Mass-spektrometrik analiz usullari


Atomlarning mass-spektri asosida sifat analizi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1596186
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
5-mavzu MASS-SPEKTROMETRIK ANALIZ USULLARI

Atomlarning mass-spektri asosida sifat analizi. Namunalarning 
element tarkibini aniqlashda sifat analizi mass-spektrdagi chiziqlarning 
joyiga qarab ular qaysi elementlarga tegishli ekanligini aniqlashdan 
iborat. O’xshatish asosida elementni topish, xuddi atom-emissiya spektral 
analizda qilingani kabi, asosiy elementni yoki ichki standartning massa 
soni aniq bo’lgan spektr chizig’iga namunaning chiziqlarini bog’lash 
orqali amalga oshiriladi. 


34.7-rasm. Miltillama razryadlik mass-spektrometrda o’lchangan NIST SRM 613 
markalik shisha namuna mass-spektrining bir qismi a) spektrning massa soni m/z 10 
– 90 Da oralig’i (
40
Ar
2+

40
Ar
+
va 
40
ArH

ionlarga tegishli intensivligi katta signallar 
o’tkazib yuborilgan, qayd qilinmagan), b) m/z 95–240 Da oralig’i (impulsni sanash 
maromida o’lchangan).
Atomlarning mass-spektri asosida miqdor analizi. Standartlar 
bilan darajalash. Standart namunalar bo’yicha IBP lik mass-
spektrometriya yordamida miqdor analizi o’tkazish boshqa spektral 
usullardagi miqdoriy analizlardan farq qilmaydi. Darajalash grafigi 
analitning standart eritmadagi konsentrasiyasi bilan signalning 
intensivligi orasidagi bog’lanishni ifodalovchi chiziqdan iborat bo’ldi.


Navbat bilan bitta elementni o’z ichiga oluvchi standart eritmalar 
tayyorlash ularning signalini o’lchab darajalash grafiklari qurishga 
tabiiyki, juda ko’p vaqt ketadi. Aynan shu sababga ko’ra, odatda ko’p 
elementli standartlar ishlatiladi.
Ko’p elementli standartning tarkibi bo’yicha ba’zi mantiqiy 
cheklovlar bo’ladi. Birinchidan, bitta standartda chiziqlari (signallari) 
ustma-ust tushuvchi izobar hosil qiladigan elementlar bo’lmasligi kerak. 
Ikkinchidan, elementlarning bir-biri bilan o’zaro ta’sir qilish ehtimolini 
hisobga olish kerak.
Agar bu hodisa hisobga olinmasa, ular erimaydigan birikmalar hosil 
qilishi mumkin. Juda keng tarqalgan High Purity standartlar to’plami 
uchta eritmadan iborat. Bu eritmalarning tarkibi quyida keltirilgan:
A standart: Al, As, Ba, Be, Bi, B, Ca, Cd, Ce, Co, Cr, Cs, Cu, Dy, 
Er, Eu, Ga, Gd, Ho, In, Fe, La, Pb, Li, Lu, Mg, Mn, Nd, Ni, P, K, Pr, Re, 
Rb, Sm, Sc, Se, Na, Sr, Tb, Tl, Th, Tm, U, V, Yb, Y, Zn (2% HNO
3
); 
V standart: Sb, Ge, Hf, Mo, Nb, Si, Ag, Ta, Te, Sn, Ti, W, Zr (2% 
HNO
3
+ HF ning izlari); 
S standart: Au, Ir, Os, Pd, Pt, Rh, Ru (2% HNO
3
+ HCl ning izlari).
IBP lik MS ning o’ziga xos ayricha xossasi shundan iboratki, bu 
usulda konsentrasiyaning katta oralig’ida darajalash grafigi to’g’ri 
chiziqdan iborat bo’ladi. Konsentrasiya 5 va undan katta tartibga 
o’zgarganda ham tanlangan izotopga va o’lchash sharoitlariga bog’liq 
ravishda darajalash grafigi o’zining to’g’ri chiziqli xarakterini saqlaydi. 
Noldan boshlanuvchi va bitta standartga tegishli masalan, 10 mkg/l 
nuqtadan o’tuvchi to’g’ri chiziq bilan bu elementning 2 dan to 50 mkg/l 
konsentrasiyasini 
o’lchash 
mumkin. 
O’lchashda 
ko’rsatilgan 
konsentrasiyalar orasidagi o’lchash aniqligi bir xil bo’ladi.
34.8-rasm. Eritilgan borat litiy asosida tayyorlangan geologik standart materialdan 
yasalgan nishonni lazer ablyasiya orqali bug’latib tarkibidagi U ni induktiv 
bog’langan plazmalik mass-spektrometrda o’lchab qurilgan darajalash chizig’i. 


34.9-rasm. Induktiv bog’langan plazmalik magnit sektorli ikki marta fokuslaydigan 
mass-spektrometr bilan
239
Pu

ning nihoyatda kichik konsentrasiyalarini o’lchash 
uchun darajalash egrisi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling