Mass-spektrometrik analiz usullari
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu MASS-SPEKTROMETRIK ANALIZ USULLARI
Ichki standart usuli. Bu holda analz qilinayotgan birikmalar
signallarining intensivliklari asbobga kiritiladigan namunaga bevosita qo’shiladigan standart moddaning signali bilan taqqoslanadi. Bunday standart analiz qilinayotgan namunada qatnashayotgan ko’pgina birikmalarning miqdorini bir vaqtning o’zida aniqlash uchun ishlatilish mumkin. Ichki standart analiz qilinayotgan namunaga bevosita qo’shilganligi uchun tashqi standart usulining yuqorida sanab o’tilgan hamma kamchiliklari bartaraf etiladi. Ichki standart sifatida xohlagan toza moddani ishlatish mumkin, muhimi u erituvchi va aralashmaning boshqa komponentlari bilan o’zaro ta’sirga kirmasin hamda analiz qilinayotgan namunaning boshlang’ich holatida umuman bo’lmasin. Shu munosabat bilan ayniqsa atrof muhit obyektlarining analizi uchun D, 13 C, 15 N, 18 O va boshqa nishonlangan izotoplarga ega bo’lgan birikmalarni ishlatish keng tarqaldi. Analiz asbobga ichida miqdori aniq ichki standart va analiz qilinayotgan birikma bo’lgan standart eritmalarning seriyasini ketma-ket kiritish bilan boshlanadi. Bu eritmalarda ichki standartning miqdori majburiy bo’lmasada odatda bir xil bo’ladi. Uning konsentrasiyasi namunadagi analiz qilinayotgan birikmalarning ehtimoli bo’lgan konsentrasiya oraliqlarining taqriban o’rtasiga to’g’ri kelishi kerak. Standart eritmalardagi ingrediyentlarning konsentrasiyasi ularning namunadagi taxminiy konsentrasiya oraliqlarini qamrab olishi kerak. Odatda konsentrasiya oraliqlari 2–3 tartibni tashkil etadi. Bu oraliqda qayd qilinadigan signalning konsentrasiyaga bog’liqligi chiziqli bo’ladi, ya’ni 5.3 formulaga ko’ra hisoblangan faktorning qiymati o’zgarmasligi kerak. is x x is M S M S RF (5.3) Bu yerda RF – faktor (koeffisiyent) (response factor), M – ushbu standart eritmadagi birikmaning miqdori, S – birikma signalining intensivligi; is ichki standartga, x esa aniqlanayotgan birikmaga tegishli indekslar. Faktorning qiymati aniqlanayotgan birikma va ichki standartning tabiatiga bog’liq ravishda keng oraliqda o’zgarishi mumkin. Ishonchli natijalarni olish uchun faktorning qiymati birga (bir soniga) yaqin bo’lishi kerak. Agar faktorning qiymati 0,1 dan kam yoki 10 dan katta bo’lsa, boshqa ichki standart tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Standart eritmalar bilan ishlarni tugatgandan keyin namunalarni analiz qilish boshlanadi. Buning uchun namunaga aniq tortilgan ichki standart qo’shiladi. Ichki standartning konsentrasiyasi taqriban faktorni aniqlashda ishlatilgan qiymatga yaqin bo’lishi kerak. Miqdoriy analizning bunday variantini yuqorida sanab o’tilgan modifikasiyalarning hammasi bilan ishlatish mumkin: to’liq ion toki bo’yicha xromatogramma, mass- xromatografiya yoki mass-fragmentografiya. Namunadagi analiz qlinayotgan moddaning miqdori quyidagi 5.4 formula bo’yicha hisoblanadi. is is S M S RF M (5.4) Bu yerda M – namunadagi analiz qilinayotgan birikmaning miqdori, S – analiz qilinayotgan birikma signalining yuzasi, RF – javob faktori, M is – kiritilgan ichki standartning miqdori, S is – ichki standartga tegishli signalning yuzasi. Signallarning yuzalarini o’lchash uchun mass- xromatogramma, mass-fragmentogramma yoki to’liq ion toki bo’yicha xromatogrammalarni ishlatish mumkin. Namunaga ichki standartni qachon qo’shsa yaxshi bo’lishi bo’yicha bir nechta variantlar bor. Bu ishni namunani olgandan to uni asbobga kiritishgacha bo’lgan oraliqda amalga oshirish mumkin. Agar ichki standart o’zining tabiatiga ko’ra aniqlanayotgan birikmalarga juda yaqin bo’lsa, uni shuncha erta qo’shish kerak. Bu holda namuna tayyorlashning hamma bosqichlarida (ekstraksiya, tozalash, konsentirlash) uning yo’qotilishi analiz qilinayotgan ingrediyentlarniki bilan bir xil bo’ladi va oxirgi natija moddaning namunadagi haqiqiy konsentrasiyasiga juda yaqin bo’ladi. Ammo, agar ichki standartning xossasi jiddiy farq qilsa (masalan, u ishlatilgan erituvchi bilan yomon eksraksiya qilinsa yoki uning uchuvchanligi aniqlanuvchi komponentlarnikiga qaraganda ancha yuqori bo’lsa), yaxshisi uni namuna tayyorlash ishlarining oxirgi bosqichlarida qo’shish kerak. Yuqorida aytilganidek, ichki standartlar sifatida o’zining tabiatiga ko’ra aniqlanayotgan birikmalarga yaqin moddalardan foydalanish qulay, lekin, ular turg’un izotoplarga ega bo’lishi kerak. Nishonlanmagan moddalarning izotop signallari bilan qo’shilib ketmasligining oldini olish uchun polideyteriylangan birikmalar yoki 13 C izotoplari ko’p bo’lgan birikmalar bilan ishlash afzal. Masalan, perdeyteriylangan polisiklik aromatik uglevodorodlar juda yaxshi standartlar bo’ladi. Ular inert, yetarli darajada turg’un, yaxshi ekstraksiyalanadiionlashtirish kesimining qiymati yuqori va to’liq ion tokida molekulyar ionga tegishli signalning intensivligi 50% ga yaqin. Bu xossalari ularni turli tuman birikmalarni miqdoriy aniqlash uchun ishlatishga imkon yaratadi(masalan, atrof muhit obyektlardagi eng muhim ifloslovchi birikmalarni). Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling