MASOFAVIY TA

Uzoqlashgan auditoriyalar. Ushbu modelda informatsion va kommunikatsion imkoniyatlar keng foydalaniladi. Bitta oʻquv muassasada boʻlib o’tgan oʻquv kurslar videokonferentsiyalar, radiotranslyatsiyalar va telekomunakatsion kanallar orqali sinxron telekoʻrsatuvlar ko’rinishida boshqa auditoriyalarga uzatiladi. Aralashgan model bilan farqi shundaki, bu modelda oʻquvchilar kunduzgi ta'limda qatnashmaydi. Bu modelga misol qilib AQSHning Viskonsing Universitetidagi va Xitoyning markaziy radio va televidenie Universitetidagi ta'limni olish mumkin.
Proektlar. Ushbu model davlat yoki ilmiy izlanish maqsadidagi dasturlarni bajarish uchun yaratiladi. Asosiy ish masofaviy ta'lim mutaxassislari va pedagoglar to’plangan ilmiy-metodik markazga tushadi. Ushbu modelda yaratilgan kurslar aholining katta qismiga namoyish qilinib uz vazifasini bajargandan keyin to’xtatiladi.
Bu modelga misol qilib Afrika, Osiyo va Lotin Amerikadagi rivojlanmagan mamlakatlarida oʻtkazilgan qishloq xujaligi, soliqlar va ekologiya haqidagi oʻtkazilgan har xil kurslar boʻlishi mumkin.
Masofaviy ta'limning yutuqlari va kamchiliklari.
Masofaviy ta'limning metodik, iqtisodiy, sotsial yutuqlar va afzalliklari, hamda kamchilik va salbiy tomonlari mavjud.
Metodik yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Dars jadvalni qulayligi. Oʻquvchi oʻziga ma'qul boʻlgan vaqtda oʻquv jarayoniga qatnashishi mumkin.

  • Qulay foydalanish manzillari. Oʻquvchi internet kafe, uy, mexmonxona, ish joyida va boshqa joylardan oʻquv jarayoniga qatnashishi mumkin.

  • Qulay oʻqish tempi. Ta'lim, oʻquvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida oʻtkaziladi.

  • Qulay oʻquv reja. Oʻquv rejani talabalarga individual va davlat ta'lim talablariga mos holatda tashkil qilish mumkin.

  • Ma'lumotlar bazasini toʻplanishi. Oldingi oʻqigan talabalar bilimlarini toʻplash va undan foydalanish imkoniyati.

  • Kurgazmali qulayliklari. Multimediya imkoniyatlaridan toʻlik foydalanish imkoniyati.

  • Malakali oʻqituvchilarni tanlab ta'lim jarayoniga jalb qilish.


Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling