Mass-spektrometrik analiz usullari
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu MASS-SPEKTROMETRIK ANALIZ USULLARI
MASS-SPEKTROMETRIK ANALIZ USULLARI Mass-spektrometrik analiz usullari o’rganilayotgan modda molekula va atomlarini ionlashtirish va hosil bo’lgan ionlarni fazo yoki vaqt bo’yicha ajratishga asoslangan. Birinchi mass-spektrlar Angliyada J.J.Tomson (1910 yil) va F.U.Aston (1919 yil) tomonidan olingan. Bu o’lchashlar natijasida turg’un izotoplar ochildi va shuning uchun, boshda mass-spektrometriya elementlarning izotop tarkibini va ularning atom massalarini o’lchashga tatbiq qilindi. Mass-spektrometriya to hozirgi vaqtgacha atom va yadrolarning massalari haqida ma’lumot olish hamda izotoplarning tabiatda qanday tarqalganligini baholash uchun ishlatiladigan asosiy usullardan biri hisoblanadi. Radioaktiv nur chiqaradigan ona va qiz (U - Pb, K - Ar, Rb - Sr juftlari) izotoplari massalarining nisbatiga qarab tog’ jinslarining, geologiya va arxeologiya obyektlarining yoshi aniqlanadi. Organik moddalarning nimaligini va molekulasining tuzilishini aniqlashda mass-spektrometriya usuli keng ishlatiladi. Organik moddalarning murakkab aralashmalarini molekulyar analiz qilish uchun oldin uni xromatografiya usuli orqali ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Analitik mass-spektrometriya quyidagi fazilatlarga ega; 1. Yuqori darajada sezgir; 2. Alohida elementlardan tortib to murakkab oqsil molekulalargacha bo’lgan keng oraliqdagi moddalarni analiz qilish imkoniyati ya’ni, haryoqlamali; 3. Yuqori darajada o’ziga xosligi va selektivligi. 34.1 -§. Usulning mohiyati Atom va molekulalarni ionlashtirishning turli xil usullari mavjud. Bularga elektron zarb, kimyoviy ionlash, fotonlar orqali ionlash, uchqun razryad yordamida ionlash, lazer nuri orqali ionlash, ionlar dastasi orqali urish va induktiv bog’langan plazma yordamida ionlash usullari kiradi. Ko’pchilik tadqiqotlarda ayniqsa, organik modda molekulasining massasini o’lchashda va tuzilishini o’rganishda elektron zarb hamda kimyoviy usullar bilan ionlashtirish eng ko’p ishlatiladi. Molekulyar massasi katta bo’lgan organik molekulalarni ionlashtirish uchun elektr maydonida purkash (elektrosprey) hamda matrisali lazer desorbsion ionlashtirish (MALDI) usullari mavjud. Ionga aylantirilgan molekula va atomlar ularning massalariga qarab mass-spektrometr orqali ajratiladi. Mass-spektrometrlar ionlarni massasi bo’yicha ajratishda qo’llaniladigan usullarga qarab turlarga bo’linadi. Bularning ichida magnit va kvadrupol mass-spektrometrlar eng ko’p tarqalgan. Ixtiyoriy turdagi mass-spektrometrni gaz xromatografi bilan qo’shib ishlatish mumkin. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling