Mass-spektrometrik analiz usullari
Ion-ion mass-spektrometriyada
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu MASS-SPEKTROMETRIK ANALIZ USULLARI
Ion-ion mass-spektrometriyada yoki uning boshqacha nomi
ikkilamchi ionlarning mass-spektrometriyasida analiz qilinayotgan moddani ionlashtirish uchun kislorod, argon va boshqa moddalarning ion pushkasida hosil qilingan va tezlashtirilgan birlamchi ionlari ishlatiladi. Bu ionlar dastasi fokuslanib analiz qilinayotgan namuna ular bilan bombardimon qilinadi. Buning natijasida hosil bo’lgan ikkilamchi ionlar qayd qilinadi. Bu usul qattiq jismlarning yuzasini alohida qismlarini tadqiq qilish uchun juda qulay, chunki bombardimon qilayotgan ionlar moddaga chuqur kirmayotganligi uchun uning yuzasida hosil bo’lgan o’yilish ham katta bo’lmaydi. Bu usulning sezgirligi juda katta (to 10 -18 g. gacha). Ionlar massasini juda yuqori aniqlikda o’lchash, odatda ajratib ko’rsatish qobiliyati 6 10 R bo’lgan mass-spektrometrlar orqali amalga oshiriladi. O’lchash massalar shkalasi bo’yicha signalni maksimumini topib uni etalon signallari bilan solishtirishga asoslangan. Etalon va analiz qilinayotgan moddalarning yadrolarining tarkibi har xil, lekin, nuklonlarining soni bir xil (massa soni A) bo’lgan ionlariga tegishli signallarning maksimumlari mos tushganda o’lchash aniqligi eng katta bo’ladi. Bunday holda, dublet chiziqlarni nisbiy massalar farqini o’lchashda qo’yiladigan xatoning tartibi 10 -8 dan oshmaydi. Etalon signallarni olish uchun odatda perftorkerosin ishlatiladi. Uning mass- spektri juda ko’p signallardan iborat bo’lib ularning massa soni 69 dan to 1200 gacha boradi. 34.4 -§. Induktiv bog’langan plazmalik mass-spektrometriya Plazmani ionlar manbai sifatida ishlatish birinchi marta 1975 yilda Grey tomonidan ilmiy matbuotda bayon qilingan. 1980 yillarning o’rtalariga kelib induktiv bog’langan plazmadan (IBP) foydalanish boshlangan. Hozirgi vaqtda IBP lik mass-spektrometriya(IBP-MS) noorganik moddalarni analiz qilishning eng ommabop usuli hisoblanadi. Bu usul sezgir va universal xususiyatga ega. Usulning aniqlash chegarasi 1 dan to 100 pg/l oraliqda joylashgan va hatto pikogramning ulushlarini qayd qilish mumkin. Doimiy bosim sharoitida ionlarni kiritish interfeysi IBP-MS ni suyuqlik xromatografi bilan birgalikda ishlatish imkonini beradi. Konsentrasiyani aniqlashdagi o’ta yuqori aniqlik IBM-MS usulini miqdoriy analiz o’tkazish uchun eng afzal, eng ma’qul usul bo’lishini ta’minlaydi. Odatdagi IBP manbai gorelka va induktiv g’altakdan iborat bo’ladi. Induktiv g’altakning ichiga analiz qilinadigan namuna aerozol ko’rinishda purkaladi (2.4-rasm). Gorelkada hosil qilingan plazma radiochastotalik elektromagnit maydonning energiyasi yordamida ushlab (saqlab) turiladi. Induktiv g’altak orqali beriladigan bu energiya plazmaning toroidal shaklga ega bo’lgan tashqi qatlamiga beriladi. O’lchanadigan namuna argon gazining oqimiga qo’shib plazma markazidan o’tuvchi o’q bo’ylab uzatiladi va plazmaning bu qismi o’z navbatida tashqi qatlamining hisobiga isitiladi. Plazmaning namuna uzatiladigan va isitiladigan qismlarining ajralganligi tufayli namuna plazmani ushlab turish jarayoniga juda kam ta’sir etadi. Bundan tashqari elektrodlar plazma bilan bevosita aloqada bo’lmaganligi uchun gorelka va induktiv g’altak tayyorlangan materiallar tomonidan ifloslanish minimal darajada kam yoki umuman yo’q. IBP-MS larni ishlatishning murakkab tomoni, hosil qilingan ionlarni atmosfera bosimiga ega bo’lgan 5000 K temperaturalik sohadan mass-analizatorning vakuum qismiga tashishdan iborat. Bu muammo ionlarni ajratib oladigan, 1 mm dan kam kirish tirqishiga ega bo’lgan konusni suv oqimi bilan sovutish orqali yechiladi. Birinchi konusdan keyin ionlarni ikkinchi vakuum kameraga maksimal darajada o’tkazib yuborish uchun optimal bo’lgan masofada kichik tirqishli ikkinchi elektrod joylashtiriladi. Ikkinchi kamerada bosim yetarli darajada kam, shuning uchun, u yerda signalning intensivligini optimallash uchun ion-optik linzalar ishlatilishi mumkin. Namuna plazmada ~2 ms vaqt bo’ladi va unumli atomlashtiriladi, ko’pchilik hollarda esa ionlashtiriladi. Ellikdan ortiq elementlar uchun ionlashtirish unumdorligi 90% dan ko’pni tashkil etadi. Odatda plazmada bir zaryadli ionlar hosil bo’ladi, lekin, ionlashtirish energiyasi argonga qaraganda yuqori bo’lgan ba’zi elementlar ionga aylanmaydi. Ikkinchi ionlashtirish potensiali past bo’lgan ba’zi elementlarning atomlari ionlanish jarayonida ikki zaryadli ionlar hosil qilishi mumkin. Ionlashtirish energiyasi yuqori bo’lgan elementlarni (masalan galogenlarni) ionlashtirish unumdorligini oshirish uchun argonni geliy bilan almashtirish mumkin. IBP lik ionlar manbaida hosil bo’ladigan ionlar dastasi uzluksiz bo’lganligi tufayli IBP ni magnit sektorli va kvadrupol mass-analizatorlar bilan birga ishlatish boshqa mass- spektrometrlarga qaraganda afzal bo’ladi. IBP lik asboblarda namunani kiritishning bir nechta usullari mavjud. Kukun holatga o’tkazib sochish, elektrokimyoviy bug’latish, gaz xromatografiya orqali, gidridlarni hosil qilish va lazer ablyasiya orqali. Lazer ablyasiya IBP bilan birgalikda qattiq namunalarni analiz qilish uchun foydali usul hisoblanadi. Bu holda IBP ning oldiga ablyasiyalash yacheykasi o’rnatiladi. Argon oqimi yacheyka orqali IBP ga yo’naltiriladi. Umuman olganda noorganik mass-spektrometriyada ham organik analizda ishlatiladigan mass-spektrometrlar ishlatiladi. Asosiy farq shundaki noorganik analizda massalar oralig’i 300 a.b.m. dan katta bo’lishiga zarurat yo’q. Ammo, noorganik mass-spektrometriyada kichkina molekulyar massalarni (< 10 Da) o’lchashga ehtiyoh bor. Hozirgi vaqtda noorganik mass-spektrometriyada kvadrupol mass-filtr eng ko’p ishlatiladi. Shuningdek, yetib kelish vaqti bo’yicha o’lchaydigan mass-spektrometr va magnit sektor ham kamroq darajada ishlatiladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling